Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Ishoratlarni tahrirla

GvadelupaFransiyaning Vest-Indiyadagi mulki. Shamolli o.lar guruhidagi yirik Gvadelupa o. va yondosh mayda orollar (Mari-Talant, Dezirad, Le-Sent, Sen-Bartelmi, Ptit-Ter va Senmarten o.ning shim. qismi)dan iborat. Umumiy mayd. 1,8 ming km2. Aholisi 418 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari), asosan afrikaliklar va mulatlar; qisman yevropaliklar. Maʼmuriy markazi — BasTer. Yirik shahri va porti — Puenta-Pitr. Rasmiy til — fransuz tili.

Gvadelupaning yer yuzasi asosan ohaktoshlardan tuzilgan plato va vulkanik massivlardan iborat. Soʻnmagan Sufriyer vulkani (bal. 1467 m) Kichik Antil o.laridagi eng baland choʻqqidir. Orollar marjon riflari bilan oʻralgan. Iqli-mi tropik, passatli, issiq va sernam. Yiliga 1500–2000 mm yogʻin yogʻadi. Nam tropik oʻrmonlar bor (hududining 38%).

Gvadelupani 1493 yilda X. Kolumbkashf etgan. 1635 yilda fransuzlar bosib olgan. 1674 yilda rasman Fransiya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. Gvadelupa 19-asr boshigacha fransuzlar bilan inglizlar oʻrtasida bir necha marta qoʻldan-qoʻlga oʻtib turdi. 1946 yilda Gvadelupa Fransiyaning "dengiz ortidagi departamenta" makrmini oldi.

Iqtisodiyotida qishloq xoʻjali yetakchi oʻrinda. Asosan mahsuloti eksport qilinadigan ekinlar: shakarqamish (ekin maydonning 50%), banan, kofe, kakao, shuningdek ananas, sitrus mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati qishloq xoʻjali mahsulotini qayta ishlaydi. Chetga shakar, banan, rom ichimligi chiqaradi. Chetdan tamaki, ichimliklar, sanoat xom ashyosi, yoqilgʻi, transport vositalari, uskunalar keltiriladi. Gvadelupa eksportining 75%i, importining 90%i Fransiyaga toʻgʻri keladi. Gvadelupa tabiat parki bor. Turizm rivojlangan. Pul birligi — fransiya franki.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil