Trends in LIMS
Mundarija
Berlin | |
---|---|
Poytaxt shahar va munitsipalitet | |
52°31′0″N 13°23′0″E / 52.51667°N 13.38333°E | |
Mamlakat | Germaniya |
Shtay | Berlin |
Hukumat | |
• Mayor | Kai Wegener (CDU) |
Maydon | 891.7[1] km2 (344.3 kv mi) |
Markazi balandligi | 34 m |
Iqlim turi | Moʻtadil va sernam |
Aholisi (31-dekabr 2020-yil)[2] |
3 664 088 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Berlin (nemischa talaffuzi: [bɛʁˈliːn])[3] Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir.[4][5] Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Bu shahar Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida joylashgan. Maydoni — 891.7 km2.[1] Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp.
Tarixi
Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. XVII asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisi tez oʻsdi. XIX asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edi. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945-yilgacha Berlin Germaniyaning eng yirik fan, madaniyat va siyosiy markazi boʻlgan. 1933—1945-yillarda Berlin gitlerchilar „uchinchi reyxi“ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomonidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945-yil 2-mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet Ittifoqi, AQSh, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Germaniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va Germaniya Demokratik Respublikasi aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961-yilda „Berlin devori“ (Sharqiy Germaniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989-yil 9-noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Germaniya) va GDR (Sharqiy Germaniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990-yil 3-oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.
Geografiyasi
Iqlimi
Iqlimi moʻtadil, sernam;[6] oʻrtacha yillik temperatura 8,4 °C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°C, iyulniki 18 °C. Bir yilda oʻrtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.
Demografiyasi
Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939-yilda 4,3 million, 1945-yilda 2,8 million va 1995-yilda 3,4 million. Hozirga kelib, 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, ushbu shahar aholisi 3 664 088 nafarni tashkil etadi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1721 | 65 300 | — |
1750 | 113 289 | +73.5% |
1800 | 172 132 | +51.9% |
1815 | 197 717 | +14.9% |
1825 | 220 277 | +11.4% |
1840 | 330 230 | +49.9% |
1852 | 438 958 | +32.9% |
1861 | 547 571 | +24.7% |
1871 | 826 341 | +50.9% |
1880 | 1 122 330 | +35.8% |
1890 | 1 578 794 | +40.7% |
1900 | 1 888 848 | +19.6% |
1910 | 2 071 257 | +9.7% |
1920 | 3 879 409 | +87.3% |
1925 | 4 082 778 | +5.2% |
1933 | 4 221 024 | +3.4% |
1939 | 4 330 640 | +2.6% |
1945 | 3 064 629 | −29.2% |
1950 | 3 336 026 | +8.9% |
1960 | 3 274 016 | −1.9% |
1970 | 3 208 719 | −2.0% |
1980 | 3 048 759 | −5.0% |
1990 | 3 433 695 | +12.6% |
2000 | 3 382 169 | −1.5% |
2010 | 3 460 725 | +2.3% |
2015 | 3 520 031 | +1.7% |
2020 | 3 664 088 | +4.1% |
2022 | 3 755 251 | +2.5% |
Millatlar
Fuqaroligiga koʻra istiqomat qiluvchilar (31-dekabr 2019-yil)[2] | |
Mamlakat | Aholisi |
---|---|
Jami roʻyxatdan oʻtgan aholi | 3,769,495 |
Germaniya | 2,992,150 |
Turkiya | 98,940 |
Polsha | 56,573 |
Suriya | 39,813 |
Italiya | 31,573 |
Bolgariya | 30,824 |
Rossiya | 26,640 |
Ruminiya | 24,264 |
AQSh | 22,694 |
Vyetnam | 20,572 |
Fransiya | 20,223 |
Serbiya | 20,109 |
Birlashgan Qirollik | 16,751 |
Ispaniya | 15,045 |
Gretsiya | 14,625 |
Xorvatiya | 14,430 |
Hindiston | 13,450 |
Ukraina | 13,410 |
Afgʻoniston | 13,301 |
Xitoy | 13,293 |
Bosniya va Gersegovina | 12,691 |
Boshqa Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari | 88,241 |
Boshqa Yevropa mamlakatlari | 80,807 |
Afrika | 36,414 |
Boshqa Amerika mamlakatlari | 27,491 |
Okeaniya va Antarktika | 5,651 |
Fuqaroligi yoʻq aniq emas | 24,184 |
Iqtisodi
Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyo-farmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.
Berlin faqat Germaniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor.
Madaniyati
Berlin radial aylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (XIII-XIV asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—1791), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—1821) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, A. Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan.[7]
Galereya
-
Berlin
-
Berlin
-
Berlin, Reichstag 1945
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 „Amt für Statistik Berlin Brandenburg – Statistiken“ (de). Amt für Statistik Berlin-Brandenburg. 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.(Wayback Machine saytida 2021-03-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ 2,0 2,1 „Statistischer Bericht: Einwohnerinnen und Einwohner im Land Berlin am 31. Dezember 2019“ [Statistik bayonot: Berlinda istiqomat qiluvchilar (31-dekabr 2019-yil] (olmoncha). Amt für Statistik Berlin-Brandenburg 4, 10, 13, 18–22. Qaraldi: 8-aprel 2020.
- ↑ Kleiner, Stefan; Knöbl, Ralf; Mangold, Max. Das Aussprachewörterbuch, 7th, Berlin: Duden, 2015 — 229-bet. ISBN 978-3-411-04067-4.
- ↑ Milbradt, Friederike. „Deutschland: Die größten Städte“ (olmoncha). Die Zeit (Magazin) (6-fevral 2019). Qaraldi: 24-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Leipzig überholt bei Einwohnerzahl Dortmund – jetzt Platz 8 in Deutschland“ (olmoncha). Leipziger Volkszeitung (1-avgust 2019). 13-noyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2019.
- ↑ „Berlin, Germany Köppen Climate Classification (Weatherbase)“. Weatherbase. Qaraldi: 30-yanvar 2019.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
- Berlin shahrining rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 8-fevral 2013-yil sanasida arxivlangan) (olm.)
- Berlin shahri haqida sayyohlar uchun maʼlumot (ingl.)