Knowledge Base Wiki

Search for LIMS content across all our Wiki Knowledge Bases.

Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.

Fagot

Fagot (ital. fagotto – tugun, boglam) – puflamatilchali musiqa cholgʻu asbobi. Taxminan 1530-yillarda bombarda (tilchali yogʻochpuflama soz) asosida ixtiro qilingan. Zarang yogʻochidan yasaladi, qoʻsh tilchali. Silindrkonus simon 2 asosiy (katta va kichik) va ularni oʻzaro bogʻlovchi qoʻshimcha kanali mavjud. Hozirgi Fagotda chalgʻich teshiklari 25—30 ta boʻlib, 5—6 tasi barmoq bilan, qolganlari klapanlar bilan berkitiladi. Oʻziga xos tembri, keng texnik imkoniyatlari tufayli asosiy yakkanavoz, ansambl va orkestr sozlari qatoridan oʻrin olgan. Kontrafagot turi ham bor. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, ayrim musiqa litsey va kollejlarida fagot sinflari mavjud.

Havolalar