FAIR and interactive data graphics from a scientific knowledge graph
Mundarija
Evro Euro | |
---|---|
ISO 4217: | EUR |
Davlat nomi: | Yevropa Ittifoqi |
Simvol: | € |
Yevro yoki Euro — Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolarining pul birligi. Xalqaro ifodasi Yevropa Ittifoqi 1999-yil 1-yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1 Yevro=100sent. 1999-yili 1-yanvardan 2002-yil 1-yanvarga kadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar oʻrtasida xalkaro toʻlovlarda foydalanilgan ekyu muomaladan chiqarildi va ular ekyuning soʻnggi qiymati (1998-yil 31-yanvar holati) boʻyicha Yevroga tengma-teng almashtirildi.
Ayni paytda milliy pul birliklarining Yevroga nisbatan valyuta kurslari ham belgilandi (mas, 1 Yevro = 1,95583 nemis markasi; 1 Yevro = 1936,27 italyan lirasi; 1 Yevro = 200,482 portugal eskudosi va boshqalari; 1998, 31-dekabr).
2002-yil 1-yanvardan 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 Yevro qogʻoz banknotlari, 1,2 Yevro va 1, 2, 5, 10, 20, 50 sentli tangalar muomalaga kiritildi (Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning eski milliy pul birliklari muo- malasi toʻxtatildi). Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari = 0.78 Yevro, Oʻzbekiston Respublikasi milliy pul birligi — soʻmga nisbatan 1 Yevro = 2631 soʻm 82 tiyin (2013-yil aprel)[1].
Ushbu davlatlarning pul birligi Yevro
Rasman pul birligi
- Avstriya
- Belgiya
- Estoniya
- Finlandiya
- Fransiya
- Gretsiya
- Irlandiya
- Ispaniya
- Italiya
- Kipr
- Latviya
- Litva
- Lyuksemburg
- Malta
- Niderlandiya
- Olmoniya
- Slovakiya
- Sloveniya
- Portugaliya
- Xorvatiya
Yevropa Ittifoqi hududidan tashqarida bo'lgan davlatlar
Yevroni norasman qabul qilgan davlatlar
- Kosovo
- Chernogoriya
- France Sen-Pyer va Mikelon
Manbalar
Havolalar
- Heiko Otto: „Yevro: Banknotlar va konvertatsiya tarixi“ (de,en). Qaraldi: 2018-yil 22-yanvar. (Olmoncha) (Inglizcha)