Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

bayroq

Tiva (Tuva), Tiva RespublikasiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Osiyo markazida, Sharqiy Sibir janubida joylashgan. Maydoni 170,5 ming km². Aholisi 337 ming kishi (2024). Poytaxti – Kizil sh. Maʼmuriy jihatdan 16 tuman, 5 shahar, 2 shaharchaga boʻlinadi.[1]

Davlat tuzumi

Tiva – respublika. Davlat boshligʻi – prezident. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy xural (parlament), ijrochi xokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

Tiva togʻli mamlakat (butun hududning 82% togʻlardan iborat). Markaziy va gʻarbiy qismlaridagi Gʻarbiy Sayan, Oltoy, TannuOla togʻ tizmalari va Sharqiy Tuva togʻlari oraligʻida Tuva soyligi bor. Janubi-gʻarbdagi MongunTayga massivi – respublikaning eng baland joyi (3970 m), Sharqda Sharqiy Sayan janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari, Tojin soyligi, Sharqiy Tuva va Sangilen togʻliklari joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, rangli va nodir metall, temir rudalari, asbest, kobalt, oltin, simob, binokorlik materiallari va boshqa Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, shimoliy soyliklarda qor kam yogʻadi, togʻda yoz iliq, soyliklarda issiq. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –28° dan –35° gacha, iyulda 15–20°. Yillik yogʻin soyliklarda 150–400 mm, togʻli joylarda 400–600 mm dan 800–1000 mm gacha, yozi seryogʻin. Hamma daryolari Yeniseyt quyiladi. Uning 2 irmogʻi – Katta Yenisey (BiyXem) va Kichik Yenisey (KaXem) Tivadan boshlanadi. Janubiy dan oqib oʻtadigan TesXem daryosi UbsuNur koʻliga quyiladi. Ular katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Tojin soyligida Tojin, Noyonxoʻl, Manixoʻl va boshqa koʻllar, mineral buloklar bor. Soyliklardagi qizgʻish, qoʻngʻir tuproqlarda dasht oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlaridagi kulrang oʻrmon va podzollashgan tuproqlarda tilogʻoch, kedr, qaragʻay, archa oʻsadi. Hammasi boʻlib 8,5 mln. gektar oʻrmon bor. Dashtlarda tulki, boʻri, togʻli taygalarda sobol, suvsar, bugʻu, qungʻir ayiq, silovsin, baland togʻlarda togʻ echkisi va boshqa hayvonlar yashaydi. Tiva hududida Azas, Ubsunur soyligi qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Aholisi

Tiva, rus, xakas va boshqa yashaydi. Davlat tili – tiva tili; rus tili respublika hududida umum federal davlat tili hisoblanadi. Shahar aholisi 51,7%. Dindorlar lamaizmga eʼtiqod qiladi. Shaharlari: Qizil, Shagonar, Chadan, Oq Dovurak.

Tarixi

Tiva hududida yuqori paleolit davriga mansub arxeologiya yodgorliklari topilgan. Mil. av. 2-asrning oxiridan mil. 12-asrgacha boʻlgan uzoq davr mobaynida Tiva hududi turli kabila va davlatlar, jumladan, Turk va Uygʻur xoqonliklari, Yenisey qirgʻizlari davlati hukmronligi ostida boʻlgan. 1207-yil Tivani Chingizxon qoʻshinlari bosib oldi; 13–14-asrlarda Xitoyda hukmronlik qilgan Yuan moʻgʻul sulolasi qoʻl ostida boʻdsi. 16-asr oxiridan 17-asrning 2yarmigacha Oltinxonlar gʻarbiy moʻgʻul davlati tarkibiga kiritilgan. 16–17-asrlarda Tivada lamaizm rasmiy din sifatida qaror topdi. 17-asr oxirlarida Tiva hududining talaygina qismini jungʻarlar bosib oldi. 1757–1912-yillarda Tiva manjur va xitoy hukmdorlariga qaram boʻldi. Tiva arat (dehqonchorvador)larining milliy ozodlik xarakati natijasida 1912-yil chet el hukmronligi barham topdi. 1914-yil Tiva Uryanxay oʻlkasi nomi bilan Rossiya protektoratiga aylantirildi. 1918-yil 16-martda Tivada sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1921-yil 14-avgustda Taʼsis xurali TannuTuva xalq respublikasi tuzilganini eʼlon qildi, 1926-yildan Tuva Respublikasi deb atala boshladi. 1944-yil 11-oktabrda respublika RSFSR tarkibiga muxtor viloyat sifatida kiritildi. 1961-yil 10-oktabrda muxtor respublikaga aylantirildi, 1991-yil oktabrdan Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tiva Respublikasi rasmiy nomini oldi.

Iqtisodiyoti

Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 13,5%, qishloq xoʻjaligi.niki 18,8%, kurilishniki 3,5 %, transportniki 2,2%, savdoniki 13,1% ni tashkil etadi.

Sanoatining asosiy tarmoqdari orasida konchilik (rangli metallar, asbest va boshqa qazib chiqarish) yetakchi hisoblanadi. Oziq-ovqat (goʻsht, sut, unyorma korxonalari), oʻrmon va yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Binokorlik materiallari (gʻisht, temirbeton konstruksiyalari, devorbop materiallar), metallsozlik, elektr energetika, mashinasozlik va yengil sanoat (koʻnchilik) rivojlangan. Qizil issiqlik elektr styasi ishlaydi. Yiliga oʻrtacha 0,1 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Koʻp sanoat korxonalari Qizil va Oq Dovurak sh.larida joylashgan.

Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq – chorvachilik. Salkam 2,5 mln. gektar yerning 159,1 ming gektari (6,4%) haydaladi, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Mayin junli qoʻychilik, goʻshtsut chorvachiligi, choʻchqachilik va parrandachilik rivojlangan. Yilqi, tuya, echki, bugʻu qadimdan boqib kelinadi. Dehqonchilikda, asosan, gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, tariq) va yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Moʻynachilik va darrandachilik muhim ahamiyatga ega.

Transporti

Avtomobil yoʻllari uzunligi – 2472 km. Qizil – Minusinsk – Abakan va Qizil – Oq Dovurak avtomagistrallari respublikani boshqa respublikalar bilan bogʻlaydi. Katta Yenisey va Kichik Yenisey daryolarida kema qatnaydi, yogʻoch oqiziladi. Ichki suv yoʻllari uzunligi 1000 km dan ortiq. Qizil shahrida aeroport bor. Tiva chetga asbest, goʻsht, jun, moʻyna, charm, doridarmon xom ashyosi yuboradi.

Tibbiy xizmati

Tivada har 10 ming aholiga 36 vrach toʻgʻri keladi. 10 ga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi bor (UshBeldir, Cheder kurortlari va boshqalar).

Maorifi va ilmiy muassasalari

Maorifi va xunartexnika taʼlimi Rossiya Federatsiyasida qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan.

163 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 61 ming, 5 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 3,7 ming oʻquvchi, 1 oliy oʻquv yurti (Tiva universiteti)da 2,8 ming talaba taʼlim oladi. Til tarixi va adabiyot ilmiy tadqiqot instituti, Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibir boʻlimi filiali, 164 kutubxona bor.

Adabiyoti

Adabiyoti milliy yozuv paydo boʻlgandan (1930) keyin boy xalq sheʼriy ijodiyoti asosida vujudga keldi. 30-yillarda S. Sarigool, B. Xovenmey, S Pyurbyularning ilk sheʼrlari nashr etiddi. S. Pyurbyuning "Chechak" dostoni (1941) nazm janrining dastlabki yirik asari edi. Keyinchalik S. Tokaning hikoya va ocherklari paydo boʻldi. A. A. Palmbax, V. Kokool, S. Toka Tiva dramaturgiyasini yaratdilar. Ikkinchi jahon urushidan soʻng S. Tokaning "Arat soʻzi" trilogiyasi xalq hayotini haqqoniy aks ettirdi. Inson ruhiyatini koʻrsatuvchi dramalar, tarixiy qissalar bosilib chikdi. O. Saganool, S. Syuryunool, K. Kudaja romanlari, M. Kenin-Lopsan, R. Kyunzegesh dostonlari mashhur.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Tiva hududida paleolit va neolit davriga oid turar joylar, neolit va jez davriga mansub naqshli sopol idishlar topilgan. Skiflar davridan fil suyagi va jezdan yasalgan hayvon haykalchalari, ov manzaralari tasvirlangan toshlar saqlangan. Tivalar, asosan, kigiz oʻtov ("kidisyog")larda yashaganlar. Oʻtovning ichi rangbarang naqshli yogʻoch sandiq va karavotlar bilan jihozlangan, devorlariga sodda geometrik nakshin namatgilamlar osilgan. 1940-yildan dastgoh rassomligi va fafika tez rivojlandi. G. L. Torluk, S. Lanza kabi rassomlar, I. Salchak, Yu. Kurskiy kabi grafik rassomlar yetishib chikdi. 20-asrning 2yarmidan koʻchmanchi aratlar oʻtroklikka oʻtish bilan qishloklarda yogʻoch va toshdan uylar, maktablar qurila boshladi. Qizil, Shagonar, Oq Dovurak sh.larida zamonaviy jamoat binolari, madaniy markazlar, turar joylar barpo etildi (Hukumat uyi, drama teatri, universitet binosi va boshqalar).

Musiqasi

Musiqa sanʼati qadimdan marosim va muhabbat qoʻshiqlari, laparlar, qahramonlarga atalgan madhiyalardan iborat boʻlgan. Xalq musiqasi oʻziga xos ohanglar, metrik va ritmik tuzilishlarning xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Cholgʻu asboblari: torlikamonli dopshuluur, bizaanchi, igil; chertma sozlardan chadagan shanzi, shelerxomus, kuluzunxomus; puflama sozlardan murgu, shoor va boshqa 20-asrning 2yarmidan anʼanaviy musiqa janrlari bilan birga kantata, simfoniya va boshqa paydo boʻldi. 1936-yil musiqali drama teatrstudiyasi va 1941-yil uning qoshida xalq cholgʻu asboblari orkestri, 1947-yil xoreografiya boʻlimi, oʻsha yili musiqa maktabi, 1960-yil musiqa bilim yurti ochildi. Tanikli kompozitorlari – A. Aksyonov, A. Chirgalool, R. Kendenbil, D. Xureshool, xonandalari – K. Munzuk, N. Olzeyool. Tivada radiotelevideniyening simfonik orkestri (1966), filarmoniya (1969), "Sayan" ashula va raqs ansambli (1970), "Ayan" folklor ansambli (1980) bor. Teatri. Tiva xalq oʻyinlari va folklor asarlarida, milliy marosimlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1920-yillar oʻrtalarida ilk havaskor drama toʻgaraklari tuzilib, bir pardali pyesalar namoyish etilgan. 1936-yil Kizil shahridagi oʻquv kombinatida teatr studiyasi ochilishi professional teatrga asos soldi. Davlat badiiy teatri (1940-yildan Davlat musiqali drama teatri) ochildi. 1947-yildan milliy teatr ishlay boshladi. V. B. Oskalool rahbarligidagi dorbozlar 1945-yildan faoliyat koʻrsatgan.

Manbalar

  1. "Tiva" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil