Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Yonne

Yonne
Departament
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
47°48′0″N 3°34′0″E / 47.80000°N 3.56667°E / 47.80000; 3.56667
Mamlakat Fransiya
Aholisi
335,707
Milliy tarkib fransuzlar
Vaqt mintaqasi UTC+1
Telefon kodi 89
Yonne xaritada

Yonne (fransuzcha: [jɔn]) Fransiyaning Bourgogne-Franche-Comté mintaqasida joylashgan departamentdir. U mamlakatning shimoliy-markaziy qismidan oqib oʻtadigan Yonne daryosi sharafiga nomlangan. Bourgogne-Franche-Comtening sakkizta tarkibiy boʻlinmalaridan biri boʻlib, uning shimoli-gʻarbiy qismida, Ile-de-Frans bilan chegarada joylashgan. Hudud 1790-yilda fransuz inqilobi davrida yaratilgan. Markazi Oser boʻlib, shaharlari Avallon va Sensda joylashgan. Uning INSEE va pochta indeksi — 89.

Yonne Bourgogne-Franche-Comténing aholi soni boʻyicha toʻrtinchi boʻlimi boʻlib, aholisi 335 707 kishi (2019)[1]. Uning eng katta shahri Oser boʻlib, shahar chegaralarida 35 000 ga yaqin aholi va shahar hududida 68 000 kishi istiqomat qiladi.

Tarixi

Bu hududning tarixiga oid ilk manbalar Grottes d’Arcy-sur-Cure da topilgan. U yerda 28 000 yillik rasmlar topilgan. Oʻsha davrdagi paleolit ovchi-yigʻuvchilari ham koʻplab chaqmoq toshlarini qoldirgan. Departament hududida taxminan 200 000 yil avval ham ilk yashash manzillari boʻlgan[2]. Miloddan avvalgi 4000 yilga kelib, Sharqiy Yevropaning Dunay daryosi hududidan neolit davriga oid manzilgohlar topilgan. Hududning Chasséen madaniyati va Mishelsberg madaniyatiga bevosita aloqasi bor[3].

Hududdagi keltlar qabilasi, ular muqaddas deb hisoblagan Yonne daryosi sharafiga „Icauna“ deb nomlangan. Keyinchalik bu hududni Gal qabilalari bosib oldi. Oʻsha davrda bu hudud Rim imperiyasining nazorati ostiga oʻtdi, uning bosh shahri Sens boʻlib, uni Agendikum deb atashgan. Bu ularning Gallia Lugdunensis viloyatining poytaxti boʻlib, Fransiya boʻlinib ketgan vaqtdagi toʻrtta viloyatdan biri edi (843-yil). Liondan Bulongacha va Sensdan Alise-Sainte-Reinegacha boʻlgan hozirgi asosiy yoʻllar qurilishi shu davrga toʻgʻri keladi. Taxminan bu vaqtda Auxerre, Tonnerre (Tornodurum) va Avallon shaharlari kattalashib bordi. IV asrda Sens devor bilan oʻralgan shaharga aylandi. Birinchi yepiskoplar Sens va Langresda faoliyat yuritgan. Ularning mintaqada taʼsiri kuchli boʻlgan. 

Geografiyasi

Yonne — Fransiyaning markaziy qismidagi departament, Bourgogne-Franche-Comté mintaqasidagi sakkizta tarkibiy boʻlimlardan biri. Shimoli-sharqda Obe departamenti, sharqda Côte-d’Or, janubda Nievre, gʻarbda Luara va shimoli-gʻarbda Sena va Marna departamentlari joylashgan. Yonne daryosi departament orqali shimolga oqib oʻtadi. Departamentning poytaxti Oser Yonne daryosida joylashgan boʻlib, unga shahardan bir necha kilometr shimolda Serein daryosi qoʻshiladi. Oʻrta yer dengizini Atlantika okeani bilan bogʻlaydigan Burgon kanali shimoldagi Migennesdan oʻtgan[4].

Asosiy shaharlari

Aholisi eng zich joylashgan kommuna Oser. 2019-yil holatiga koʻra, 5000 dan ortiq aholisi boʻlgan 6 ta kommuna mavjud[1].

Kommuna Aholi (2019)
Oser 34 451
Sens 26 688
Joigny 9557
Migennes 7258
Avallon 6,462
Villeneuve-sur-Yonne 5,165
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1801320,596—    
1806326,548+1.9%
1821332,905+1.9%
1831352,487+5.9%
1841362,961+3.0%
1851381,133+5.0%
1861370,305−2.8%
1872363,608−1.8%
1881357,029−1.8%
1891344,688−3.5%
1901321,062−6.9%
1911303,889−5.3%
1921273,118−10.1%
1931275,755+1.0%
1936271,685−1.5%
1946266,014−2.1%
1954266,41+0.1%
1962269,826+1.3%
1968283,376+5.0%
1975299,851+5.8%
1982311,019+3.7%
1990323,096+3.9%
1999333,221+3.1%
2006340,088+2.1%
2011342,463+0.7%
2016340,544−0.6%

Galereya

Manbalar

  1. 1,0 1,1 Populations légales 2019: 89 Yonne, INSEE
  2. B. Schmider. L'Yonne, un département: Le paléolithique supérieur dans l'Yonne CRDP de l'Académie de Dijon: , 1984. ISBN 2-86621-043-3. 
  3. Claude Mordant. L'Yonne, un département: Le néolithique dans l'Yonne CRDP de l'Académie de Dijon: , 1984. ISBN 2-86621-043-3. 
  4. Philips' Modern School Atlas. George Philip and Son, Ltd., 1973 — 43-bet. ISBN 0-540-05278-7.