Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Roksolanlar (lot. Roxolani) -koʻchmanchi chorvador sarmat qabilalari nomi; koʻchmanchi qabilalar markazi — Shim. Azov boʻyida joylashgan yirik harbiy-siyosiy itgifoqni tuzganlar. Mil. av. 2-asr oxirida R. skiflar bilan ittifokda Qrimda Pont sarkardasi Diofantga karshi urushganlar. Mil. av. 2—1-asrlarda skiflardan Don va Dnepr daryolari oraligʻidagi dashtni tortib olishgan. Mil. 1-asrda R. Dneprdan gʻarbdagi dashtni egallashgan. taxminan 70-yilda ular Myoziyaga chopkun uyushtirganlar. 2—3-asrlarda R. Dunay boʻyida Rim bilan urush olib borishgan, lekin aftidan ularning aksariyati gunnlar bosqiniga qadar (mil. 4-asr) Qora dengizning shim. dagi dashtlarda istiqomat qilganlar. Gunnlar sarmatlar ittifoqiga barham berib, R.ning bir qismini oʻzlariga qoʻshib, gʻarbga yurishni davom ettirganlar.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil