Practical Applications of a SDMS (Scientific Data Management System)

Mato – xalq badiiy hunarmandchiligida qadimdan qoʻlda toʻqib tayyorlangan toʻqimachilik mahsuloti; gazlama. Oʻrta Osiyo hududida ip (boʻz, janda, olacha, susi, chit, kalami), ipak (atlas, baxmal, zandonachi, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras, parpasha) matolar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirgʻa), keyinroq sodda gulli – hoshiyali, yoʻl-yoʻl va kataklar hosil qilib bezash yoʻlga qoʻyilgan; shuningdek, abrbandi usulida boʻyab tayyorlangan, bosma qolipda gul bosish (ayniqsa, chitgarlikda) rivojlangan. Oʻzbekiston hududi (Buxoro, Margʻilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon, Xorazm va boshqalar)da mato tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan hozirgi kunda anʼanaviy usullarda tayyorlanayotgan matolar (adras, atlas, beqasam, shoyi va boshqalar) anʼanaviy naqshi va sifati bilan diqqatga sazovor; respublika hududida va xorijda ham ushbu matolarga talab katta[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil