Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.
Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
San Francisco (ispancha: San Francisco) — AQShningKaliforniya shtatidagi shahar va okrug. Uning nomi avliyo (ispancha San) Assisilik Francis sharafiga qoʻyilgan. Ushbu shahar Sertepali yarim orolda joylashgan. San Francisco qoʻltigʻi va Oltin Darvoza boʻgʻoziga qurilgan koʻpriklar uni atrofidagi shaharlar bilan bogʻlaydi. Aholisi 776,7 ming kishi (2000). AQSH gʻarbidagi yirik savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakatning Tinch okeani sohilidagi bosh porti 45 million tonnagacha yuk ortib tushirilgan. Transport yoʻllari tuguni. 3 aeroportidan biri xalqaro ahamiyatga ega. San Franciscoda yirik banklar, firmalar idoralari faoliyat koʻrsatadi. Metallsozlik, kemasozlik, tikuvchilik, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Raketakosmik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya sanoati korxonalari shahar chetida joylashgan. Metropoliten qurilgan. 3 universitet, konservatoriya, ilmiy tadqiqot intlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar bor. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 1776-yilda asos solingan. 1945-yilda San Franciscoda boʻlib oʻtgan San Francisco konferensiyasidaBMT tashkil etilgan.
Dillon, Richard H.. High Steel: Building the Bridges Across San Francisco Bay. Celestial Arts (Reissue edition), 1998. ISBN 978-0-88029-428-7. OCLC22719465.