Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Qashshoqlik kasalliklari (qashshoqlik bilan bogʻliq kasalliklar deb ham ataladi) kam taʼminlangan aholi orasida koʻproq tarqalgan kasalliklardir.[1] Ularga yuqumli kasalliklar, shuningdek, notoʻgʻri ovqatlanish va yomon sogʻliq bilan bogʻliq kasalliklar kiradi. Qashshoqlik salomatlikning asosiy ijtimoiy omillaridan biridir. Jahon sogʻliqni saqlash hisobotida (2002) taʼkidlanishicha, qashshoqlik kasalliklari kambagʻillik darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda umumiy kasalliklarning 45 foizini tashkil qiladi va ularni oldini olish yoki mavjud yoʻllar bilan davolash mumkin.[2] Qashshoqlik kasalliklari koʻpincha toʻyib ovqatlanmaslik sababli vujudga keladi va koʻp joylarda uchraydi.[3] Qashshoqlik esa ushbu kasalliklarga duchor boʻlish ehtimolini oshiradi, chunki boshpana, toza ichimlik suvi, vitaminli oziq-ovqatlar, sanitariya qoidalari va tibbiy xizmatlardan oʻz vaqtida foydalanmaslik sogʻliqning yomonlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, bu kasalliklar jabrlangan odamlar va ularga gʻamxoʻrlik qilayotgan oilalarning iqtisodiy oʻsishi uchun kuchli toʻsiq boʻlib, oʻz navbatida jamiyatda qashshoqlikning keng ravishda tarqalishiga olib keladi.[4] Qashshoqlik tufayli yuzaga keladigan bu kasalliklar asosan jamiyatda boy insonlarning koʻpayishi natijasida vujudga keladi.[5]
Qashshoqlik va yuqumli kasalliklar bir-biri bilan chambarchas bogʻliqdir. Vaktsinalar va antibiotiklar kashf qilinishidan oldin, 1796-yilgacha boʻlgan davrni podshohlar oʻz qasrlarida yetarli oziq-ovqat va qulay turar joy bilan taʼminlangan holatda, aksincha, oddiy odamlarning esa katta qismi kamtarona va sanitariyaga qoidalariga amal qilmagan holatda hayvonlar bilan bir uyda yashashga majbur boʻlgan deb taxmin qilish mumkin.[6][7][8] Bu vaqt ichida odamlar oʻzlari bilmagan holda kasal hayvonlarga yaqin yurishgan, ularning terilarini shilib olishgan, qaynatilmagan suv ichishgan, mikroblarga toʻla boʻlgan ovqatlarni isteʼmol qilishgan va natijada yuqumli kasalliklarni yuqtirib vafot etishgan. Bu vaqtda esa vaziyatni yanada yomonlashtirib oʻlat deb nomlanuvchi viruslar paydo boʻlib, butun jamiyatni yoʻq qilgan.Bu vaqt mobaynida odamlar ushbu viruslar va ularning kelib chiqishi sabablari haqida hech qanday maʼlumotga ega emas edilar. Ularning kasalliklariga mayda mikroorganizmlar sabab boʻlgan degan taxminlardan soʻng, Antoni van Levenguk oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlmagan mikroorganizmlar mavjudligini isbotlovchi birinchi mikroskopni ixtiro qildi (taxminan 17-asr).[9][10]
Human Immunodeficiency virusi (HIV), bezgak va sil kasalligi (TB) kasalliklari „katta uchlik“ sifatida ham tanilgan va rivojlanayotgan mamlakatlarga kuchli ravishda taʼsir qilayotgan yuqumli kasalliklar sifatida tan olingan.[1]OIV — jinsiy yoʻl bilan, qon quyish, foydalanilgan operatsiya asboblari va tugʻilish paytida onadan bolaga yuqadigan virusli kasallik hisoblanadi. Uning uzoq muddatli yashirin davri tufayli uning harakatsiz ravishda tarqalish xavfi mavjuddir.[11] U inson tanasida infeksiyalar va saraton kasalliklaridan himoya qilish uchun mas’ul boʻlgan T-hujayralariga taʼsir qiladi. Uni davolash uchun antiretrovirus dorilar (ARV) deb nomlanuvchi dorilardan foydalalinadi. Sil kasalligi 1882-yilda Robert Koch tomonidan kashf etilgan.[12][13] Bu isitma, vazn yoʻqotish, ishtahasizlik va kechasi terlash bilan tavsiflanadi. Yillar davomida sil kasalligidan oʻlim va kasallanish yaxshi darajaga keldi. Bu yaxshilanish 1906-yilda silga qarshi vaksinaning joriy etilishi bilan bogʻliqdir. Shunga qaramay, har yili sil bilan kasallanganlarning aksariyati qismi kambagʻal odamlar orasidan chiqardi. Bezgak esa oʻsha paytlarda butun dunyoda keng tarqalgan edi, ammo uning tarqalishi Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika kabi issiq qitʼalarda cheklangan edi.
Kasallikka olib keladigan noqulay ekologik va ijtimoiy omillar asosan qashshoqlikda yashovchi insonlar orasida yuqori koʻrsatgichga egadir.[14] Bu kabi jamiyat ayniqsa yuqumli kasalliklar va yuqumli boʻlmagan kasalliklar orasidagi farqni bilmasligi sababli xavf ostida qoladi.
Jismoniy faollik 2-toifali diabet, yuqori qon bosimi va yurak-qon tomiri kasalliklari kabi surunkali kasalliklarga qarshi himoya omili hisoblanadi.[15] Jismoniy faollikning kamligi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bogʻliq boʻlib, kam taʼminlangan insonlar orasida harakatsiz turmush tarzining koʻp tarqalishi oqibatida kelib chiqadi.[16] Ushbu guruhlar oʻrtasida jismoniy mashqlarning kamligiga oid bir qancha toʻsiqlar mavjuddir.
AQSHdagi kam taʼminlangan qatlam uchun jismoniy mashqlar qiluvchi joylarga, jumladan, bogʻlar, dam olish maskanlari va sport zallariga kirish kam miqdorda ruxsat bor.[17] Kam taʼminlangan hududlardagi har beshta uydan yarim mil uzoqlikda joylashgan masofada parklar, fitnes yoki dam olish markazlari mavjud.[18] Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish imkonini beruvchi mahalliy sharoitlarning kengayishi va yaxshilanishi jismoniy faollikning oshishi va ortiqcha vaznga ega boʻlgan odamlarning kamayishiga keskin ravishda taʼsir qiladi.[19]
Bundan tashqari, qashshoq shaharlardagi xavfli boʻlgan yashash joylarida kattalar va bolalarda jismoniy faollikni kamaytirishga olib keladigan qoʻrquv boʻlishi mumkin.[20][21] Kam taʼminlangan oilalar bolalari ochiq havoda oʻynashda kattalar ruxsatini olishida qiyinchilik boʻlgani va ota-onalarning shovqindan shikoyatlari sababli koʻpincha yopiq joylarda mashgʻulotlar bilan shugʻullanishadi.[22] Har uchinchi bola kunlik jismoniy mashqlar bilan faol shugʻullanadi va bolalarning qolgan asosiy qismi esa kuniga yetti yoki undan koʻp soatni kompyuter, televizor yoki videooʻyinlar uchun ekran qarshisida oʻtkazadilar. Tez-tez mashq qilmaslik bolalar va kattalarda yosh oʻtishi bilan yomon taʼsir qila boshlaydi.[23]
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date=
(yordam)
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date=
(yordam)
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date=
(yordam)
{{cite magazine}}
: Check |doi=
value (yordam)CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()