Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Mehmed III | |
---|---|
Tavalludi | 26-may 1568-yil |
Vafoti |
12-oktyabr 1603-yil (35 yoshda) |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Otasi | Murod III |
Onasi | Safiya Sulton |
Mehmet III, Mehmed III (1568-1603) Usmonlilar imperiyasi sultoni[1].
1595-1603-yillarda hukmronlik qilgan. Murod IIIning katta oʻgʻli. Taxtga chiqishi bilan 19 nafar aka-ukalarini qatl ettirgan. Bu qoʻrqoq sulton sulolasining boshqa vakillarini boshqaruvdan chetlatib, ularni maxsus „Qafas“ nomli joyda tutqunlikda saqlagan. U otasining siyosatini davom ettirib, Avstriya bilan kurash olib bordi. Avstriyaliklarning Dunaydagi gʻalabasi yanicharlarning gʻalayoniga sabab boʻldi. 1596-yilda sulton Krestesha jangida avstro-venger qoʻshinini tor-mor keltirdi. Sulton gʻalabadan foydalanmay Istanbulga qaytdi. Urush Usmoniylarni ham Avstriyani ham holdan toydirdi. Mehmed (Muhammad) III Istanbulga qaytgach, koʻp oʻtmay vafot etdi. Taxtga uning oʻgʻli Ahmad I chiqdi.
Ismi | Tavallud sanasi | Vafot etgan sanasi | Onasi |
---|---|---|---|
Fatma Sulton | 1584 | 1626 | Handan Sulton |
Shahzoda Selim | 1585 | 1597 | Handan Sulton |
Shahzoda Sulaymon | 1586 | 1602 | Handan Sulton |
Shahzoda Mahmut | 1587 | 1603 | Halima Sulton |
Oysha Sulton | 1587 | 1616 | Handan Sulton |
Hadicha Sulton | 1588 | 1614 | Halima Sulton |
Humoshoh Sulton | 1589 | 1651 | Handan Sulton |
Sulton Ahmet | 1590 | 1617 | Handan Sulton |
Beyhan Sulton | 1593 | 1647 | Şahrazad Hatun |
Shoh Sulton | 1594 | 1623 | Halima Sulton |
Ummugulsum Sulton | 1595 | 1649 | Handan Sulton |
Shahzoda Usmon | 1596 | 1597 | Abileyal Sulton |
Mehrishoh Sulton | 1597 | 1638 | Halima Sulton |
Shahzoda Jahongir | 1597 | 1601 | Abileyal Sulton |
Sulton Mustafo | 1600 | 1639 | Halima Sulton |