IHE Wiki
Mundarija
Jahon Savdo Tashkiloti aʼzolari (toʻq yashil rangda), Jahon Savdo Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi aʼzolari (och yashil rangda), kuzatuvchilar (koʻk rangda) | |
Ishga tushgan sanasi | 1 Yanvar 1995 |
---|---|
Joylashuvi | Centre William Rappard, Jeneva, Shveysariya |
Til(lar)i | ingliz tili, fransuz tili, ispan tili |
Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) (inglizcha: World Trade Organization, fransuzcha: Organisation Mondiale du Commerce, ispancha: Organización Mundial del Comercio) — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi.
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan[1]. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir[2].
Jahon Savdo Tashkiloti besh tamoyili
- Savdoda diskriminatsiyani yo’qligi
- Savdo to'siqlarini kamaytirish
- Xalqaro savdoda raqobatbardoshlikni oshirish
- Kam rivojlangan mamlakatlar uchun xalqaro savdodagi imtiyozlar
- Savdo shartlarining barqarorligi va prognozliligi
Bosh direktorlar
JST rahbarlari edi :
Piter Sazerlend, 1995 yil
Renato Ruggero, 1995-1999
Mayk Mur, 1999-2002
Supachai Panitchpak, 2002—2005
Paskal Lami, 2005-2013
Robert Azevedoga, 2013—2020
Ngozi Okonjo-Iweala, 2021—n. ichida
2020 yil avgust oyida Robert Azevedo muddatidan oldin iste'foga chiqqanidan so'ng, bir nechta nomzodlar orasidan bosh direktor lavozimi vaqtincha bo'sh qoldi ; Nigeriya moliya vaziri Ngozi Okonjo-Iveala eng ko'p yordam oldi. Biroq Donald Tramp ma’muriyati boshqa nomzod – Koreya vakili Yu Mung Xini qo‘llab-quvvatladi. Tramp AQSh prezidentligidan iste’foga chiqqanidan so‘ng Yu Mung Xi o‘z nomzodini qaytarib oldi. Bayden ma'muriyati Ngozi Okonyo-Iveala nomzodiga qarshi e'tirozlarini to'xtatdi. Lavozimga tasdiqlanganidan so'ng, u tarixdagi birinchi ayol va ayni paytda JSTga rahbarlik qilgan birinchi Afrika vakili bo'ldi.
JSTning oldingi tashkiloti GATT rahbarlari quyidagilar edi:
Erik Wyndham White , 1948-1968
Oliver Long , 1968-1980
Artur Dunkel , 1980-1993
Piter Sazerlend , 1993-1995
Yana qarang
Manbalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Jahon savdo tashkilotiga birinchi marta ayol kishi rahbar etib tayinlandi“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.[sayt ishlamaydi]