Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Xristofor Kolumb | |
---|---|
Cristoforo Colombo (Italyancha) Cristòfor Colom (Katalancha) Cristóbal Colón (Ispancha) Cristóvão Colombo (Portugalcha) Christophorus Columbus (Lotincha) Christoffa Corombo (Genuezcha) | |
Tavalludi |
1451-yil 31-oktabrdan oldin |
Vafoti |
20-may, 1506 Valyadolid, Kastiliya va Leon qirolligi, (hozirgi Ispaniya) |
Fuqaroligi | Republic of Genoa |
Otasi | Domenico Colombo |
Onasi | Susanna Fontanarossa |
Imzosi | |
Xristofor Kolumb (ispancha: Cristóbal Colón, italyancha: Cristoforo Colombo; 1451-yil 31-oktabrdan oldin, Genuya — 1506-yil 20-may, Valyadolid) — Italiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Genuya Respublikasida tugʻilgan tadqiqotchi, dengizchi va kolonizator.[1][2][3][4] Kolumb Ispaniyaning katolik monarxlari homiyligi ostida uyushtirilgan toʻrt sayohati natijasida Amerika qitʼasini ochgan va tadqiq etgan. Bu sayohatlar va uning Espanyola orolida kolonizatsiya tuzishda hissasi Yangi Dunyoning ispanlar tomonidan kolonizatsiyalanishida katta oʻrin tutadi.
Christopher Columbus nomi lotincha Christophorus Columbusning inglizchalashtirilishidir. Uning ismi italyanchasiga Cristoforo Colombo va ispanchasiga Cristóbal Colón boʻladi. Kolumb 1451-yilning kuzida hozirgi Italiyaga qarashli Genoada tugʻilgan.[5] Uning otasi Domenico Colombo Genoa va Savoyyada ishlagan oʻrta tabaqa jun toʻquvchisi boʻlgan. Xristoforning onasi Susanna Fontanarossa boʻlgan. Uning Bartolomeo, Giovanni Pellegrino va Giacomo ismli aka-ukalari boʻlgan. Bartolomeo Lissabonda xaritashunoslik bilan shugʻullangan.[6] Kolumbning shuningdek, Bianchinetta ismli singlisi boʻlgan.[7]
Paviya universitetida oʻqigan. 1470-yilda dengizchining qizi Felipe Monis de Palestrelloga uylangan. 1472-yilga qadar Kolumb Genoada yashagan, 1472-yildan soʻng esa Savonada yashagan. 1470-yillarda dengiz savdo ekspeditsiyalarida qatnashgan. Taxmin qilinishicha, 1474-yilda astronom va geograf Paolo Toskanelli unga Hindistonga gʻarbga suzish orqali ancha yaqin yoʻl borligi haqida aytgan. Oʻsha paytlarda Kolumb oʻzining Hindistonga sayohati rejasini oʻylab qoʻygan. Toskanelli maslahatlari yordamida u oʻz hisob-kitoblarini bajarib, uning fikricha Hindistonga Yaponiyagacha 5 ming kilometr masofada boʻlgan Kanar orollari orqali suzish eng qulay deb oʻylagan.
1476-yilda Kolumb Portugaliyaga koʻchib oʻtib, u yerda toʻqqiz yil yashaydi. 1477-yilda Kolumb Angliya, Irlandiya va Islandiyaga boradi. Bu vaqtda u Gvineyada boʻlishga ulguradi. Kolumbning Hindistonga gʻarbiy yoʻl orqali suzish taklifi 1475-1480-yillar orasida Genoa savdogarlari va hukmdorlariga taklif qilgan (aniq vaqti nomaʼlum). Lekin Genoaliklar bu taklifga eʼtibor berishmagan. 1483-yilda u oʻz rejasini portugal qiroli Juan IIga taklif qiladi. Uzoq oʻylanishlardan soʻng uning taklifi rad etiladi.
1485-yilda Kolumb oʻgʻli Diego Kolon bilan Ispaniyaga koʻchib oʻtadi. 1485-1486-yillarda u Santa Maria de la Rábida monatirida yashaydi. Xuan Peres de Marchena Kolumbning taklifi ispan qiroliga yetib borishiga yordam beradi. Bu paytda Ispaniya qiroli Granada bilan urushga tayyorlanish uchun Kordovada edi.
Kolumb nihoyat 1486-yil 1-mayda Iberiya yarimorolini birlashtirgan boʻlajak ispan qiroli va qirolichasi: Aragonlik Ferdinand II Aragon va Kastiliyalik Isabella I Kastil bilan koʻrishish baxtiga muyassar boʻladi. 1-may kuni Kolumb oʻz rejasini Isabellaga taqdim etadi. Qirolicha esa oʻz navbatida rejani qoʻmitaga topshiradi. Qoʻmita aʼzolari ancha vaqt oʻtgach qirolicha Kolumbning rejalari notoʻgʻriligini aytib, rejadan voz kechishni maslahat berishadi.
Lekin Kolumb oʻz rejasini boshqa davlatga taqdim qilishini xohlamagan ispan monarxlari Kolumb talablarini talab qilishadi. Unga koʻra Kolumbga 12 ming maravid (oʻsha paytlardagi ispan pul birligi) berishadi.[9]
Ispanlar bilan ikki yillik kelishuvlardan soʻng, nihoyat 1492-yilda Kolumb muvaffaqiyatga erishadi. Ferdinand va Isabella endigina Iberiyadagi musulmonlarning soʻnggi qalʻasi Granadani egallashgandi va Kolumbni Kordovadagi Alhazar qasrida qabul qilishadi.[10]
1492-yil 30-aprelda qirolicha Kolumb va uning avlodiga „don“ unvonini beradi (Kolumbni aslzodaga aylantiradi) va Kolumb yangi yerlarni ochsa uni Dengiz-Okean Admirali va kashf etilgan barcha yerlarning vitse-qiroli qilishga vada beradi. Lekin kelishuvga koʻra harjatlarning sakkizdan birini oʻsha paytlarda umuman puli boʻlmagan Kolumbning oʻzi qoplashi kerak edi.
Lekin Kolumbga Martin Alonso Pinson yordam beradi. U bitta kemani oʻz hisobidan tayyorlaydi, ikkinchisini esa Kolumbga qarz evaziga beradi. Uchinchi kemani esa nasroniylikka oʻtgan juhudlar qarzga tayyorlab berishadi.
Kolumb Amerikaga hammasi boʻlib 4ta ekspeditsiya uyushtirgan:
Kolumb birinchi ekspeditsiyasiga uchta kema tayyorladi: „Santa Mariya“ (flagman), „Pinta“ va „Santa Klara“. Flagman uzunligi — 17,3 metr, uzunligi — 5,6 metr, kemaning suvga kirib turgan qismi — 1,9 metr, hajmi — 101,2 tonna, ekipaj — 40 kishi boʻlgan. Flotga hammasi boʻlib 100 kishi kirgan. Tarixda birinchi marta Yevropaliklar Guanahini (Bagam orollari), Espanyola (Gaiti) va Huana (Kuba)ga qadam qoʻyishdi. Bu sayohat bilan Ispaniyaning Yangi Dunyodagi ekspansiyasi boshlangan.
Lekin Kolumb bu yangi yerlarni Sharqiy Osiyo — Xitoy, Yaponiya yoki Hindiston qirgʻoqlari deb oʻylagan. Ancha paytgacha yangi yerlar Yevropaliklar tomonidan Vest-Indiya (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Gʻarbiy Hindiston“) deb atalgan. Buning sababi bu yerga yetish uchun toʻhtamasdan gʻarbga suzish kerakligi boʻlgan.
Ferdinand II va Isabella Iga oldinroq yozilgan habarida Kolumb „avval Chipangga, soʻngra Katayga va nihoyat ikki Hindistonga“ suzish rejasini aytgan. Oʻrta asr xaritalarida „ikki Hindiston“ deb hozirgi Hindiston va Efiopiya, „Katay“ — Xitoy va „Chipang“ — Yaponiya nazarda tutilgan. Yaponiya haqida Yevropaliklar Marko Polo orqali xabardor boʻlishgan. Shunday qilib, Kolumbning birinchi maqsadi Hindiston emas, balki Yaponiya boʻlgan.
2-ekspeditsiyasida (1493-96) Kolumb admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse-qiroli lavozimida 1500 kishilik ekipaj bilan 17 kemada safarga chiqdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Puerto-Riko va Yamayka orollarini, Kubaning janubiy qirgʻoqlari boʻylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, Gaitining janubiy sohillarini tadqiq qildi. 1496-yil 11-iyunda Kastiliyaga qaytib keldi.
3-ekspeditsiyasida (1498-1500) K. 6 kema bilan Atlantika okeanini 10° shahrik.da kesib oʻtib, Trinidad orolini kashf etdi. Janubiy tomondan Pariya qoʻltigʻiga va Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya yarimorolgacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab berdi. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini tekshirib, undan Karib dengizi orqali Gaiti oroliga oʻtdi. 1500-yilda Kastiliyaga qaytib keldi.
4-ekspeditsiyasida (1502-04) K. 4 kema bilan 1502-yil 12-iyunda Martinika o.ga keldi. Undan Gonduras qoʻltigʻiga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504-yil 7-noyabrda Kastiliyaga qaytib keldi. K.ning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, oʻsha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish va qirib tashlash bilan birgalikda kechdi. K.ning birinchi boʻlib Amerikani ochganligi toʻgʻrisida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmokda. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda quruklik boʻlishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Amerikaga K.dan avval normanlar borganligi aniqlangan. Ammo K. kashfiyotlaridan keyingina Amerika qitʼasi geogr. faniga maʼlum boʻldi.
Kolumb maʼlum tadqiqotchilar orasida birinchi boʻlib Atlantika okeanini shimoliy yarimsharning subtropik va tropik chiziqlarida kesib oʻtgan va Karib dengizida suzgan birinchi yevropalik sanaladi. U Janubiy va Markaziy Amerikadagi tadqiqotlarga asos solgan. U Katta Antil orollarining barchasini, Bagam orollarining markaziy qismini, Kichik Antil orollarini, Karib dengizidagi koʻplab kichik orollarni va Janubiy Amerika qirgʻogʻidagi Trinidadni ochgan.
Kolumbning Amerikaga birinchi boʻlib Amerikaga borgan Yevropaligi baʼzi bahslarga sabab boʻladi. Chunki uzoq XI asrlardayoq Leyf Eriksson boshchiligidagi vikinglar Kanadaga ekspeditsiya uyushtirishgan.[11]) Lekin Kolumbning sayohatlari bir necha asrlar davom etgan Amerika Yevropaliklar tomonidan egallanishiga sabab boʻlgan. Kolumbning oʻzining sayohatlarini birinchi navbatda nasroniylikning tarqatilishi deb hisoblagan.[1]
Yevropaliklarga maʼlum boʻlmagan qitʼani ochganini bilmagan Kolumb oʻzi yetib borgan joylarni Sharqiy Hindiston deb oʻylab mahalalliy hindularni indios (ispancha „Hindlar“) deb atagan..[12]<ref>Herbst, Philip The Color of Words: An Encyclopaedic Dictionary of Ethnic Bias in the United States Intercultural Press Inc (31-dekabr 1997-yil) ISBN 978-1-877864-97-1 p.116 [http://books.google.co.uk/books?id=UiZQH5gHuggC&pg=PA116&dq=c