LIMSwiki

Chil
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Perdix perdix

Chil (Perdix perdix) – tovuqsimonlar turkumining qirgʻovullar oilasiga mansub qush[1]. Tanasi 35 smga yetadi. Vazni 350–600 g. Umumiy koʻrinishi kichikroq tovuqni eslatadi. Narining usti kulrangqoʻngʻir, qora chiziqchalari, qornida taqasimon jigarrang dogʻi bor. Modasi odmiroq tusda. Yevropa, Osiyo, Janubiy Gʻarbiy Sibir va Oʻrta Osiyoning sharqiy hududlarida tarqalgan. Asosan, dasht va oʻrmondasht, daryo qayirlari, gʻalla dalalarida qish va kuzda toʻda, boshqa fasllarda juftjuft boʻlib yashaydi. Uyasini yerga yasaydi. 12–20 ta tuxum qoʻyib, nari va modasi navbat bilan 24–25 kun bosadi. Asosan, oʻsimlik urugʻlari, mevalari, yashil qismi, yoz va kuz oylarida hasharotlar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali, ovlanadi. Ovchilik xoʻjaliklarida koʻpaytiriladi.

Manbalar