Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Ataman (qadimgi turkcha deb taxmin qilinadi) – qurollangan kazaklar otryadining boshligʻi. Xalq qoʻzgʻoloni boshliqlari ham ataman deb atalgan[1]. Atamanlar kazaklar tarixida katta oʻrin tutgan. Dastlab ataman saylanar va turli vazifani oʻtardi. Zaporojye Sechi radasining hukmlarini atamanlar ijro etgan. Atamanlar lavozimiga saylash Zaporojye Sechi tarqatib yuborilgunicha (1775) saqlangan.
Don kazaklarida qoʻshin atamani, stanitsa atamani, qarorgoh atamani, poxod atamani boʻlgan. 1917-yildan keyin ataman unvoni bekor qilingan. 90-yillarda Rossiyada kazak otryadlari qaytadan tashkil qilindi va atamanlar oʻzlarining inqilobdan oldingi mavqelariga ma’lum darajada ega boʻla boshladilar.