Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Helsinki | |
---|---|
respublika ahamiyatiga ega shahar | |
| |
60°10′15″N 24°56′15″E / 60.17083°N 24.93750°E | |
Mamlakat | Finlandiya |
Hukumat | |
Asos solingan | 1550-yil |
Avvalgi nomlari | Gel'singfors |
Maydon | 2,138 km2 (825 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Fin tili, Shved tili |
Aholisi (2021) |
658 864 |
Zichligi | 3071 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
Telefon kodi | +358 9 |
|
Helsinki Helsingfors - Finlandiya poytaxti. Usima lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 551,1 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi port. Malmi aeroporti xalkdro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqgisodiy, moliya va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, kemasozlik, elektrotexnika, koʻtarish kranlari va sellyulozaqogʻoz sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish). Toʻqimachilik, kimyo va keramika, koʻnpoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Intlar, Musiqa akademiyasi, opera va milliy teatrlar, milliy, shahar, badiiy, tarixetnografiya muzeylari, zool. va botanika bogʻlari, yirik konsert zallari bor. Metropoliten kurilgan.
Helsinkiga 1550-yilda VantaYoki daryosining quyilish joyida asos solingan va dastlab Gamelstat deb atalgan. Finlandiya Rossiyaga qoʻshib olinib (1809) Buyuk Finlandiya knyazligi tuzilgach, 1812-yilda mamlakat poytaxti Turku (Abo) shahridan Helsinkiga koʻchirildi. 1917-yil dekabrda mamlakat mustakllligi eʼlon kilingach, Helsinki Finlandiya Respublikasi poytaxti. Helsinkida xalqaro uchrashuv, sʼyezd, konferensiya va kengashlar boʻlib oʻtadi, Jahon Tinchlik kengashi kotibiyati joylashgan.
Helsinki — zamonaviy shahar. Shahar markazida Shved teatri binosi, Sokos univermagi, Parlament binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, universitet binosi, prezident saroyi, ratusha, Shahar dumasi uyi va boshqa saqlangan. Helsinki — turizm markazi.
Helsinki (fin. Helsinki; shved. Helsingfors) — Finlandiyaning poytaxti va katta shahri. Mamlakatning janubida, Fİn koʻrfazi qirgʻogʻida joylashgan.