Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Issiqlik tashuvchilar - issiqroq jismdan sovuqroq jismga is-siklik uzatishda qoʻllaniladigan harakatlanuvchi muhit. I. t. issiklik bilan taʼminlash, isitish, shamollatish (ventilyasiya) tizimlarida, texnologik issiklik va b. qurilmalarda sovitish, quritish, termik ishlov berish va b. uchun xizmat qiladi. Yoqilgʻi oʻchoq (tu-tun) gazlari, suv, suv bugʻi, suyuq me-tallar (kaliy, natriy, simob), freon va b. eng keng tarqalgan I. t. hisoblanadi. I. t. issiklikni uzatish jarayo-nida agregat holatini (qaynayotgan su-yuqlik, kondensatlanayotgan bugʻ) oʻzgartirishi yoki bu holatni oʻzgartirmay saqlab qolishi (qaynamayotgan suyuqlik, oʻta qizdirilgan bugʻ, kondensatlanmaydigan gaz) mumkin. Birinchi holda I. t. ning temperaturasi oʻzgarmay qoladi, chunki faqat fazaviy oʻtish issiqligigina uzatiladi; ikkinchi holda esa temperatura oʻzgaradi (pasayadi yoki koʻtariladi). Yadro reaktorida I. t. ga alohida talablar qoʻyiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil