LIMSwiki

Ishoratlarni tahrirla
Latviya Respublikasi
latishcha: Latvijas Republika
ShiorYoʻq
Madhiya: Dievs, svētī Latviju
Location of Latviya
Poytaxt Riga
Rasmiy til(lar) Latish tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Edgars Rinkēvičs
Evika Siliņa
Mustaqillik
18-noyabr 1918
• Germaniya Harbiy Maʼmuriyatidan
8-may 1945
• 
21-avgust 1991
Maydon
• Butun
64,589 km2 (124-oʻrin)
• Suv (%)
1.57
Aholi
• 2013-yilgi roʻyxat
2,005,200 (141-oʻrin)
• Zichlik 35/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$29,700 mil. (96-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$12,968
Pul birligi Euro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma LG
Telefon prefiksi 371
Internet domeni .lv


Latviya (latishcha: Latvija) yoki Latviya Respublikasi (latishcha: Latvijas Republika) — Yevropaning shimoli-gʻarbida, Boltiq dengizi boʻyida joylashgan davlat. Maydoni 64,589 ming km². Aholisi 4 mln. kishi (2023). Poytaxti — Riga shahri Maʼmuriy jihatdan 26 tuman (rajons)ra boʻlinadi, 7 shahar bor. Davlat rahbari Edgars Rinkēvičs[1].

Davlat tuzumi

Latviya — mustaqil demokratik respublika. 1993-yil 6-iyuldan 1922-yilda qabul qilingan "Satversme" konstitutsiyasining amal qilishi toʻla hajmda tiklandi va unga 1996, 1997, 1998-yillarda tuzatishlar kiritildi. Davlat boshligʻi — prezident (1999-yildan Vayra Vike-Freyberga), u yashirin ovoz berish yoʻli bilan seym tomonidan 4 yil muddatga saylandi. Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident lavozimiga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

Tabiati

Latviya hududining Boltiq dengizi qirgʻoklari kam parchalangan. Dengiz sohili boʻylab eni 2–3 km, ayrim joylarda 50 km gacha boʻlgan pasttekislik va qum tepalar choʻzilgan. Latviyaning gʻarbiy qismida Kurzeme qirlari (balandligi 184 m gacha), oʻrta qismida Vidzeme qirlari (balandligi 311 m gacha), sharqida Latgal qirlari (balandligi 289 m gacha) joylashgan. Latviyaning markazida Oʻrta Latviya tekisligi, Shimoli-sharqida Shimoliy Latviya pasttekisligi bor. Foydali qazilmalari: koʻmir, neft, gips, kvars qumlari, dolomit, har xil gil, ohaktosh; torf konlari, mineral buloklar bor. Boltik, dengizi va Riga qoʻltigʻi sohilida kahrabo uchraydi. Iklimi dengiz iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrtasida. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16—18°, yanvarda Boltiq dengizi sohilida —2°, —7°, sharqida —7°. Yillik yogʻin 550–800 mm.

Latviyada 777 daryo boʻlib, umumiy uz. 38 ming km. Hamma daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub. Yiriklari: Daugava, Liyelupe, Venta, Gauya. Latviyada 3 mingdan koʻproq koʻl bor. Latviya maydonining 1,5% ni tashkil qiladi. Yiriklari: Lubanas, Reznas va boshqa Eng chu-qur koʻli — Dridza (65,1 m). Koʻllarida baliq xoʻjaligi yoʻlga qoʻyilgan. Foydalaniladigan yerlarining 52% podzol tuproqlari (koʻpi chimli podzol), 4% chimli karbonatli va ekin ekib kelingan tuproqlar (Oʻrta Latviya tekisligida), 23% botqoq (chimli-geyli) tuproqlar va 19% torfzor. Latviya aralash oʻrmon zonasida joylashgan. Hududining 40% ga yaqini oʻrmon (asosiy daraxt turlari — qaragʻay, qoraqaragʻay, qayin), 4,7% botqoq, 4% yaylov. Latviyada sut emizuvchilardan malla tovushqon, tiyin, yelik, los, bugʻu, tulki, boʻrsiq, suvsar va boshqa yashaydi. Salaka, kilka, losos, taymen va boshqa baliqturlari ovlanadi. Riga qoʻltigʻi va daryolarning qoʻyilish joyida minoga uchraydi. Baliq, qunduz va boshqa ov jonivorlarini qoʻriqlash maqsadida qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Qad. dare vodiylarining ayrim qismlari, baʼzi oʻrmonzorlar davlat muhofazasiga olinib, qoʻriqlanadi. Gauya milliy bogʻi barpo etilgan.

Aholisi

Aholisining koʻpchiligi latishlar (62%); ruslar, beloruslar, polyaklar, ukrainlar, litvalar va boshqa yashaydi. Rasmiy til — latish tili. Shahar axolisi 69,5%. Dindorlari: protestant, pravoslav va katoliklar. Yirik shaharlari: Riga, Daugavpils, Liyepaya, Yelgava, Yurmala va boshqa

Tarixi

Latviyadan topilgan arxeologiya yodgorliklari bu yerda odam mezolit davridan (miloddan avvalgi 9—4-ming yillik) yashaganligini koʻrsatadi. Odamlar bu davrda temirchilik, baliq ovlash va ovchilik bilan shugʻullangan, tosh va suyaklardan turli qurollar va loydan idishlar yasagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻlgan.

10-asrdan aholi oʻrtasida xristian dini tarqala boshladi. 13-asrning oxirida Livon ordeni Latviyani bosib olgandan soʻng nemis zodagonlarining iqtisodiy va siyosiy hukmronligi oʻrnatildi. Latviyada Germaniyaga xos xoʻjalik va siyosiy tashkilotlar joriy qilina boshladi.

14—16-asrlarda Livoniya (Latviya va Estoniyaning nemislar tomonidan zabt etilgan hududlari shunday atalar edi) 3-mayda davlatdan iborat boʻlgan. 17-asrga kelgandagina latish xalqi tashkil topdi. 16-asrda Riga shahri savdo va xunarmandchilik markaziga aylandi. 1558—83 yillardagi Livon urushlari davrida mayda livon davlatlari tugatildi( 1560—62). Latviyaning Daugava daryosidan shimolidagi xududi (Zadvin gersogligi) Rech Pospolitaga tobe boʻlib qoldi. Daryoning janubidagi hududlar Polsha qiroliga qarashli Kurlyandiya gersogligiga aylandi.

1600—29 yillardagi Polsha-Shvetsiya urushlari natijasida Latviya vayron boʻldi. Urushda gʻolib chiqqan Shvetsiya Altmark sulhiga koʻra, Zadvin gersogligining gʻarbiy qismini oʻziga qoʻshib oldi. Latviyaning sharqiy qismi (Latgaliya) Rech Pospolita qoʻlida qoldi.

Latviyaning keyingi taqdirini Shimoliy urush hal qildi. 1710-yil rus qoʻshinlari Rigani qamal qildi. 1721-yil Nishtadt sulhi shartiga koʻra, Shvetsiya Vidzemani Rossiyaga berdi. Rossiya imperiyasi tarkibida parchalangan Latviya yerlarini birlashtirish davri boshlandi. 1721 va 1795-yillarda Kurlyandiya gersogligi, Liflyandiya va Vitebsk gubernyalarining bir qismi Rossiyaga utdi. 18-asrning 1-yarmi Shimoliy urushda vayron boʻlgan xoʻjalikni tiklash davri buldi. Mazkur urushdan soʻng 200 yil mobaynida Latviya tinch hayot kechirdi.

1804-yil dehqonlar toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilinib, unga koʻra krepostnoylik cheklandi. Lekin bu bilan dehqonlar ahvoli yaxshilanmadi. 1812-yilgi urush taʼsirida dehqonlar harakati avj oldi. Dvoryanlar hokimiyatini saqlab qolish maqsadida Rossiya hukumati 1817—19 yillarda qator islohotlar oʻtkazdi, jumladan, deqqonlarga shaxsiy erkinlik berildi. Ular yerni ijaraga olib tshtaydigan boʻlishdi. 19-asr 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshidan korxonalarda mashinalar va bugʻ dvigatellari ishlay boshladi. Rossiyadagi ommaviy dehqonlar harakati va 1863— 64 yillarda Polsha va Litvada boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon taʼsirida Rossiya hukumati bir oz yon berishga majbur boʻldi. Jumladan, krepostnoylik huquqi bekor qilindi, dehqonlarga yer sotib olish hamda erkin koʻchib yurishga ruxsat berildi (1863), barshchina bekor qilindi (1868). Latviya sanoati va tashqi savdosi oʻsa boshladi.

20-asr boshlariga kelib, Latviya Rossiya imperiyasining taraqqiyot jihatidan eng rivojlangan oʻlkasiga aylandi. 1918-yil 18-noyabrda Latviya Respublikasi eʼlon qilindi. 1920-yil 11-avgustda Latviyani Shoʻro Rossiyasi tan oldi va Latviyaga boʻlgan daʼvolaridan "abadul abad" voz kechganini bildirdi. 1921-yilda Antanta davlatlari ham Latviya Respublikasini tan oldilar. 20 yil mobaynida turmush darajasi, nashr etilgan kitoblar va 1000 kishiga toʻgʻri keladigan talabalar soni jihatidan Latviya Yevropa mamlakatlari orasida oldingi oʻrinda boʻldi. 1934-yilda davlat toʻntarishi oʻtkazildi, avtoritar tuzum oʻrnatildi. 1940-yil iyulida Latviya hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. Oʻsha yili 21-iyulda Latviya shoʻro sotsialistik respublikasi tuzilib, 5-avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Latviya shiddatli janglar maydoniga aylandi. 1941-yilda nemis-fashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1945-yilda ozod qilindi. 1990-yil mayda respublika Oliy Kengashi Latviya mustaqilligini tiklash haqida Deklaratsiya qabul qildi va respublika nomini hozirgi nomga oʻzgartirdi. Latviya — 1991-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 22-oktabrda tan oldi va oʻsha yili noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. Milliy bayrami — 18-noyabr — Latviya Respublikasi eʼlon qilingan kun (1918).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari

Latviya dehqonlar ittifoqi partiyasi, 1917-yilda asos solingan va 1990-yilda qayta tiklangan; Latviya demokratik partiyasi, 1995-yil "Saym-niyeks" demokratik partiyasi sifatida tuzilgan; "Latviyas seliy" ("Latviya yoʻli") partiyasi, 1993-yil tuzilgan; Latviya sotsial-demokratlar birlashmasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Xalq partiyasi, 1998-yilda tuzilgan; Yangi xristian partiyasi, 1998-yil Yangi partiya nomi bilan tashkil etilgan, 2001-yildan hozirgi nomda; Xalq hamjihatligi partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan; "Vatan va ozodlik" birlashmasi (Latviya milliy mustaqilligi yoʻlidagi xdrakat), 1997-yilda tashkil etilgan. Latviya erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990-yilda tuzilgan.

Iqtisodiyoti

Latviya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 38,5%, qishloq xoʻjaligining ulushi 24,8%.

Sanoatida metallsozlik, energetika mashinasozligi, aloqa vositalari ishlab chiqarish, transport va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil va oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya, sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Elektr energiya Plyavinyas, Kegums va Riga GESlarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 5,6 mlrd. kVtsoat). Liyepaya metallurgiya zavodi, turli shaharlarda elektr mashinasozligi, gidrometeorologiya va yarimoʻtkazgich priborlari, dizelsozlik, elektropoyezdlar, texnologiya uskunalari, elektr lampa, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, ventilyator, radio, elektr asboblari, vagonsozlik, kema taʼmirlash va boshqa zavodlar bor. Qurilish materiallari sanoatida koʻplab temir-beton konstruksiyalari, silikat gʻisht, drenaj quvurlari, shisha tola zavodlari, uysozlik kombinatlari barpo etilgan. Yengil sanoatda toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik va poyabzal tikish tarmoqlari taraqqiy etgan. Rigada ip gazlama kombinatlari, Yelgavada toʻqimachilik birlashmasi, shoyi toʻquv kombinati joylashgan. Ogreda yirik trikotaj kombinati, Liyepayada galantereya buyumlari kombinati bor.

Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari: baliq va goʻsht-sut. Riga, Yelgava, Yekabpils va Valmiyeradagi goʻsht kombinatlari, Preylida pishlok, zavodi va Kraslavada quruq sut zavodi qurilgan, meva-konserva va un-yorma kombinatlari bor, aralash yem sanoati rivojlangan. Rigada "Dzintars" parfyumeriya-kosmetika zavodi bor. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlari yoʻliga moslash, jahon xoʻjaligiga qoʻshish siyosati oʻtkazila boshladi.

Qishloq xoʻjaligi goʻsht va sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Latviyaga yaroqli yerlar 2,5 mln. ga, shundan 56,4% haydaladigan yerlar, 32,4% yaylov, 9% pichanzor. Gʻalla ekinlaridan javdar, bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Asosiy texnika ekinlari: zigʻir (asosan, sharqida) va qand lavlagi (janubida). Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Bogʻ-rezavor mevazorlar bor. Respublikaning gʻarbiy qismida asalarichilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, norka, kumushrang tulki, oq tulki boqib koʻpaytiriladi. 1998-yil maʼlumotlariga qaraganda, xususiy sektor yalpi ichki mahsulotning 63%ni berdi, ish joylarining 68% shu sektor qoʻlida. Qurilish, qishloq xoʻjaligi va sanoat kabi asosiy tar-moklar mahsuloti mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 95% ni tashkil etadi.

Transporti

Temir yol uzunligi — 2484 km, avtomobil yoʻllari — 24,2 ming km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 12 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 1437 ming t dedveyt. Asosiy portlari: Riga, Ventspils, Liyepaya. Liyelupe va Daugavaning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Rigada xalqaro aeroport bor. Tashki savdo sohasidaL. Yevropa mamlakatlari va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik kiladi. Latviya chetga mashinasozlik, yengil, oziqovqat sanoat mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va elektr jihozlari, kimeviy mahsulotlar, transport vositalari, toʻqimachilik buyumlari oladi. Pul birligi — lat.

Tibbiy xizmati

Davlat shifoxonalaridan tashqari xususiy kasalxonalar ham bor. Vrachlar xususiy tarzda ham bemorlarni qabul qilib, davolaydi. Shifokorlar Riga tibbiyot institutida va chet ellarda tayyorlanadi. Yurmala, Se-gulda, Liyepaya, Kemeri, Baldone ku-rortlari mashhur.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

Latviyada dastlabki maktab 1211-yilda ochilgan. 16-asrning 2-yarmida latish aholisi uchun maorif tizimi yaratilgan. Hozirgi paytda Latviyada umumiy majburiy toʻliqsiz taʼlim amalga oshirilgan, umumiy oʻrta taʼlim joriy etilgan. Mustaqillik yillarida butun taʼlim sohasini isloh qilishga kirishildi. Natijada oliy oʻquv yurtlaridagi talabalar soni 1990/91 oʻquv yilidagi 46 ming kishidan 1997/ 98 oʻquv yilida 65 ming kishiga yetdi, 1998/99 oʻquv yilida yana 5% koʻpaydi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Latviya universiteti, Riga texnika universiteti, Latviya akademiya-si, Tibbiyot akademiyasi, Riga aviatsiya universiteti va boshqa Oʻrmon xoʻjaligi muommolari ilmiy tadqiqot instituti, Fuqaro aviatsiyasini boshqarish avtomat tizimlari ilmiy tadqiqot markazi, Dengiz geologiyasi va geofizikasi instituti, Yengil sanoat ilmiy tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar bor. Latviya Fanlar akademiyasi faoliyat koʻrsatadi. Latviyada kutubxonalar, teatrlar, sirk, filarmoniya, madaniyat uylari mavjud. Latviya tarixi muzeyi, Latviya badiiy muzeyi, Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Adabiyot va sanʼat tarixi muzeyi, Tibbiyot tarixi muzeyi, Tabiat muzeyi, Etn. muzeyi va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

Latviyada nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Panorama Latvii", ("Latviya manzarasi", rus tilidagi kundalik gazeta, 1991-yildan), "Diyena" ("Kun", latish tilidagi kundalik gazeta, 1990-yildan), "Latviyas zeme" ("Latviya yeri", latish tilidagi haftalik gazeta, 1989-yildan), "Latviya yaunatne" ("Latviya yoshlari", latish tilidagi kundalik gazeta, 1990-yildan), "Rigas balss" ("Riga ovo-zi" latish va rus tillaridagi kechki kundalik gazeta, 1957-yildan), "Tevzemes avize" ("Vatan gazetasi", latish tilidagi haftalik gazeta, 1990-yildan). Latviya telegraf agentligi (LETA) mustaqil axborot agentligi boʻlib, 1989-yilda Latinform axborot agentligi negizida tuzilgan. Latviya radio va televideniyesi, te-leradioeshittirish davlat qoʻmitasi, 1992-yilda tashkil etilgan; Latviya mustakil televideniyesi, 1996-yilda tuzilgan; Latviya Davlat radiosi, 1925-yil asos solingan; Latviya davlat televideniyesi, 1954-yil tashkil etilgan.

Adabiyoti

Latish millim adabiyoti 19-asr oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Latish adabiyoti oʻzining be-vosita qad. va boy folklor anʼanalari (xalq koʻshiqlari, afsona va ertaklar) taʼsirida ravnaq topdi. Folk-lorchi Kr. Baron latish xalq qoʻshiqlarining 6 jildligini (1894— 1915) tuzdi. Yu. A. Alunan "Qoʻshiqdar" (1856) kitobini yaratdi. Xalq romantizmi vakillari — Auseklis (M. Krogzemis), A. Pumpur ijodlarida koʻproq milliy ozodlik gʻoyalari tasvirlangan. 70-yillarda dramaturgiya vujudga keldi. A. Alukar pyesalari mashhur boʻddi. 19-asr oxirgi choragida realistik oqim yoyildi (aka-uka Matis va Reynis Kaudzitlar, R. Blaumanis asarlari). Ya. Raynis, E. Veydenbaum kabi shoirlarning asarlari kengtarqaldi. R. Blaumanisning "Bahorgi ayoz", "Andrikson" kabi novellalari, "Oqpadar", "Oʻtda" va boshqa dramalarida dehqonlar hayoti va ijtimoiy muammolar oʻz ifodasini topgan.

1905—07 yillardagi inqilob latish adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda Ya. Raynis asarlari oʻzining chuqur gʻoyaviyligi va dolzarbligi bilan shuhrat qozondi. Uning "Oʻt va tun" pyesasida latish xalqining ozodlik uchun olib borgan mardona kurashi oʻz aksini topgan. Adibning "Indulis va Ariya", "Iosif va uning aka-ukalari" kabi qator asarlari oʻzining yan-gi uslub, chuqur falsafiy teranligi bilan kitobxonlarni rom etdi. A. Upitning "Burjua", "Ayollar", "Oltin" kabi qissa va romanlari nashr etildi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻproq poeziya rivojlandi (V. Luke, A. Grigulis, Yu. Vanag va boshqalar). A. Upitning "Spartak" pyesasi va "Koʻkalamzor yerlar" romani shuhrat qozondi. Urushdan keyingi yillarda V. Latsis, A. Sakse, M. Kempe, J. Griva, Ya. Grant, I. Ziyedonis, A. Veyan, z. Skuin, E. Live va boshqa barakali ijod qildilar.

Meʼmorligi

Latviya hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda urugʻ jamoalarining mustahkamlangan choʻziq doirasimon va toʻgʻri burchakli turar joylari boʻlgan. 12-asrning oxirlarigacha yogʻochdan, keyin esa, koʻpincha, toshdan uylar qurilib, shahar tipidagi manzilgohlar vujudga kelgan. Qoʻrgʻonlar (13— 14-asrlardan boshlab), ibodatxonalar, Rigada ratusha qurilgan. 16-asrning 2-yarmida va 17-asrning 1-yarmida Latviya meʼmorligida Niderlandiya meʼmorligining taʼsiri kuchli boʻldi: gotika anʼanalari keyingi Uygʻonish davri meʼmorligi bilan uygʻunlashgani koʻzga tashlanadi. 17-asrning 2-yarmida barokko uslubi ustunlikni egalladi (Rigadagi Peter cherkovi, 1689—94). Klassitsizm hukmronligi yillarida (18-asrning soʻnggi choragi va 19-asrning 1-yarmi) bog oʻrtasiga qurilgan saroy majmualari vujudga keldi (Yelgavadagi saroy, 1738— 40, meʼmor V. V. Rastrelli). 19-asrdan boshlab Latviya meʼmorligi rus klassitsizmi ruhida rivojlandi.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng vayron qilingan shaharlar tiklandi va yangilari kurila boshladi. 60—80-yillarda Rigadagi Agenskaln qaragʻayzori, Katta Yugla uy-joy majmualari, temir yoʻl vokza-li, Dzintaridagi konsert zali va boshqa binolar oʻziga xos mahalliy loyihalar asosida barpo etildi. Interyerlarni bezashda yogʻoch, koshin, metall, vitrajdan foydalanildi.

Tasviriy sanʼati

Latviya xududidan topilgan eng qad. sanʼat yodgorliklari miloddan avvalgi 5-ming yillikka mansub (suyakdan ishlangan dastasiga hayvonlar tasviri ishlangan xanjar). 13—19-asrlarda Latviya tasviriy sanʼati Gʻarbiy Yevropa sanʼati bilan yaqin hamkorlikda rivojlandi. Ayniqsa, yogʻochdan haykallar ishlash keng tarqaldi. Latish milliy tasviriy sanʼati maktabi vujudga keldi. 20-asrning dastlabki yillaridan grafika rivoj topa boshladi. T. Zalkaln, G. Shkilter kabi haykaltaroshlar hayot manzaralarini haqqoniy tasvirlashga intildilar. 1920—30 yillarda plakatlar muhim oʻrin egalladi. 1920-yilda Badiiy akademiya ochildi. 20-asr 2-yarmida sanʼatda zamondoshlarning obrazlari ishonarli taʼsirchan aks ettirildi. Rassomlardan B. Ber-zin, R. Valnere, I. Zarin, E. Iltner, R. Bem, haykaltaroshlardan Ya. Zarin, V. Alberg, L. Lange va boshqa mashhur.

Xalq amaliy sanʼatida oʻymakorlik, yogʻochni kuydirib tasvir ishlash, kulollik, badiiy toʻqimachilik rivojlangan. Yogʻoch oʻymakorligi, charmga qolip yordamida bosib tasvir ishlash, kahrabodan buyumlar yasash, metallga zarb berib tasvirlar tushirish borasida latish sanʼatkorlari va hunarmandlari koʻrgazmalarda muvaffaqiyat bilan qatnashadi.

Musiqasi rang-barang va oʻziga xos boʻlib, asosan, mehnat taronalari, oilaviy marosim, xor va raqs qoʻshiqlari turkumidan iborat. 16-asr oxirlarida cherkov qoʻshiqlari matnlari nashr qilindi. 17- va 18-asr boshlarida Yelgavada orkestr vujudga keldi; 18-asrdan Rigada organ chalish sanʼati ravnaq topdi. 1760-yil Riga musiqa jamiyatiga asos solindi. 1782-yil nemis opera-drama teatri ochildi. 19-asr oʻrtalarida "yosh latishlar" harakati taʼsirida professional musiqali xor rivojlandi va qoʻshiqchilar jamiyati vujudga keldi. Latish klassik musiqasining asoschilari — A. Yuryan, Ya. Vitol milliy kompozitorlar maktabini yaratdilar.

1912-yil tashkil topgan Latish opera teatri 1919-yil davlat opera teatriga aylantirilib, dastlabki milliy operalar ( "Oʻt va tun", "Banyuta") vujudga keldi. 1919-yil Latviya konservatoriyasiga asos solindi. 1926-yil Latviya radiosining simfonik orkestri tashkil etildi. 1940—41 i.lari musiqali teatrlar, opera va balet teatri qayta tuzildi. 1941-yil Latviya davlat filarmoniyasi ochildi. Nemis fashistlari okkupatsiyasi davrida latish musiqa sanʼatiga qattiq shikast yetkazildi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin musiqa sanʼati yana rivojlana boshladi. Simfoniya (O. Barskov, E. Goldshteyn, O. Gravitis, P. Dambis va boshqalar), kamer cho-lgʻu musiqasi (Ye. Graubinya, R. Yermak, Ya. Kepitis, V. Utkin va boshqalar), estrada (R. Paul, G. Raman, R. Pauls va boshqalar) ravnaq topdi. Musiqa madaniyatini keng targʻib qilish maqsadida maxsus jurnallar, toʻplamlar muntazam nashr etiladi.

1905—07 yillarda Riga grammofon firmalari Toʻychi Hofiz, Levicha hofiz, Hamroqul qori va boshqa xonandalar ijrosida oʻzbek musiqa merosi namunalarini plastinkalarga yozib olgan. Oʻzbekistonda latish, Latviyada oʻzbek musiqa kunlari oʻtkazib kelinadi.

Teatri

Latish xalq ijodining qad. anʼanalari mehnat jarayoni, urf-odat marosimlari bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, toʻy marosimlarida nikrbli oʻyinlar odat tusiga kirib qolgan. 16— 17-asrlarda Rigada lotin tilida drama maktablari, 18-asrning 60-yillarida nemis truppasi va 19-asrning 50-yillarida rus teatri tashkil etildi. 19-asr boshlarida latish tilida birinchi spektakllar qoʻyildi. 1868-yilda dastlabki havaskorlar truppasi tashkil etildi, uning negizida birinchi professional Riga latish teatri (1870—1918) vujudga keldi. Unga milliy dramaturgiyaning asoschisi A. Alunan rahbarlik qildi. 1902-yilda yangi Riga teatriga asos solindi, uning sahnasida Ya. Raynis pyesalari oʻynaldi (bu teatr 1905-yilda yopildi). 20-asrning 20—30-yillarida E. Similgis, Ya. Zarin kabi teatr arboblari ilgʻor demokratik sahna anʼanalarini davom ettirishdi. Keyingi yillarda A. Amtman-Briyedit, V. Balyu-nay, Ya. Yaunushan, A. Linin kabi rejissyorlar latish va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi asarlarini sahnaga qoʻydilar. Mashhur aktyorlari: Ya. Osis, A. Klints, L. Eriki, J. Katlapa, L. Ber-zin, E. Radzin, E. Pavuls va boshqa Latviyada 7 ta teatr bor.

Kinosi

Latviyada kino ishlab chiqarish 1910—11 yillardan boshlangan. Dastlab voqeiy hujjatli filmlar ishlab chiqarilgan. 1913-yil "Haqiqat qayerda?" badiiy filmi yaratildi, 20-yillarda xususiy filmlar suratga olindi, 1939-yil ishlangan "Baliqchi oʻgʻli" filmi latish kinematografiyasining birinchi yutugʻi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng latish milliy kino sanʼati ravnaq topdi. "Gʻalaba bilan qaytish", "Raynis" kabi badiiy va tarixiy biografik filmlar yaratildi. 50—60-yillarda "Baqorgi ayoz", "Yangi sohilga", "Boʻron", "Qilich va atirgul" kabi badiiy filmlar ekranlashtirildi. Soʻnggi yillarda Riga kinostudiyasida xilma-xil mavzu va janrlarda rang-barang kartinalar yaratildi ("Edgar va Kristina", "Oʻlim soyasida", "Suvdagi shoʻʼla", "Esaber, shabada!" va boshqalar).

Oʻzbekiston — Latviya munosabatlari

Manbalar

  1. „Латвия президенти «Lexus» машинасида ЙТҲга учради“. Bugun.uz. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.