The cannabis terpenes

Ishoratlarni tahrirla

Karlik, garanglik — mutlaqo eshitmaslik yoki quloqning soʻzni anglay olmaydigan darajada "ogʻir"ligi. Karlik tugʻma va hayotda orttirilgan boʻlishi mumkin. Tugʻm a karlikka bola tugʻilayotganda eshituv nervining zararlanishi, ichki quloq yoki eshituv nervining irsiy yoki ona yuqumli kasalliklar (gripp va hokazo) bilan ogʻrishi natijasida rivojlanmay qolishi, shuningdek, homiladorlik davrida, xususan, uning birinchi oylarida onaning turli dorilar yo spirtli ichimliklar ichishi sabab boʻlad. Hayotda orttirilgan karlik oʻrta va ichki quloq, eshitish nervi yoki bosh miya eshituv markazining yalligʻlanish kasalliklari, baʼzi infeksion kasalliklar asorati, shuningdek, zararli omillar (masalan, shovqin, vibratsiya va boshqalar) natijasida kelib chiqishi mumkin.

Davosi karlikning sababiga bogʻliq, u koʻpincha kasallanish darajasiga koʻra olib boriladi. Eshituv nervi jiddiy zararlanganda kar quloq tuzalishi qiyin. Quloq "ogʻir" boʻlib qolganda tovushni kuchaytiradigan asboblar (eshituv apparatlari)dan foydalanish mumkin. Bolalar maxsus maktablarda oʻqitiladi (qarang Karlar maktabi)[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil