LabLynx Wiki

Ishoratlarni tahrirla
Hordeum vulgare

Arpa (Hordeum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi maʼlum. Dehqonchilikda Arpa Oʻrta Osiyo (Turkma-niston jan.)da miloddan avvalgi 12- 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma Arpa (N. sativum) jahondagi koʻpgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik xususiyatlariga koʻra, A. bahori va kuzgi turlarga boʻlinadi. Arpa ildiz toʻplami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 — 6 ta boʻgʻimli, boʻyi 30 — 35 sm dan 130 — 134 sm gacha. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa gʻalla oʻsimliklarining bargidan koʻra kengroq. Toʻpguli boshoq. Mevasi pardali yoki yalangʻoch don, rangi sargʻish, och jigarrang va och kulrang. 1000 ta doni vazni 20 — 60 g. Bahori Arpaning vegetatsiya davri 55-110 sutka, kuzgisiniki 180 — 210 sutka (nav xususiyatlari va eki-ladigan hududga qarab). Arpa eng tezpishar don ekinidir. Arpa oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, guli yopiq. Maysalari 4 — 5°da unib chiqadi, oʻsib rivojlanib borishi uchun qulay harorat 22°. Arpa issiqqa chidamli oʻsimlik, havo quruqligini yaxshi koʻtaradi. Xalq xoʻjaligida Arpadan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalaniladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64,6% uglevodlar, 5,5% klechatka, 2,1% yogʻ, 2,8% kul moddasi bor. 1 kg arpa doni 1,2 ozuqa birligiga teng .Lalmi dehqonchilik mintaqasida bahori, sugʻoriladigan yerlarda kuzgi-qishki va koʻklamgi namdan yaxshi baxra oladigan yuqori hosil beradigan kuz-gi Arpa yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan ol-din (maining oxiri — iyun) pishib yetiladi. Sugʻoriladigan maydonlarda har gektaridan 50 s gacha hosil beradi. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda Qarshi, Zafar, Siklon; lalmi yerlarda Baysheshek, Unumli arpa, Nutans va boshqa na-vlari ekiladi. Urugʻlari 4 — 5 sm chuq. ga qadaladi, ekish meʼ-yori A.ning faqat oʻzi eqilganda 100 — 120 kg/ga, vika bilan birga eqilganda 50 — 70 va 40 — 50 kg/ga. A. oʻgʻitlarga talabchan. Yuqori hosil olish uchun gektariga 30 — 45 kg N (azot), 45 — 60 kg R2O5 (fosfor), 60 kg K,O (ka-liy) solinadi. A. zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, simqurtlar, arrakashlar, koʻkkoʻz va b; kasalliklardan eng koʻp zararlaydigani qorakuya, zang kasalligi, unshudring, fuzarioz, bakterioz va boshqaAd:. Kurbanov K., Yachmen v usloviyax bogaroʻ Oʻzbekistona, T., 1972; Yigitali-yev M., Muhammadxonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1981.Qoʻziboy Dushamov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil