Informatics Educational Institutions & Programs

Ishoratlarni tahrirla
Gippokrat
Tavalludi mil. avv. 460
Vafoti mil. avv. 370
Magni Hippocratis medicorum omnium facile principis, opera omnia quae extant, 1657

Gippokrat yoki Hippokrates (qadimgi yunoncha: Ἱπποκράτης, lotincha: Hippocrates; ajam xalqlari orasida Buqrot, Abuqrat nomi bilan ham tanilgan; mil. av. 460-yil, Kos oroli — mil. av. 377-yil, Fessaliya) — yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri.

Gippokrat Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor gippokratlar sulolasining oʻn sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitdan olgan. Gippokrat asarlari Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻʼtabar qullanma boʻlib keldi. Gippokrat ga 75 ga yaqin asar nisbat beriladi. "Majmuayi Buqrotiya" ("Buqrot toʻplami") nomi bilan mashhur boʻlgan bu asarlarning aksarisini Gippokrat vafotidan keyin oʻgʻillari va shogirdlari yozgan. Gippokrat asarlarini va ularga Galen bergan sharhlarni Hunayn ibn Ishoq (809877) suryoniy va arab tillariga tarjima qilgan. Ular Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Gippokratning "Kitob al-Fusul" ("Aforizmlar") kitobi juda mashhur. Unga koʻp olimlar sharq berishgan, shu sharhlardan biri Oʻzbekistan FA Sharqshunoslik institutida 3139-raqami bilan saqlanmoqda. Gippokrat tibbiyotni kohinlar taʼsiridan qutqardi va uning mustaqil rivojlanish yoʻllarini taʼrifladi, vrach kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak, deb taʼlim berdi. Tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yoʻsini, mamlakat qonunlari va b.)ni odamga, unda jismoniy va ruhiy xususiyatlarning shakllanishiga taʼsiri jihatdan ajratdi. Gippokrat tibbiyot geografiyasiga asos soldi. Kasallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalarini, davolash tizimini ishlab chiqdi. Shifokor xulq-atvorining qisqacha taʼrifi boʻlgan qasamyod ("Gippokrat qasamyodi") matnini ham Gippokrat yozgan deyishadi. Gippokratni "tibbiyotning otasi", deb ataydilar. Asklepiychilar uyushmasi, uni shuningdek Kos maktabi ham deb atashadi, o’sha zamonlarning barcha uyushma va tashkilotlari singari o’z faoliyatida asosan diniy tushuncha va qariyatlarga tayanib ish olib brogan. Masalan ularda, o’rganuvchi shogird – talabalarning ustoz va uning boshqa hamkasblari hamda o’zi bilan birgalikda ta’lim olayotgan birodarlariga sodiqlikka qasam ichish, har qanday vaziyatda ham rost gapirish, haqiqatni izlash uchun hech narsadan chegaralanmaslik va jiddiy ilmiy faoliyat bilan sidqildan shig’ullanish kabi axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishni talab etgan. Gippokrat dastlabki tibbiy bilimlarni o’z otasidan, hakim – Gerakliddan olgan. Otasining oroldagi hamkasblari ham Gippokratga ko’p narsani o’rgatishgan. Keyinchalik esa, o’z bilimlarini yanada oshirish va mukammallashtirish uchun turli mamlakatlarga safarlar qilgan va mahalliy hakimlarning amaliyoti bilan tanishib chiqqan. Gippokratning shahsiy hayoti haqida tarixiy ma’lumotlar juda kam. Uning tarjimai holiga oid hikoya va rivoyatlar mavjud bo’lib, lekin ular asosan afsona xususiyatida namoyon bo’ladi. Huddi Gomer kabi Gippokrat ismi ham buyuk hakimning asl ismi bo’lmay balki, turli ism va tahalluslardan yig’ma nom ekan. yaqin yillardagi ilmiy faktlarga asoslanadigan bo’lsak, Gippokrat qalamiga mansub deb qaraladigan yetmishga yaqin asarlarning aksariyati, uning o'g'illari Fessal va Drakon yoki, kuyovi – Polibga tegishli ekan. Galen Gippokratning o’zi yozgan asarlarini 11 ta, Galler 18 ta deb e’tirof etsa, Kovner esa Gippokrat kodeksidagi faqat 8 ta asar Gippokratning ilmiy ishi, qolganlari esa unga bog’lab chop etilgan boshqa mualliflarga tegishli deb ta’kidlaydi.

Bular: risolalar – «Shamollar haqida», «Havo, suvlar va joylar haqida», «Egilish», «O’g’ir hastaliklarda parxez haqida», kitoblar – «Epidemiya», «Aforizmlar», (dastlabki to’rt bobi), hamda, jarrohlikka oid manbalar - «Bo’g’imlar haqida» va «Sinishlar haqida» asarlaridir. Mazkur asarlar Gippokrat kodeksning shedevrlari hisoblanadi. Gippokratning asosiy ilmiy ishlar qatoriga yana falsafiy, axloqiy – tarbiyaviy va etnik yo’nalishlardagi quyidagi asarlarni qo’shish zarur: «Qasamyod», «Qonun», «Hakim haqida», «Yaxshi xulq atvor haqida», «Tarbiya». Bu asarlar orqali Gippokrat ilmiy tibbiyottni ilmiy insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orib, tibbiyot etiketining asosiy atmoyillarini belgilab bergan. Gippokratgacha bo’lgan davrlarda odamlar kasalliklarni « yovuz ruhlar» yoki, sehr – jodular orqali keladi deb tasavvur qilishardi. Shu tufayli Gippokratning kasallik sabablarini aniqlashga nisbatan yondoshuvi o’z davri uchun mutlaqo yangilik bo’lgan. Ya’ni u, kasalliklarni odamlarga ma’budlar yoki boshqa g’ayritabiiy kuchlar yuborishmasligini balki, ular butunlay tabiiy sabablarga yuzaga kelishini ilmiy asoslashga birinchilardan bo’lib urinish boshladi. Gippokratning eng buyuk hizmatlari ham aynan shunda bo’lib, u tibbiyotni mavhum tushunchalarga asoslangan empirizmdan ajratib ko’rsatib, tib ilmini haqiqatga zid bo’lgan uydirma falsafiy nazariyalardan tozaladi. Tibbiyot va falsafa fanlariga ikki bir-biriga uzviy bog’liq sohalar sifatida yondoshuvchi Gippokrat, ularning ikkalasini ham ma’lum chegaralar belgilagan holatda, ammo mohirona uyg’unlik bilan tadqiq va tahlil eta olgan. Barcha ilmiy va adabiy asarlarida Gippokratning xulosalar chiqarish va kuzatuvchanlikning dohiyona namunalarini ko’rish mumkin. Uning mantiqiy fikrlari shu darajada mukammal xulosalanadiki, barcha keltirilgan mulohazalar uchun qat’iy tekshirilgan dalillar va isbotlar ilova qilib boriladi. Gippokratning tajriba va kuzatuvlarga asoslangan holatdagi, kasallikni kechishi, bosqichlari va davo usullarining samaradorligi bo’yicha erishgan yutuqlari uning o’z zamonasidayoq katta obro’ va shuhratga erishishiga sabab bo’lgan. Gippokratning davomchilari, uning ishlarini va ilmiy faoliyatini davom ettiruvchi Kos maktabini tashkil qilishgan va bu tib ilmi maktabi uzoq yillar davomida yirik tibbiyot dorilfununi sifatida faoliyat yuritgan. Aynan o’sha Kos tibbiyot maktabining ilmiyi faoliyati, hozirgi zamon tibbiyotining yo’nalishini belgilab bergan degan fikrlar ham mavjud. Gippokrat asarlari kasalliklarning tashqi ta’sirlar – atmosfera, fasl, shamol, suv va ularning natijasi – ko’rsatilgan ta’sirlar oqibatida odam tanasidagi fiziologik o’zgarishlarni kuzatishlarning mufassal bayonlarini keltiradi. Bu asarlarda turli mamlakatlarning iqlimiy sharoitlari haqida ham ma’lumotlar keltirilib, mazkur mamlakat, orol yoki muayyan joyning meteorolgik shart – sharoitlaridan kelib chiqib, kasalliklarning qanday rivojlanishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Umuman olganda Gippokrat kasalliklarni sabablariga ko’ra ikki toifaga tasniflaydi: Iqlim, tuproq va irsiy omillar tufayli paydo bo’ladigan «Umumiy» kasalliklar hamda, odamning yoshi, ovqatlanishi, yashash va mehnat sharoitlaridan kelib chiquvchi «Shahsiy» sabablar. Mazkur omillarning odam tanasiga me’yoriy ta’siri, undagi suyuqliklarning to’g’ri taqsimlanishi va harakati jarayonlarini belgilaydi va bu uning uchun soglom’lik hisoblanadi. Gippokrat asarlarida voqe’likning mohiyatini anglashga bo’lgan chanqoq intilish diqqatga sazovor. Hakim eng avvalo bemor ahvoliga teran nigoh bilan nazar tashlaydi. Tashxis va davolashning barcha natijalarini muttasiq qayd qilib boradi. Yetti jilddan iborat «Epidemiyalar» asarida hakim, shundoqqina bemor huzuridan yozib borilgan qaydlarni mufassal shrhlari va ilovalari bilan bayon qilgan. Mazkur asarda, bemorni davolash jarayonida kuzatilgan o’zgarishlar, davo vositalarining ta’sirlari haqidagi tajribalar tizimlashmagan ma’lumotlar shaklida keltiriladi. Shuningdek bu asarda, matn mazmuniga muofiq kelmaydigan, butunlay boshqa mulohazalar ham uchraydiki, huddi muallif aqliga kelib qolgan fikr va mulohazalarni yo’l – yo’lakay va darhol yozib olgandek taasurot uyg’otadi. Masalan, shunday sinkov mulohazalardan biri, bemorni qanday ko’rikdan o’tkazish haqida borib, unda hakim bunday yozadi: «Bemor tanasini ko’rikdan o’tkazish – yaxlit jarayon: u bilim, tinglay olish, hid bilish, sezgirlik, til bilish va mulohaza qila olish qobiliyatlarini talab qiladi.» Ushbu matn davomida esa: «tashxis qo’yilishi lozim bo’lgan kasalliklarga taaluqli omillardan, odamlarning umumiy tabiati va har qanday odamning o’z tabiati, bemorning kasalligi, unga nima tegishli bo’lsa tegishlilardan, shunga binoanki, ulardan qaysi biridan bemorga yengillik yoki qiyinchilik yetishidan; bundan tashqari osmon hodisaarining umumiy va xususiy holatlaridan, har xil mamlakatlardan, odatlaridan, oqatlanish tarzidan, hayot turidan, har bir bemorning yoshidan va nutqidan, xulqi, sukuti, fikrlari, tushlari, uyqusi, uyqusizligi, tushlarining qanaqaligi va qachon ko’rishi, qichishishi, ko’z yoshlari, kasallikning tutilib – tutilib kechish, siydik, safro, qayt qilishi kabilardan qaraladi. Shuningdek, kasalliklardagi o’zgarishlarga ham qarash kerak: qandaylaridan qaysilari yuz beryapti, o’limga olib boruvchlari, yoki, majruhlikka olib boruvchilari, keyin esa – terlashni, qaltirashni, sovuqotish, yo’talish, chuchkurish, hiqichoq, nafas olish, esnash, kekirish, tovushli yoki sassiz yel, qon chiqishi, gemorroylarni ham tekshirish. Ushbu barcha belgilardan kelib chiqib, hamda, ular nima orqali paydo bo’layotganini aniqlab, – ko’rik va tekshiruv olibborish kerak.» Shunisi e’tiborga molikki, hakim, tashxis qo’yish va davolashning katta ko’lamiga, bemorning nafaqat joriy kasalligini, balki, undan avvalgi yuz bergan betobliklarini va ulardan qolga asortalarni ham hisobga olgan holatda yondoshadi. U bemor ham boshqa barcha odamlardek oddiy odam ekanligini, uni anglash uchun boshqalarni ham anglash lozimligini unutmaslik kerak deb ta’kidlaydi. Uning uchun haattoki bemorning sukuti ham ko’rsatma bo’lib hizmat qilishi kerak deb hisoblaydi. U kasalliklarni doimiy kuzatib borib, uni aniq bosqichlarga ajratish kerakligini ham ta’kidlaydi. Ayniqsa, tutqanoq kelishi davri, istimali, o’tkirlashish (yoki keskinlashish) davrlarini hamda bemorning tushkunlikka tushish holatini ajratadi, shuningdek, uning ta’limotiga ko’ra, organizm birikmagan, hazm bo’lmagan suyuqliklardan qutulib, kasallikning «sinishi» paytini mavjudligini ta’kidlaydi. «Bo’g’imlar haqida» va «Sinishlar haqida» asarlarida, jarrohlik amaliyotlari va operatsiyalar haqida tafsilotlar bilan, mukamal bayon qilinadi. Gippokrat qo’lyozmalaridan shu narsa ma’lum bo’ladiki, jarrohlik qadim davrlardayoq yuqori sifat va darajada bajarilgan; bizning davrimiz tibbiyotida ham qo’llaniladigan turli jarrohlik asboblari hamda bog’lov vositalaridan foydalanilgan. «O’g’ir hastaliklarda parxez haqida» asarida Gippokrat kasallik shakli – o’tkir, mavsumiy, jarrohlikka oidligiga qarab turlicha parxez usullarida ovqatlanish zarurligini uqtiradi va bu bilan hakim, ratsional dietologiyaga asos soladi. Gippokrat hayotligidayoq shon sharafga burkandi. Undan bir avlod keying davrda yashagan Ptolomey o’z suhbatlarining birida, Gippokrat va uning Kos tibbiyot maktabini boshqa san’at turlari bilan tenglashtirib, uni o’z davrining eng buyuk haykaltaroshlarining eng buyuk asarlari Argos Polikleti va Afina Fideyasi bilan taqqoslaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar