Informatics Educational Institutions & Programs
Mundarija
Marmar dengizi — Atlantika okeanining qurukliklar oʻrtasidagi dengizi. Yevropa bilan Kichik Osiyo yarim orol oralirida. Bosfor boʻgʻozi orqali Kora dengiz bilan, Dardanel boʻgʻozi orqali Egey dengizi bilan tutashgan. Maydoni 12 ming km². Uzunligi 280 km, eni 80 km gacha. Eng chuqur joyi 1273 m. Yer pustila katta siniklar paydo boʻlishi natijasida vujudga kelgan. Sohillari, asosan, togʻli, jan. va shim. da kuchli parchalangan. Shimoliy qirgʻoklariga yaqin joylarda suv osti rifi kup. Marmar, Shahzoda o.lari va boshqa orollar bor. Dengiz qishda ham muzlamaydi. Suvining yuza qismidagi temperaturasi qishda 8—9°, yezda 29° gacha koʻtariladi. Shoʻrligi shimolida 20 %o dan janubida 25—26 %o gacha. Marmar dengizi ning gidrologik rejimi suvning boʻgʻozlar orqali Qora va Egey dengizlari suvi bilan almashinib turishiga bogʻliq. Marmar dengizining oʻsimlik va hayvonlari Oʻrta dengiznikiga oʻxshash. Baliq (skumbriya) ovlanadi. Marmar dengizi orqali Qora dengizdan Oʻrta dengizga boriladigan muhim aloqa yoʻllari oʻtgan. Shimoliy sohilida Istan-bul shahri joylashgan.[1]
Manbalar