Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Elvin Bishop | |
---|---|
Bishop performing at Boston's on the Beach, Delray Beach, Florida, on July 3, 2010 | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Elvin Richard Bishop 21-oktyabr 1942-yil Glendale, California, United States |
Janrlar | Rok-musiqa va Blyuz |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1963–yildan hozirgacha |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | www.elvinbishopmusic.com |
Tashqi mediafayllar |
---|
Elvin Richard Bishop (1942-yil 21-oktyabrda tugʻilgan)[1] – amerikalik blyuz hamda rok yoʻnalishida ijod qiladigan qoʻshiqchi, gitarachi, musiqa guruh rahbari va qoʻshiqlar matni muallifi. Paul Butterfiled Blues guruhining aʼzosi boʻlib, u 2015-yilda ushbu guruh aʼzosi sifatida Rock and Roll Hall of Famega va 2016-yilda Blues Hall of Famega kiritilgan.
Bishop Kaliforniyaning Glendale shahrida tugʻilgan, Mylda (Kleege) va Elvin Bishopning farzandi[2]. U Lowa shtatidagi Elliott yaqinidagi fermalarning birida oʻsgan. Oilasi bilan u 10 yoshga yetganida Oklahoma shtatining Tulsa shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda Will Rogers High schoolda oʻqidi va Chicago universitetiga yosh olimi sifatida toʻliq stipendiyani qoʻlga kiritdi. U 1960-yilda universitetda tahsilni boshlash uchun Chicagoga koʻchib oʻtdi va u yerda taʼlim fizika fanlariga ixtisoslashgan.
1963-yilda Bishop Hyde Park mahallasida garmonikachi Poul Butterfield bilan uchrashdi, Batterfieldning blyuz guruhiga qoʻshildi va besh yil davomida ular bilan birga ijod qildi. Bishop dastlab Butterfieldning yagona gitarachisi boʻlgan, ammo keyinchalik unga Mike Bloomfield qoʻshildi, u asosan guruhning klassik birinchi ikkitalik albomida bosh gitarachi rolini oʻz zimmasiga oldi. Bloomfield ketganidan soʻng esa Butterfield guruhining uchinchi albomi "The Resurrection of Pigboy Crabshaw" oʻz nomini Bishopning taxallusi va uning bosh gitarist sifatida yangilangan roliga nisbat berib oldi[1]. Bishop 1968-yilda guruhdagi oxirgi albomi Butterfield bilan In My Own Dream nomli toʻrtinchi albomini yozgan[3].
Butterfield Blues guruhidagi faoliyati davomida Bishop shouda blyuz gitarachisi Louis Myers bilan uchrashdi. Bishop Myersni Gibson ES-345 ni Bishopʼs Telecasterga almashtirishga koʻndirishga muvaffaq boʻldi. Bishop Gibsonni shunchalik yaxshi koʻrardiki, uni hech qachon qoʻyib yubormadi va butun faoliyati davomida birgalikda ijod qildi. Bishop oʻzining Gibson ES-345 ga „Red dog“ laqabini qoʻydi, bu ismni u Allman Brothers guruhi uchun olgan[4].