Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Jitomir | |
---|---|
50°15′16″N 28°39′28″E / 50.25444°N 28.65778°E | |
Mamlakat | Ukraina |
|
Jitomir — Ukrainadagi shahar, Jitomir viloyatining markazi. Teterev daryosi (Dnepr irmogʻi) sohilida. Shosse va temir yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 302,3 ming kishi (1997). 9-asrda asos solingan. Mashinasozlik va metallsozlik (elektr oʻlchov asboblari ishlab chiqarish birlashmasi, stanok avtomatlar, uy-roʻzgʻor priborlari zavodlari), yengil sanoat (zigʻir tola kombinati), oziq-ovqat sanoati (un korxonalari, goʻsht va konserva kombinatlari), yogʻochsozlik (mebel kombinati, musiqa asboblari fabrikasi), kimyoviy tola, dorivor oʻsimliklar xom ashyolari zavodlari ishlab turibdi. 2 oliy oʻquv yurti, musiqali drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik, tabiat muzeylari, yozuvchi V. G. Korolenko, akademik S. P. Korolyov uy-muzeylari bor.[1]