Trends in LIMS
Mundarija
Jami fanlar majmuasi |
Fan |
---|
Soxta fan fan deb beriluvchi, biroq ilmiy metod bilan tekshirila olmaydigan, ilmiy dalillari yoʻq yoki boshqa ilmiy mavqeʼi mavjud boʻlmagan ishonch yoki iddaolar toʻplamidir. Soxta fan noaniq, oshirib yuborilgan yoki tasdiqlanmas iddaolar, taraflilik, boshqa mutaxassislar uchun yopiqlik, ratsional nazariyalar tizimi yoʻqligi bilan xarakterlanadi.
Biror soha, amaliyot yoki bilimlar toʻplami jamiyat normalariga binoan ravishda fan yoki ilmiy tadqiqot deb iddao etilsa-yu, ammo ilmiy mezonlarni ochiqlikcha qanoatlantirmasa, unga soxta fan, deyiladi. Fan vahiy, teologiya yoki spiritualizmdan fizik olamga empirik tadqiqot va tekshiruvlar orqali boqishi bilan farqlanadi[1]. Ommabop fandagi baʼzi qarashlar fan kriteriylariga mos kelmaydi[2]. Ommabop fan omma nigohida soxta va haqiqiy fan orasidagi chegarani xiralashtirishi va qisman ilmiy taxayyulotdan iborat boʻlishi mumkin[2]. Soxta ilmiy qarashlar shunchalik keng tarqalganki, ularga hatto baʼzi oʻqituvchi va muxbirlar ham ishonishadi[3].
Haqiqiy va soxta fan orasida chegara chizish etik, siyosiy, falsafiy va ilmiy muammodir[4]. Fanni soxta fandan ajratish tibbiyot, sud ekspertizasi, ekologik siyosat va taʼlimda juda muhimdir[5]. Astrologiya, tabiblik va okkultizmda taqdim etiladigan iddaolarning ilmiy yoki emasligini farqlay olish taʼlim va ilmiy savodxonlikka bogʻliq.
„Soxta fan“ iborasi koʻpincha haqoratomuz hisoblanadi, chunki u fan deb beriluvchi biror bilimni xato yoki hatto yolgʻon, deyish bilan barobardir[6]. Shuning uchun soxta fan bilan shugʻullanuvchilar oʻz sohalarini bunday nomlashga qarshi chiqishadi[6].
Manbalar
- ↑ Nonoverlapping Magisteria, 2017-01-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-05-30
- ↑ 2,0 2,1 When Science Fiction is Science Fact, 2006-02-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-05-30
- ↑ „Teaching Relevant Science for Scientific Literacy“ (PDF), 2011-08-24da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2012-05-30
- ↑ Science and Pseudoscience
- ↑ Science and Pseudo-Science — The purpose of demarcation
- ↑ 6,0 6,1 Hansson, Sven Ove „Science and Pseudoscience“. Stanford Encyclopedia of Philosophy (2008).