Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Mer (frans. maire — katta, boshliq) — AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir necha davlatlar munitsipalitetlarida oliy mansabdor shaxs. Odatda, M.ni munitsipalitetning oʻzi, baʼzi hollarda — bevosita aholi saylaydi, ayrim mamlakatlarda M. markaziy hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi yoki tasdiqlanadi. M. munitsipalitet vakili boʻladi, uning majlislarida raislik qiladi. M. mahalliy byudjet tayyorlanishi va ijrosi uchun javob beradi, bir qancha munitsipal lavozimlarga odamlarni tayinlaydi, devon ishini yoʻnaltirib turadi. Buyuk Britaniyada va AQShning ayrim shaharlarida M., asosan vakillik va raislik vazifalarini bajaradi. Rossiya Federatsiyasida M lavozimi 1991-yilda Moskva va boshqa ayrim shaharlarda joriy qilindi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil