Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Lukas Podolski jahon chempionati kubogini koʻtarmoqda. | |||||||
Musobaqa | FIFA Jahon chempionati 2014 | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻshimcha taymdan keyin | |||||||
Sana | 13-iyul 2014 | ||||||
Maydon | Maracanã stadioni, Rio-de-Janeyro | ||||||
Oʻyin qahramoni | Mario Götze (Olmoniya) | ||||||
Hakam | Nicola Rizzoli (Italiya) | ||||||
Tomoshabinlar | 74,738 | ||||||
Ob-havo |
Qisman bulutli 23 °C (73 °F) 65% namlik[1] | ||||||
← 2010 2018 → |
FIFA Jahon chempionati 2014 finali 2014-yil 13-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Maracanã stadionida boʻlib oʻtadi, ushbu final oʻyinida FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasining gʻolibi aniqlanadi.[2][3]
Final Olmoniya va Argentina milliy terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. 1986 va 1990-yilgi jahon chempionatlaridan keyin, ushbu oʻyin jahon chempionatlari tarixida, bu ikki jamoa oʻrtasidagi 3-final uchrashuvidir.
Oʻyindan oldin, Olmoniya 7 marta jahon chempionatlari finaligacha yetib kelgan (shulardan 6tasida 1954-yildan 1990-yilgacha Gʻarbiy Olmoniya nomi ostida oʻynagan), shulardan, 3ta finalda yutgan (1954, 1974 va 1990-yillari) 4ta finalda yutqazib kumush medallar sohibiga aylangan (1966, 1982, 1986 va 2002-yillari). Argentina esa, 4 marta finalga chiqib, shulardan, 2tasida gʻalaba qozonib (1978 va 1986-yillari), 2tasida magʻlub boʻlgan (1930 va 1990-yillari). Final uchrashuvining asosiy vaqti 0-0 hisobida yakunlandi va qoʻshimcha taymda burchakdan André Schürrle uzatgan topni, Mario Götze koʻkragi bilan toʻxtatib, havolatib bir zarbada darvozaga joylab qoʻydi.
Ushbu gʻalaba Olmoniyaning toʻrtinchi, Gʻarbiy va Sharqiy Olmoniya birlashganidan keyingi birinchi va Yevropa qitʼasidan tashqarida olgan ilk jahon chempionati kubogidir. Olmoniyaning gʻalabasidan keyin, soʼnggi 3 ta jahon chempionati faqat Yevropa vakillari yutib kelinmoqda, shuningdek Yevropa vakilining ilk bora Janubiy Amerika zaminida jahon kubogini yutishidir. Miroslav Klose ushbu chempionatda urgan gollari bilan, umumiy jahon chempionatlarida urgan gollari hisobi bilan 7 ta gol bilan jahon chempionati rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, u 3ta jahon chempionatida ishtirok etgan 7ta futbolchining biriga aylandi.
Shu vaqtga qadar bu ikki terma jamoa 20 marta bir biriga qarshi yashil maydonda kuch sinashishgan, shulardan, 6ta uchrashuvda Olmoniya gʻalaba qozongan, 5ta oʻyin durang biln yakunlangan, qolgan 9ta oʻyinda Argentinaliklarning qoʻllari baland kelgan va har ikki terma jamoa umumiy bir biriga urgan gollari soni 28ta boʻlgan. Oltita uchrashuv jahon chempionatlarida kechgan, ikkita uchrashuv jahon chempionatlari finalida boʻlib oʻtgan:
2014-yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan tarkiblarda, 2006 va 2010-yilgi jahon chempionatida boʻlgan uchrashuvlarda ham oʻynagan futbolchilar:
Klose bitta golini 2006 -yilgi uchrashuvda, ikkita golini 2010-yilgi uchrashuvda urgan, Müller esa bitta golini 2010-yilgi uchrashuvda urgan.[10] Olmoniya bosh murabbiyi Joachim Löw 2006 va 2010-yilgi uchrashuvlarda ham terma jamoa murabbiyi edi.
Bu ikki terma jamoa oʻrtasidagi eng oxirgi oʻrtoqlik uchrashuvi 2012-yili 15-avgustda, Frankfurt am Maindagi Commerzbank-Arena stadionida boʻlib oʻtgan edi, oʻshanda Argentina 3-1 hisobida gʻalaba qozongan edi.[11]
Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.
Olmoniya | Round | Argentina | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib | Natija | Guruh bosqichi | Raqib | Natija | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Portugaliya | 4–0 | 1-tur | Bosniya va Gersegovina | 2–1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Gana | 2–2 | 2-tur | Eron | 1–0 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
AQSh | 1–0 | 3-tur | Nigeriya | 3–2 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
G guruhi gʻolibi
|
Soʻnggi jadval koʻrinishi | F guruhi gʻolibi
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqib | Natija | Pley-off bosqichi | Raqib | Natija | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jazoir | 2–1 (q.v) | Nimchorak final | Shveysariya | 1–0 (q.v) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fransiya | 1–0 | Chorak final | Belgiya | 1–0 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Braziliya | 7–1 | Yarim final | Niderlandiya | 0–0 (q.v) (4–2 pen.) |
Jamoa | Asosiy lager | 1-tur | 2-tur | 3-tur | Nimchorak final | Chorak final | Yarim final |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Argentina | Vespaziano (Minas-Jerais) | Rio de Janeyro | Belu Orizonti | Portu Alegri | San Paulu | Brazilia | San Paulu |
Germaniya | Santa-Krus-Kabralia (Baiya) | Salvador | Fortaleza | Resifi | Portu Alegri | Rio de Janeyro | Belu Orizonti |
Olmoniya oʻzininglagerini shimoliy Braziliyadagi Baiyada qurdi; uning narxi £25 million boʻldi.[12] Ular 2014-yil 8-iyunda Braziliyaga yetib kelgan edi.[13]
FIFA Jahon chempionati 2014 finali uchun tayyorlangan “Adidas Brazuca Final Rio” nomli koptogi 2014-yilning 29-mayida keng ommaga namoyish qilingan edi, bu koptok boshqa guruh bosqichi va pley-off bosqichidagi koptoklardan farq qiladi. Adidas Brazuca Final Rio koptogining sirti jahon chempionati sovrinidagi yashil va oltin ranglarida bezalgan, oldingi chempionat oʻyinlarida ishlatilgan Brazuca koptogiga oʻxshash.[14] Brazuca Final Rio koptogi uchunchi marta Adidas kompaniyasining mahsuloti sifatida, jahon chempionatida qoʻllanilmoqda, undan oldin 2006-yilgi jahon chempionatida Teamgeist Berlin, 2010-yilgi chempionatda esa Jo'bulani nomli Adidas koptoklari qoʻllangan edi.
Final uchrashuvini Italiyalik hakam Nicola Rizzoli, qanot hakamlari Italiyalik Renato Faverani va Andrea Stefani, toʻrtinchi rasmiy hakam esa Ekvadorlik Carlos Veralar final uchrashuvini boshqaradi.[15] FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasida Nicola Rizzoli, guruh bosqichida Ispaniya-Niderlandlar va Nigeriya-Argentina uchrashuvlarini, chorak finalda esa Argentina va Belgiya oʻrtasidagi oʻyinni boshqargan edi. Uning eng oxirgi boshqargan nufuzli UEFA Yevropa ligasi 2010 finali va UEFA Chempionlar ligasi 2013 final uchrashuvlarini boshqargan, FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati 2011, UEFA Yevropa chempionati 2012 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musobaqalarini boshqargandan keyin u dunyoning eng nomdor hakamlar safiga qoʻshildi. U jahon chempionatlari finallarini boshqargan 3-italiyalik hakam boʻldi, ungacha 1978-yili Sergio Gonella va 2002-yilgi chempionat finalini Pierluigi Collina boshqargan edi.[15]
Har ikki terma jamoa finaldagi tarkibi yarim finaldagidan oʻzgarmadi, faqat olmon futbolchisi Sami Khedira oʻyin oldidan qizib olish mashgʻulotida yengil tumov boʻladi va uning oʻrniga Christoph Kramer maydonga tushadi, ammo, Kramer ham qisqa vaqtda jarohat olib birinchi taymdanoq maydonni tark etadi, oʻrniga André Schürrle tushadi.[16]
Olmoniya futbolchisi Mario Götze qoʻshimcha taymning 113-daqiqasida gol urdi. Argentina hujumchisi Gonzalo Higuaín urgan goli hisoblanmadi, yon hakam oʻyindan tashqari holat deb topdi.
13-iyul 2014 16:00 |
Germaniya | 1–0 (q.v) | Argentina | Estádio do Maracanã, Rio-de-Janeyro Tomoshabinlar: 74,738 Hakam: Nicola Rizzoli (Italiya) |
---|---|---|---|---|
Götze 113' | Hisobot |
|
|
Oʻyin qahramoni:
Yon hakamlar:
|
Umumiy | Olmoniya | Argentina |
---|---|---|
Gollar | 1 | 0 |
Darvoza tomon zarbalar | 10 | 10 |
Aniq zarbalar | 7 | 2 |
Toʻp bilan muomala | 53% | 47% |
Burchak toʻplari | 5 | 3 |
Buzilgan oʻyin qoidalari | 20 | 17 |
Oʻyindan tashqari holatlar | 3 | 2 |
Qaytarilgan toʻplar | 2 | 6 |
Sariq kartochkalar | 2 | 2 |
Qizil kartochkalar | 0 | 0 |
Braziliya prezidenti Dilma Roussef BRICS tashkilotiga aʼzo mamlakatlari liderlarini, 6-BRICS sammiti oldidan, ushbu chempionat final uchrashuviga taklif etgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi “Sport butun dunyo xalqlari orasiga doʻstlik ruhini hamda hamjihatlikni olib keladi. Futbol boʻyicha jahon chempionati musobaqasi butun jahon xalqlarining birlashishi uchun koʻprik vazifasini oʻtashi mumkin! Jo khele, wo hi khile (Faqat rango-rang oʻynaydiganlar uchun)” - deya fikr bildirgan.[17] Shuningdek, keyingi jahon chempionati mezboni Rossiyaning prezidenti Vladimir Putin[18] va oʻtgan jahon chempionati mezboni Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jacob Zuma ham taklif etilgan.[19] Shuningdek, Rousseff honim musobaqa gʻolibini shaxsan oʻzi jahon chempionati sovrini bilan taqdirlaydi.[20]
Olmoniya prezidenti Joachim Gauck hamda kansler Angela Merkel finalni tomosha qilish uchun keladi. Bundan oldin, Merkel Salvadorda boʻlib oʻtgan Olmoniya va Portugaliya uchrashuvida ham ishtirok etgan edi.[21] Argentina prezidenti Cristina Fernández de Kirchner nevarasining tugʻilgan kuni boʻlgani tufayli va sogʻligi yomonligi tufayli ushbu uchrashuvga kelolmaydi.[22]
Shuningdek, Mick Jagger, David Beckham, Plácido Domingo Jr., Ashton Kutcher, Daniel Craig, Tom Brady, LeBron James, Rihanna va Pelelar final uchrashuvini stadiondan turib kuzatdi.[23]
Final oʻyinidan oldin, dunyoning mashxur yulduzlari Shakira, Carlinhos Brown, Carlos Santana, Wyclef Jean, Ivete Sangalo va Alexandre Pires Maracana stadionida chiqish qiladi, ijod namunalaridan ijro etadi.[24] Braziliyalik supermodel Gisele Bündchen va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Carles Puyol oʻyindan oldin musobaqa sovrinini topshiradi.[25]