LabLynx Wiki

Nevroz (ko'plik: nevrozlar) bugungi kunda asosan Freyd tafakkuri tarafdorlari tomonidan o'tmishdagi tashvishlardan kelib chiqqan, ko'pincha ichiga yutilgan,davolanmagan ruhiy kasalliklarni tasvirlash uchun qo'llaniladigan atamadir. Ushbu kontseptsiya bugungi kunda barchamizga psixologik travma sifatida yaxshi tanish.

Yaqin yaqingacha tarixda bu atama ko'pincha tashvish bilan bog'liq holatlarni ham nazarda tutgan.

Nevrozni psixoz bilan yanglishtirmaslik kerak, psixoz- bu reallik, real hayot bilan aloqani yo'qotishni anglatadi. Shuningdek, nevrozni nevrotizm atamasi bilan ham yanglishtirmaslik kerak, nevrotizm tashvish va ruhiy tushkunlikka moyil bo'lgan shaxsiy xususiyatga aytiladi.

Tarixi

Uilyam Kallen nevroz atamasini fanga kiritdi.

Nevroz atamasi shotlandiyalik shifokor Uilyam Kallen tomonidan " asab tizimining umumiy ta'siri" natijasida kelib chiqadigan "sezish va harakatning buzilishi" ni ifodalash uchun kiritilgan atamadir. Bu atama yunoncha neyron (néῦrón, 'asab') so'zidan va -osis qo'shimchasidan (-ōsis, 'kasallik' yoki 'g'ayritabiiy holat') olingan. U birinchi marta 1769 yilda lotin tilida nashr etilgan "Cullen's System of Nosology" asarida chop etilgan