Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Ishoratlarni tahrirla

Sharq yulduzi — adabiy-badiiy va ijtimoiy jurnal. Muassisi Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi. Toshkentda 1 yilda 4 marta nashr etiladi. Dastlab „Oʻzbekiston shoʻro adabiyoti“ (1932-yil iyun-iyulda), „Sovet adabiyoti“ (1935-yil, yanvar), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (1935-yil, iyul) nomlarida chop etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida vaqtincha toʻxtatilgan. 1946-yildan hozirgi nomda chop etila boshlagan. Sahifalarida Oʻzbekiston va chet el yozuvchilarining badiiy asarlari nashr etiladi. Adabiyot va sanʼatning muhim sohalariga bagʻishlangan adabiy-tanqidiy, publitsistik maqolalar ham eʼlon qilinadi.

Oʻzbek yozuvchilaridan Gʻafur Gʻulomning „Shum bola“ qissasi, Oybekning „Navoiy“ romani, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya va boshqalarning asarlari dastlab „Sharq yulduzi“da chop etilgan. Jurnalga turli yillarda Oybek, Vohid Yoʻldoshevich Zohidov, Uygʻun, Asqad Muxtor, Gʻulom Habibullayev, Mirmuhsin, Oʻtkir Hoshimov, Omon Muxtor muharrirlik qilgan; 2005-yildan muharriri Minhojiddin Mirzo. Adadi 1500 nusxa (2005).