LIMSwiki
Xona (arifmetikada) — oʻnli sanoq sistemasida yozilgan natural sonda qatnashgan raqamlar oʻrni. Masalan, 7816 — toʻrt xonali son. 6871679123 sonida 9 raqami chapdan 7-xonada turibdi deyiladi. Natural son uchun har bir xona oʻz nomiga ega: oʻngdan 1-xona "birlar", 2-xona "oʻnlar", 3-xona "yuzlar", 4-xona "minglar", 7-xona "millionlar", 10-xona "milliardlar" xonasi deyiladi.