LIMSwiki
Mundarija
Gori gruzincha: გორი | |
---|---|
Shahar | |
41°58′37″N 44°06′09″E / 41.97694°N 44.10250°E | |
Mamlakat | Gruziya |
Viloyat | Shida-Kartli |
Munisipalitet | Gori munisipaliteti |
Maydon | 16.85 km2 (6.51 kv mi) |
Markazi balandligi | 588 m |
Aholisi (2014) |
48 143[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
|
Gori (gruzincha: გორი) — Gruziyadagi eng qadimgi shaharlardan, Katta Liaxvi va Kura daryolarining qoʻshilish joyida, 588 m balandlikda. Tbilisidan 76 km. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 48 143 kishidan ziyod (2014). Ip gazlama kombinati, priborsozlik, shpallarga chirishdan saqlaydigan modda singdiradigan zavodlar, meva va sabzavot konservalash, vino zavodlari, goʻsht kombinati, iqtisodiyot instituti, tarix-etnografiya muzeyi, Iosif Stalinning uy-muzeyi bor. Solnomalarda 7-asr boshlaridan tilga olingan. Gorissixe oʻrta asr qalʼasi harobalari saqlangan. Gori atrofida Gorijvari balneologiya kurorti bor. 1260-yil dekabrda Gorida gruzinlar bilan moʻgʻullar oʻrtasida katta jang boʻlgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
- ↑ „მოსახლეობის საყოველთაო აღწერა 2014“. საქართველოს სტატისტიკის ეროვნული სამსახური (ნოემბერი 2014). Qaraldi: 26 ივლისი 2016.
Havolalar
Vikiomborda Gori haqida turkum mavjud |