LIMSpec Wiki
Mundarija
Tunisiya Respublikasi الجمهورية التونسية Al-Jumhuriya at-Tunisiya | |
---|---|
Shior: حرية، نظام، عدالة Arabcha: Hurriyat, Intizom va Adolat | |
Madhiya: Himat Al Hima | |
Poytaxt | Tunis shahri |
Rasmiy til(lar) | Arabcha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Moncef Marzouki | |
Mehdi Jomaa | |
Mustaqillik (Fransiyadan) | |
• Sana |
20 mart 1956 |
Maydon | |
• Butun |
163,610 km2 (91-oʻrin) |
• Suv (%) |
5.04 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
10,074,951 (80-oʻrin) |
• Zichlik | 61/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$76,990 mil. (63-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$7,642 |
Pul birligi | Tunisian Dinar (TND) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
• Yoz (DST) |
UTC+1 |
Qisqartma | TS |
Telefon prefiksi | 216 |
Internet domeni | .tn |
|
Tunis (arabcha: تونس), Tunis Respublikasi (arabcha: الجمهورية التونسية al-Jumhuriya at-Tunisiya) — Shimoliy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 164,2 ming km². Aholisi 11,5 mln. kishi (2018). Poytaxti — Tunis shahri Maʼmuriy jihatdan 25 viloyatga bulinadi.
Davlat tuzumi
T. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1959-yil 1 iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987-yildan Zayn alObidin bin Ali), u umumiy toʻgʻri va yashirish ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 2 muddatga kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Yer yuzasining aksari qismi tekislik, ayrim joylarda qirlar uchraydi. Shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismini Atlas togʻlarinnng sharqiy tarmoklari (TelAtlas, Tunis tizmalari va boshqalar) egallaydi. Tunis tizmasining gʻarbiy qismida mamlakatdagi eng baland nukga — Shambi choʻqqisi (1544 m) bor. Togʻlar oraligʻida platolar, shimolda Tunis payettekisligi va janubi-gʻarbda Tunis sohili, Tunisning markaziy qismida Shott deb atalgan shurxok botiq joylashgan. Foydali kazilmalardan fosforit, temir, qoʻrgʻoshin, marganets va rux rudalari, simob, magniy va kaliy tuz konlari bor. Saxroi Kabirda neft va gaz zaxiralari aniklangan. Iklimi Oʻrta dengiz atrofiga xos subtropik ikdim, yozi issiq va quruq, qishi nisbatan salqin, nam; chekka janubda tropik choʻl iqlimi, Sahroi Kabirdan garmsel (sirokko shamoli) esib turadi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 10°, iyulda 26°, janubda yanvarda 21°, iyulda 33°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400-1500 mm, Tunis tizmasidan janubda 100- 200 mm. Dare kam, yirik daryosi — Majarda (uz. 460 km). Tuproq va oʻsimliklari, asosan, Oʻrta dengiz atrofiga xos. Togʻlardagi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarida aralash oʻrmonlar, qolgan hududdagi kulrang va jigarrang tuproqlarda choʻl va chala choʻlga xos oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi: shimolda qoplon, toʻngʻiz, alqor, chala choʻllarda qoraqulok,, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, yovvoyi mushuk bor; qushlar, sudralib yuruvchilar koʻp. Hasharotlardan, ayniqsa chigirtka qishloq xoʻjaligi. ekinlariga zarar yetkazadi. Oʻrta dengizdan baliq ovlanadi. Ashkyol, JabelBuXedma va boshqa milliy boglari, qoʻriqxona va rezervatlar tashkil etilgan.
Aholisining 97% dan koʻprogʻi tunislik arablar, 1%dan ortigʻi barbarlar, ozroq yevropalik (fransuz, italyan va boshqalar)lar. Rasmiy til — arab tili. Fransuz tili ham tarqalgan. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 61%.
Yirik shaharlari: Tunis, Sfaks, Sus, Bizerta, Qayravon.
Tarixi
Tunis hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Mil. av. 4—2ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Mil. av. 12-asrda Tunisga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan Tunisda asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shahardavlatga aylangan. Mil av. 264—146 ylardagi Puni uruioʻari natijasida Karfagen davlati barham topgan. Tunis Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 yil barbarlar va qoʻzgʻolonchi dehqonlar koʻmagida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 yil Tunis Vizantiyaga tobe boʻlgan. T. tub aholisining ozodlik kurashiga 647 yil T. hududiga kirib kelgan musulmon arab qoʻshini yordam bergan. 670 yil arablar Qayruvon shahriga asos soldilar (keyinchalik bu shahar Shimoliy Afrikaga islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi), 698 yil ular Karfagenni, 703 yil esa T.ni butunlay egalladilar. 800 yil Tunis Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Agʻlabishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 yil barbar qabilalarining qoʻzgʻoloni natijasida T.da ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi.
1535-yil Tunisni Ispaniya bosib oldi, 1574-yil turklar ispanlarni quvib chiqarib, Tunisni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Biroq turk sultonlari Tunisni nomigagina idora qilar edi. 1591-yildan T.ni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612—1702) beylari boshqardi. 1705-yil Husayniylar sulolasi beylari mustaqil T. davlatini barpo etdilar. 1861-yil Tunis liberal islohotchisi Xayriddin atTunisiy tashabbusi bilan dastlabki konstitutsiya (Dustur) qabul qilindi. 1881-yil fransuz qoʻshinlari Tunisni bosib oldi. 1934-yil Habib Burgʻiba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, Yangi dustur — soʻl millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) va undan keyin T.dagi milliy ozodlik xarakati kuchaydi. 1952—54 yillarda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida Tunis ozodlik armiyasi (1952-yil Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954-yil 31 iyulda Fransiya Tunisga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955-yil 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan Tunisni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956-yil 20 martda Fransiya Tunis mustaqilligini tan oldi. 1957-yil monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. Tunis — 1956-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 26 dekabrda tan olgan va 1992-yil 26 noyabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Yangilanish harakati partiyasi, 1939-yil tuzilgan, 1993-yilgacha Tunis kommunistik partiyasi deb atalgan; Demokratik konstitutsiyaviy birlashma partiyasi, 1934-yil Dustur partiyasining parchalanishi natijasida tuzilgan, 1964-yilgacha Yangi dustur, 1988-yilgacha Sotsialistik dustur partiyasi deb atalgan; Xalq birligi partiyasi, 1973-yil tashkil etilgan; Demokrat sotsialistlar partiyasi, 1977—78 yillarda asos solingan; Demokratik birlashuv ittifoqi, 1988-yil tuzilgan; Sotsialliberal partiya, 1988-yil tashkil etilgan. Tunis umumiy mehnat birlashmasi kasaba uyushma markazi, 1946-yil asos solingan.
Xoʻjaligi
Tunis — konchilik va kayta ishlash sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Tabiiy resurs zaxiralari oz boʻlishiga qaramay, Afrikadagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi ichki maxsulotda qishloq xoʻjaligi. va baliq ovlashning ulushi 11,7%, kon sanoatining ulushi 4%, ishlab chiqarish. sanoatining ulushi 18,5%.
Qishloq xoʻjaligida aholining 60% band. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 8 mln. gektarga yaqin. 3,2 mln. gektari ekinzor, 2,6 mln. gektari yaylov, 150 ming ga yer sugʻoriladi. Gʻalla yetishtirish va yaylov chorvachiligi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ekinzorlari mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqida joylashgan. Bugʻdoy, arpa, sitrus mevalar, zaytun, xurmo, sabzavot, uzum, bodom, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol, eshak, xachir, tuya boqiladi. Parrandachilik sanoat asosida tashkil etilgan. Tel togʻlarida oʻrmon mahsulotlari, ayniqsa, poʻkakli daraxt poʻstlogʻi, janubda qogʻoz sanoatida ishlatiladigan alfa oʻti yigʻiladi. Hammomot va Qobis qoʻltiqlarida, Karqanna o.lari sohilida baliq ovlanadi.
Sanoatida kon, elektrotexnika, tikuvchilik, toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoklari va xizmat koʻrsatish sohasi rivojlangan. Oziq-ovqat, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari bor. Kon sanoatida neft, fosforit, temir, rux rudasi qazib chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish. sanoati korxonalarining aksariyati mamlakatning shimoli-sharqiy Femida barpo etilgan. Chekka rayonlarda sement ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 6,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (gilam va savat toʻqish, kulolchilik, mis va jezdan bezak buyumlarni yasash) rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 22,5 ming km. Asosiy dengiz portlari: Tunis, Sfaks, Bizerta, Qobis, Sexira. Tunis shahri. yaqinida xalqaro aeroport bor. Tunis chetga neft va neft mahsulotlari, gazmol, zaytun yogʻi, vino, fosforit chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va keng isteʼmol mollari oladi. Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — tunis dinori.
Tibbiy xizmati
Davlatga qarashli davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Aholining 90% bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega. Vrachlar 3 oliy tibbiyot oʻquv yurtida tayyorlanadi. Tibbiy hamshira, doya, laborant va boshqa tibbiy xodimlar tayyorlash uchun maxsus maktablar ochilgan. Milliy onkologiya instituti (1969), Paster instituti (1906), Oilani rejalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, Tunis universiteti huzuridagi Milliy kardiologiya instituti tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil etilgan. Keyingi yillarda uni arablashtirishga harakat qilina boshladi. Boshlangʻich maktab 6 yillik (6—12 yoshli bolalar uchun majburiy), umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7 yillik boʻlib, u 3 yillik quyi va 4 yillik yuqori oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida 4 yillik hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan. Mamlakatda 50 ga yaqin ft va oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: Poytaxtdagi Tunis universiteti (1960), Milliy maʼmuriy maktab (1949), Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sanʼat, meʼmorlik va shaxdrsozlik texnika instituti, Milliy agronomiya instituti. Ilmiy muassasalarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Tunis universiteti tarkibida iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Ilmiy va texnik tadqiqotlar instituti (1969), Yadro tadqiqotlari markazi (1966), Milliy texnika instituti (1969), Milliy onkologiya instituti (1969), Milliy led. tadqiqotlari instituti (1971) bor. Bundan tashqari, Milliy arxeologiya va sanʼat instituti (1957), Milliy agronomiya tadqiqotlari instituti (1914), Milliy veterinariya tadqiqotlari instituti, Milliy okeanografiya va baliqchilik instituti (1924), Dengiz suvlaridan foydalanish va irrigatsiya markazi (1963), Milliy oʻrmonchilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. Kutubxonalari: Milliy kutubxona (1883), Ommaviy kutubxona (1965). Muzeylar: Bardo milliy muzeyi (1888), Karfagen milliy muzeyi (1964), Islom sanʼati muzeyi va boshqa.
Madaniyati
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
T.da koʻpgina gazeta va jurnallari nashr etiladi. Yiriklari: „AsSaboh“ („Tong“, arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1951-yildan), „ArRayi“ („Fikr“, arab tilida chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy gazeta, 1977-yildan), „Renuvo“ („Yangilanish“, fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1932-yildan), „AtTariq alJadid“ („Yangi yoʻl“, arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981-yildan), „AlVaxda“ („Birlik“, arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981-yildan), „AlHurriya“ („Ozodlik“, arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1934-yildan), „Dialog“ („Muloqot“, fransuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1974-yildan), „AlFikr“ („Tafakkur“, arab tilida chiqadigan oylik adabiy jurnali, 1955-yildan), „AlMaraa“ („Ayol“, arab va fransuz tillarida oyiga 2 marta chiqadigan jurnali, 1961-yildan). Tunis Afrik Press (TAP) axborot agentligi, Tunisdagi yetakchi gazetalar, radio va televideniyening akdiyadorlik jamiyati, 1961-yil asos solingan. Radioeshittirish 1936-yildan, telekoʻrsatuv 1966-yildan olib boriladi. Ularni Tunis radioeshittirish va televideniye davlat mahkamasi nazorat qiladi.
Adabiyoti
Tunis hududida mil. av. 1ming yillikda puni, soʻng lotin tilida rivojlangan. Apuley, Avgustin kabi mashhur adiblar Shimoliy Afrikadan chiqqan boʻlsada, Tunisning oʻz adabiyoti faqat musulmon arab hukmronligi davrida arab tilida vujudga keldi. 10—11-asrlarda Ibn Xani alAndalusiy va Ali atTunisiy Ibrohim alXusriy, Ibroqim arRakik va Abdulaziz alTaʼrifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14— 15-asr boshlarida atokli mutafakkir Ibn Xaddun ijod kiddilar. 15-asrdasufiylar adabiyoti vujudga keldi. 15—16-asrlarda arab tilining Tunis shevasida nazm janri ustun boʻlgan xalq adabiyoti shakllandi. 19-asr adabiyotida milliy ozodlik kurashi ruhi sezila boshladi. Muhammad ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻldi. 20-asr boshlarida T. adabiyotida dastlabki romanlar (Saloh Suvisiyning „AlXayra va Siroj alLayla“ romani) paydo buldi. 20—30-yillarda hozirgi zamon T. adabiyotining asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy, hikoyanavis AliadDuʼajiy, shoir va publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur boʻldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot rivojiga barakali hissa qoʻshdilar. T. mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi kamol topdi. 1960-yillarda T. adabiyotiga arab va fransuz tillarida ijod qiluvchi yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-asr oxirlarida Hasan Nasr („Yomgʻirli tunlar“ hikoyalar toʻplami), Izzeddin Medaniy („Nol inson“ romani, „Gʻaroyib hodisalar“ hikoyalar toʻplami), Mahmud Tunsiy (hikoya va lirik sheʼrlar), Muhammad Saloh alJabriy („Zamira hayotidan bir kun“ qissasi), Abdurahmon Amar („Sevgi va inqilob“ qissasi, „Besh qahramon“ pyesasi) va boshqa yozuvchi hamda dramaturglar ijodi diqqatga sazovor.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Tunis hududidan kapsa madaniyati sanʼat yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari, sopol idishlar) topilgan. Finikiylar davridan ibodatxona, daxma va binolarning, rimliklar davridan shahar xarobalari (Dugga, TuburboMayus va boshqalar) saqlanib qolgan. Ularda teatr, amfiteatr, hammom, sirk, turar joy, oromgoxlar boʻlganligi seziladi. Oʻrta asrlarda musulmon meʼmorligi (masjid, minora va saroy binokorligi) shakllandi. Qayruvon, Sfaks, Sus, Monastir, Tunisda minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi, istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba masjidi, 9-asr, Tunisdagi Bab alJadid, Bab alMinora tosh darvozalari, 13-asr). 11 — 15-asrlarda meʼmorlik ispanmagʻrib, 16—19-asrlarda turk sanʼati oqimida rivojlandi. 20-asrda shaharsozlikka fransuz meʼmorlari boshchilik qildi, ular mahalliy binokorlik anʼanalarini Yevropa ratsionalizmi tamoyillari bilan uygʻunlashtirishga intildi. Mustaqillik yillarida yetishib chiqqan O. K. Kakub, X. Amara va boshqa tunislik meʼmorlar zamonavii konstruksiya va materiallar (temirbeton, shisha, metall, plastmassa va yogʻoch)dan foydalanib uyjoy va jamoat binolarining loyihalarini tuza boshladilar. Tunis shahridagi yangi turar joy binolari, „Dyu Lak“, „Afrika“ mehmonxonalari, Monastir shahridagi „Palma“ mehmonxonasi, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan.
Tunis zamonavii tasviriy sanʼatiga 12-asrning 90-yillarida asos solindi. 20-asrning 20—30-yillarida Yaxyo Turkiy, Hodi Hayoshiy, Amar Farhod kabi musavvirlar shaklan mukammal, mazmunan milliy sanʼat asarlari yaratdilar. Hozirgi zamon tasviriy sanʼatida realistik va modernistik oqimlar mavjud. Realizm yoʻnalishidagi rassomlardan Ali bin Salim, Hodi Turkiy, Hotam Mekkiy, grafikami Ibrohim adDaxak, modernizm oqimidagi haykaltarosh Hodi Selmiy, rangtasvirchi va grafik Zubayr Turkiy va boshqa mashhur. T. zamonavii amaliy bezak sanʼatining asosiy turlari gilam toʻqish, kashtachilik, toʻr toʻqish, kulolchilik, zargarlik va kandakorlikdan iborat.
Musiqasi
Musiqasi uzoq yillar davomida finikiy, yunon, rim, ayniqsa, arab va turk madaniyati taʼsirida rivojlanib keldi. T.musiqasi Magʻrib mamlakatlari madaniyatida alohida ahamiyatga ega. Badaviylar anʼanalari negizida marosim va mehnat qoʻshiqlari, shoirbaxshilar ijodi rivoj topdi. Mumtoz musiqasi Andalusiya (Ziryob) maktabi taʼsirida qaror topgan. Turkumli janr nuba muayyan maqam (lad)larga asoslanib, cholgʻu badihaviy muqaddima (istiftax), maʼlum usullarda ijro etilayotgan vokal (avʼyat, btayxi, baruel, taushiyya, dardj va boshqalar) hamda cholgu (msaddar, dxoul kabi) qismlardan iborat. 24 mumtoz nubadan hozirda T. da 13 tasi saqlangan. Qasida, muvashshax, shuningdek, diniy musika shakllari — zajal, zikr, turk madaniyati taʼsirida bashraf (cholgu kuy)lar keng oʻrin olgan. Milliy sozlari: ud, torlikamonli rabab, qonun, naysimon kasba, zurna (surnay turi), doirasimon tar va bendir, toʻrtburchak daf, darbuka, tbala (baraban turlari). Mustaqillikka erishilganidan soʻng musiqa madaniyatiga eʼtibor kuchaydi. 60-yillarda simfonik orkestr, milliy ansambllar tashkil etildi. Tunis folklor ansambli, Bizerta mumtoz musiqa ansambli, „Rashidiya“ jamiyati orkestri (hozirgi radio orkestri) ishlay boshladi. Anʼanaviy musiqa bilan birga musiqa madaniyatining yevropalashgan shakllari yoyila bordi. Musiqa kadrlari oliy va oʻrta musiqa oʻquv yurtlari, jumladan, Tunisdagi Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sfaksdagi konservatoriyada tayyorlanadi. Bastakor, ijrochi va musiqashunos Saloh alMahdiy, bastakor va udchi M. alJamusiy, xonandalar U. Karim, Sh. Alaviy, Abdulhaq Tarialar mashhur. Har yili oʻtkaziladigan Karfagen musika festivali folklor sanʼatining jahon markaziga aylandi.
Teatri
Xalq oʻyinlari va bayramlarida, sayyor qiziqchilarning sanʼatida teatr unsurlari boʻlgan. 13-asrdan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari yoyildi. 1826-yil Italiyadan kelgan truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa teatri bilan tanishtirdi. 1860—75 yillarda dastlabki teatr binolari qurildi. 1893-yil livanlik dramaturg Shukri Gʻanimning „Antara“ spektakli sahnalashtiriddi. 1908 i. Sulaymon alKardaxiy birinchi T. teatriga asos soldi, 1913-yil u „AshShaxama alArabiya“ va „Aladab“ jamoalariga boʻlinib ketdi. 1921—22 yillarda misrlik rejissyor Jorj Abyad „Arab teatri“ni tashkil etdi. 1955-yil ish boshlagan Munitsipal teatri doimiy truppa va katta repertuarga ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956), 1959-yil tashkil etilgan teatr maktabi (rahbari Hasan Emerli) tez orada Drama markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga, 1982-yil Drama sanʼati intiga aylantirildi. 1960—70 yillardan Sus, Sfaks, Bizerta, AlQof, Qayruvon, Qafsa shaharlarida teatrlar ishlay boshladi. 1960-yildan Monastir shahrida Magʻribdagi barcha teatrlarning festivallari, Hammomotdagi teatr markazida (1964-yil tashkil etilgan) va koʻhna Karfagen xarobalarida Xalkaro teatr festivallari oʻtkaziladi.
Kinosi
1897-yil Sh. Shikli dastlabki kinoseanslarni tashkil etdi. 1907-yil doimiy kinoteatr ochildi. 1922-yil Sh. Shikli qisqa metrajli „Zuhra“, 1924-yil esa toʻliq metrajli „Ohu koʻzlari“ filmlarini suratga oldi. Mustamlakachilik davrida gʻaroyibsarguzasht filmlar — „Etikdoʻz Maʼruf“ (1921, rejissyor R. Dessor), „Yasmina“ (1926, rejissyor A.Yugon), „Kayruvonlik telba“ (1939, rejissyor J. A. Krezi, arab tilidagi birinchi film), „Bim“ (1949, rejissyor A. Lamoris) va boshqa yaratildi. 1946—54 yillarda Tunisda „Afrika“ kinostudiyasi ishladi. Mustaqillik koʻlga kiritilganidan keyin T. filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish aksiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy masalalarga bagishlangan „Tong“ (1966), „Qoʻzgʻolonchi“ (1967), „Fallohlar“ (1970) kabi badiiy filmlar yaratildi. 70—80-yillarda yaratilgan filmlar orasida ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi „Sejnan“ (rejissyor A. Bin Ammar), Fransiyadagi arab muhojirlari takdiriga oid „Elchilar“ (rejissyor N. Xtariy), kichik qishloq hayotining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi „Sirtlon quyoshi“ (rejissyor R. Baxiy), tunislik ayollar hayotidan olingan „Aziza“ (rejissyor A. Bin Ammar), shuningdek, „Kechuv“ (rejissyor M. B. Mahmud), „Farishtalar“ (rejissyor R. Baxiy) kabi filmlar bor.
Manbalar