Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Hans Krankl
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Johann Krankl
Tavallud sanasi 14-fevral 1953-yil (1953-02-14) (71 yosh)
Tavallud joyi Vienna, Avstriya
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1970—1978 Rapid Wien 205 (160)
1971—1972Wiener AC (ijara) 26 (27)
1978—1981 Barcelona 46 (34)
1979—1980First Vienna (ijara) 17 (13)
1981—1986 Rapid Wien 145 (107)
1986—1988 Wiener Sport-Club 60 (40)
1988 Kremser SC 5 (1)
1989 Austria Salzburg 14 (10)
Milliy terma jamoa
1973—1985 Avstriya 69 (34)
Boshqargan klublari
1987 Wiener Sport-Club (vaqtinchalik)
1987—1988 Wiener Sport-Club
1989—1992 Rapid Wien
1992—1994 Mödling
1994—1995 Tirol Innsbruck
1996 Mödling
1997 SV Gerasdorf
1998—1999 Austria Salzburg
2000 Fortuna Köln
2000—2001 Admira Wacker Mödling
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Johann „Hans“ Krankl (talaffuzi: Xans Krankl; 1953-yil 14-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi avstriyalik futbolchi va murabbiy[1].

Klublardagi faoliyati

Krankl 1981-yilda

Krankl professional faoliyatini Rapid Wienda boshlagan va Wiener ACdagi bir yilini hisobga olmaganda, Wien bilan 8 yil oʻynagan. 1978-yilda Yevropaning „Oltin butsasi“ni qoʻlga kiritib, Barcelonaning qiziqishini uygʻotdi. Keyin Kataloniyaliklar safida oʻynadi. „Barselona“dagi faoliyati muvaffaqiyatli boʻldi, Kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi (finalning oʻzida gol urdi) va oʻsha mavsumda 29 gol bilan La Ligada eng yaxshi toʻpurar sovrinini qoʻlga kiritdi. 1981-yilda Rapid Wienga qaytib, jamoaga sardor boʻldi va keyingi 5 yil ichida yana 100 dan ortiq gol urdi. 1986-yilda Wiener Sport-Clubi oʻyinchi-murabbiyi boʻldi.

Krankl besh marta Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[2].

Xalqaro faoliyati

Krankl Avstriya terma jamoasi safida 1973-yil iyun oyida Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va 1978- va 1982-yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan[3]. 69ta o‘yin o‘tkazib, 34ta gol urgan[4]. Soʻnggi xalqaro oʻyini 1985-yil aprel oyida Vengriyaga qarshi Jahon chempionati saralash bahslarida boʻlgan. Ispaniya Primyerasining 1978—1979-yilgi mavsumida Barcelona safida 29 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va Pichichi kubogi bilan taqdirlangan.

1977-yilda Maltaga qarshi oʻyinda (9:0) Avstriya safida Krankl oltita gol urdi[5].

Asosiy yutuqlaridan biri Avstriya bilan 1978-yilgi Jahon chempionatiga chiqqani boʻlgan. Oʻshanda Avstriya yigirma yil ichida birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻllanma olgandi[6].

Germaniya darvozasiga "The miracle of Córdoba" deb nomlangan o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi, bu o‘yinda avstriyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va Avstriyaning G‘arbiy Germaniya ustidan 47 yil ichida ilk g‘alabasi bo‘ldi[6]. 88-daqiqada urilgan golning jonli tasviri hali ham milliy televideniyeda muntazam namoyish etiladi va audio sharh („Tor Tor Tor Tor Tor Tor, I werd’ narrisch“ — „Gol gol gol gol gol gol, men aqldan ozib ketyapman“) avstriyalik futbol muxlislari tomonidan darhol tilga olinadi[7].

Faoliyat statistikasi

Klubda

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Rapid Wien 1970—1971 Avstriya Bundesligasi 4 0 2 0 - - 6 0
1972—1973 30 14 8 6 - 4 1 42 21
1973—1974 32 36 6 5 - 4 1 42 42
1974—1975 33 17 3 0 - 4 1 40 18
1975—1976 35 20 6 6 - 2 1 43 27
1976—1977 35 32 1 2 - 2 1 38 35
1977—1978 36 41 3 1 - 2 0 41 42
Jami 207 160 27 20 - 18 5 252 185
Wiener AC (ijara) 1971—1972 26 27 - - 26 27
Barcelona 1978—1979 La Liga 30 29 1 1 - 9 5 40 36
1979—1980 9 2 0 0 - 3 4 12 6
1980—1981 7 3 0 0 - 1 0 8 3
Jami 46 34 1 1 - 13 9 60 45
First Vienna (ijara) 1979—1980 Avstriya Bundesligasi 17 12 - - 17+ 12+
Rapid Wien 1980—1981 Avstriya Bundesligasi 18 16 1 0 - - 19 16
1981—1982 32 19 2 1 - 6 3 40 23
1982—1983 26 23 7 9 - 4 4 37 36
1983—1984 27 17 7 8 - 6 1 40 26
1984—1985 25 14 7 12 - 8 4 40 30
1985—1986 17 18 1 1 - 3 1 21 20
Jami 145 107 25 31 - 27 13 197 151
Wiener Sport-Club 1986—1987 27 20 - - 27+ 20+
1987—1988 33 20 - - 33+ 20+
Jami 60 40 - - 60+ 40+
Kremser 1988—1989 Avstriya birinchi ligasi 5 1 - - 5+ 1+
Austria Salzburg 1988—1989 Avstriya birinchi ligasi 14 10 - - 14+ 10+
Jami faoliyati 473 354 55+ 52+ - 58 27 586+ 471+

Yutuqlari

Klubda

Rapid Wien

Barcelona

Individual

  • Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi: 1973, 1974, 1977, 1982, 1988[8]
  • Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 1973—1974, 1976—1977, 1977—1978, 1982—1983[9]
  • Pichichi kubogi : 1978—1979
  • Yevropa oltin butsasi: 1978-yil
  • Yilning Avstriya murabbiyi: 1999[10]

Manbalar

  1. Alsos. „Planet World Cup – Legends – Hans Krankl“. planetworldcup.com.
  2. Alsos. „Planet World Cup – Legends – Hans Krankl“. planetworldcup.com.Alsos, Jan. „Planet World Cup — Legends — Hans Krankl“. planetworldcup.com.
  3. Record at FIFA Tournaments — FIFA
  4. Hans Krankl — Goals in International Matches — RSSSF
  5. Connelly 2002, 146
  6. 6,0 6,1 Alsos. „Planet World Cup – Legends – Hans Krankl“. planetworldcup.com.Alsos, Jan. „Planet World Cup — Legends — Hans Krankl“. planetworldcup.com.
  7. „APA – Austria Presse Agentur / 55-85 apa historisch“. historisch.apa.at. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 20-aprel.
  8. de:Krone-Fußballerwahl
  9. „Österreichs Torschützenkönige“. oberliga-a.at. 2007-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-iyul.
  10. de:VdF-Fußballerwahl