Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Balujiston urdu: بلوچستان
baluj. بلوچستان
inglizcha: Balochistan — Pokistonning jan.-gʻarbidagi viloyat. Balujiston tarixiy viloyatning 1947-yilda Pokiston tarkibiga kirgan sharqiy qismi. Maydoni 347 ming km². Aholisi 4,6 mln. kishi (1983). Maʼmuriy markazi — Kvetta shahri Shim.da Afgʻoniston, gʻarbda Eron, sharqda Pokistonning Sind va Panjob, shim.-sharqda Shim.-gʻarbiy viloyat bilan chegaradosh, jan.da Arabiston dengiziga tutash. Yer yuzasining katta qismini oʻrtacha balandlikdagi (2000 m gacha) va baland togʻlar egallagan. Eng shim.da Tobakakor (3096 m) togʻ tizmasi joylashgan. Bu togʻlardan janubga Makron togʻlari choʻzilgan. Eng baland joyi 3593 m. Dengiz boʻyi kambar pasttekislik. Viloyatning gʻarbiy qismidagi botiqlarda shoʻrxoklar, shoʻr koʻllar bor. Daryolari mayda, mavsumiy. B. Alp-Himolay faol seysmik mintaqasida joylashgan. temperatura yanvarda tekisliklarda 8—16°, iyulda 24 — 32°. Togʻlarda qish sovuq, sershamol. Yillik yogʻin 100 – 200 mm, koʻp qismi dekabr va fevral oylarida yogʻadi. Tuproqlari subtropik mintaqaga xos boʻz tuproq, shim.-gʻarbida choʻl qoʻngʻir, shoʻr, qum tuproqlar. Choʻl qismida saksovulzor va butazorlar bor. Togʻ yon bagʻirlari siyrak oʻrmon, butazor. Aholisi balujlar bilan pushtular. Q. xda yaylov chorvachiligi yetachi oʻrinda (qoʻy, echki, tuya boqiladi). Togʻ oraligʻidagi vodiylarda voha dehqonchiligi bilan shugʻullaniladi, tekislik yerlarda don yetishtiriladi. Oltingugurt, osh tuzi, qungʻir koʻmir, tabiiy gaz qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik, sement, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Dengiz boʻyida baliq ovlanadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qoʻlda gilam toʻqish, yogʻoch buyumlar yasash, kashta tikish va boshqa Kvetta shahrida meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.