FAIR and interactive data graphics from a scientific knowledge graph
Mundarija
Benin Respublikasi République du Bénin
| |
---|---|
Shior: Fraternité, Justice, Travail (Fransuzcha: Fellowship, Justice, Labour) | |
Madhiya: L'Aube Nouvelle (The Dawn of a New Day) | |
Poytaxt | Porto-Novo |
Rasmiy til(lar) | Fransuz tili |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Yayi Boni | |
Mustaqillik (Fransiyadan) | |
• Sana |
1-avgust 1960 |
Maydon | |
• Butun |
112,622 km2 (101-oʻrin) |
Aholi | |
• 2012-yilgi roʻyxat |
9,598,787 (93-oʻrin) |
• Zichlik | 78/km2 |
YIM (XQT) | 2011-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$14.683 mil. (140-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$1,481 |
Pul birligi | CFA Franc (XOF) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
• Yoz (DST) |
UTC+1 |
Qisqartma | BN |
Telefon prefiksi | 229 |
Internet domeni | .bj |
|
Benin Respublikasi (fra. République du Bénin) (1975-yilgacha Dagomeya) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 6 viloyatga boʻlinadi. Maydoni 112,6 ming km2. Aholisi 9,598,787 kishi (2012). Poytaxti Porto-Novo shahri. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu shahrida).
Davlat tuzumi
Benin — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident, u 5 yil muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi[1].
Tabiati
Benin qirgʻoqlari kam parchalangan. Sohil boʻyida dengizdan ajralib hosil boʻlgan bir qancha sayoz koʻllar bor. Benin maydonining koʻp qismi—500 m balandlnkkacha boʻlgan plato. Eng baland joyi—635 m (shimoli-gʻarbdagi Atakora tizmasida). Jan.da kengligi 50–100 km boʻlgan soqil boʻyi payettekisligi bor. Maʼdan boyliklari yaxshi oʻrganilmagan. Neft, temir rudasi. oltin, olmos konlari bor. Iqlimi — ekvatorial iqlim. Yanvarda oʻrtacha harorat 24 °C, iyulda 30 °C. Yiliga 1000–2000 mm yogin yogʻadi. Asosiy daryosi — Veme, quyi oqimi kema qatnoviga yaroqli. Qizgʻish laterit tuproqlar koʻp. Oʻsimliklari asosan baland boʻili oʻtlar oʻsadigan savannalardan, sohnl boʻyi doimiy yashil sernam tropik oʻrmonlardan iborat boʻlib, u mamlakat hududiiing 20% ni egallaydi. Savannalarda karkidon, qoplon, sirtlon va boshqalarlar bor.
Aholisi
Beninda asosan fon, maxe, aja, ivi, aizo, filopi. fulbe, so.mba, bariba kabi etnik guruhdagi xalqiar yashaG1di. Asosiy etnik guruh fon yoki dayo meyanlar boʻlib, ular barcha aholining 25% ni tashkil qiladi va mamlakat janubiy da yashaydi. Shaharlarda yevropaliklar (asosan, fransuzlar), suriyaliklar, livanliklar va boshqalarlar uchraydi. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; 15% xristianlar, 13% musulmonlar. Eng katta shaharlari — Kotonu, Porto-Novo, Abomey[2].
Tarixi
Dagomeya qirolligi 17-asrdan 19-asr boshlarigacha Shimoliy Beninda hukm surdi va yevropaliklar bilan qul savdosi tufayli katta daromad olib turdi. 1851-yilda fransuzlar qirollik bilan savdo shartnomasi tuzdilar va astasekin Dagomeya ustidan nazorat oʻrnatdilar. 1890—93 yillarda Fransiya bu hududni bosib oldi. 1904-yilda Dagomeya Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Mamlakat aholisining mustamlakachilarga qarshi doimiy kurashi natijasida u 1958-yilda Fransiya Hamjamiyati tarkibida muxtoriyatga ega boʻldi. 1960-yilda toʻliq mustaqillikka erishdi va Dagomeya Respublikasi deb nomlandi.
Mamlakatda etnik guruhlarning koʻpligi haddan tashqari siyosiy beqarorlikka olib keldi, natijada fuqaro va harbiy hokimiyatlar tez-tez almashinib turdi. 1970-yildagi saylov natijasida mamlakat shimoliy va janubiy vakillaridan iborat prezidentlik kengashi saylandi. Biroq, 1972-yildagi harbiy toʻntarish natijasida inqilobiy harbiy kengash tuzildi. Bu kengash marksizmleninizm mafkurasiga amal qilib, sotsialistik yoʻldan borishini eʼlon qildi. 1975-yilda mamlakat Benin Xalq Respublikasi deb atala boshladi. 1977-yilgi konstitutsiyasiga binoan 1979-yilda Inqilobiy harbiy kengash tarqatib yuborildi va saylov oʻtkazildi. Mamlakat 1990-yildan boshlab Benin Respublikasi deb ataladigan boʻldi. 1996-yilda koʻp partiyalilik asosida prezident saylandi. Benin 1960-yildan — BMT aʼzosi. 1992-yil 14-yanvarda Respublikasining suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami 1-avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1960)[3].
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
"Beninning uygʻonishi" partiyasi (1990), Demokratiya va taraqqist uchun milliy ittifoq partiyasi, "Umumiy ishimiz" partiyasi, Demokratik yangilanish partiyasi (1990), Sotsialdemokratik partiya. Demokratiya va milliy birdamlik uchun ittifoq partiyasi, Yangilanish va rivojlanish uchun harakat jabhasi partiyasi (1990). Kasaba uyushmalari: Benin mehnatkashlari kasaba uyushmalari milliy birlashmasi, Mustaqil kasaba uyushmalari markazi.
Xoʻjaligi
Benin — agrar mamlakat. Qishloq xo'jaligida paxta yetishtirishga ixtisoslashgan (yiliga 70 ming t). Palma yosh, tamaki, makkajoʻxori, sholi, tariq, yams, yer yongoq, dukkaklilar, banan, mango yetishtiriladi. Yaylov chorvachiligi yaxshi rivojlangan: qoramol, qoʻy va echki hamda parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonlarida qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati
Sanoati zaif. uning yalpi milliy mahsulotdagi ulushi 9% ga ham yetmaydi. Mamlakatda asosan qishloq xo'jaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar bor. Pobe, Kotonu va boshqa shaharlarda palma yogʻi zavodlari, Porto-Novo va Kotonu yaqinida sovun zavodlari, shuningdek turli joylarda paxta tozalash zavodlari, toʻqimachilik fabrikalari, chet ellarda tayyorlangan detallardan avtomobil yigʻish korxonalari, sement va elektr lampa zavodlari, binokorlik materiallari korxonasi bor. 45 mln. kVts elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Hunarmandchilik rivoj topgan. Asosiy sanoat markazlari — Kotonu, Porto-Novo, Paraku.
Transporti
Temir yo'llar (uzunligi 578 km), avtomobil yoʻllari (uzunligi 8,4 ming km), jumladan qaggiq qoplamali yoʻllar mavjud. Kotonuda dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Benindan chetga paxta, palma yogʻi, tamaki chiqariladi. Chetdan turli mashina va asbobuskunalar, keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat, toʻqimachilik va neft mahsulotlari keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, AQSh, Germaniya. Pul birligi — Afrika franki.
Maorifi
1972-yil Beninda majburiy bepul boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Oliy taʼlimni Kotonu universiteti (1970-yil tashkil etilgan) va chet ellarda oladilar. Bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, Porto-Novoda Milliy kutubxona, Kotonuda universitet kutubxonasi va muzey, Abomeyda tarixiy muzey bor.
Matbuoti
Radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. "BeninPress enformason" — Benin press agentligining haftalik byulleteni, "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Benin" jurnal, "Krua dyu Benin", "Gazet dyu Golf", "Nason" ("Millat"), "Travayer" ("Mehnatkash") gazetalari nashr etiladi. Beninpress hukumat axborot agentligi (1973-yildan), Benin radioeshittirish va tslekoʻrsatuv hukumat boshqarmasi (1975-yildan) mavjud.
Adabiyoti
Beninda yashovchi xalqlar boy va rangbarang ogzaki ijod namunalarini yaratganlar. Fon xalqlarining ogʻzaki ijodiyoti birmuncha yaxshi oʻrganilgan. Unda ertaklar, maqol va matallar bilann bir qatorda Benin davlati tarixini aks ettiruvchi afsonalar katta oʻrin oladi. Zamonaviy adabiyot fransuz tilida 20-asr 30-yillarida shakllandi. P. Xazumening „Dogisimi“ tarixiy romani (1937, Fransiya akademiyasining mukofoti), M. Kenumning „Mamlakatdagi vaziyat“ (1938), „Uch afrika afsonasi“ va boshqa asarlari yaratildi. Milliyozodlik harakati yillarida A. Tevoyojrning „Dargazab Afrika“ (1958), O. BeliKenumning „Abadiy tuzoq“ (1960), P. Joakinning „Negr hikoya qiladi“ (1954) toʻplami va boshqa asarlar yaratildi. Mustaqillikka erishilgandan soʻnggi davrda sheʼriyat yetakchi oʻrin oddi. P. Joakin, R. Xazume („Afrika gullari“ sheʼriy toʻplami, 1966) shuhrat qozondi. R. Dogbening „Mono suvlari“ (1963), „Mahkumlar qirgʻogʻi“ (1964) asarlarida vatanparvarlik, insoniylik, urushga nafrat goyalari kalamga olingan. Dramaturgiya rivojlana boshladi. J. Pliyning „KondoAkula“ tarixiy dramasi (1966) fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashga bagʻishlapgan. Ijtimoiy illatlar (poraxoʻrlik, toʻrachilik)ni fosh etuvchi „Shaxsiy kotiba“ komediyasi (1973)da Gʻarbiy Afrika dramaturgiyasi uchun yangi „ishlab chiqarish“ mojarosi tasvirlangan. Axloqiydiniy masalalariga oid „Baxtning qoʻlga kiritilishi“ essesi (1982), „Oshiq shimpanze“ hikoyalar toʻplami (1977) ham uning qalamiga mansub. 1980-yilda Benin sheʼriyati antalogiyasi nashr etildi.
Meʼmorligi, tasviriy sanʼati, teatri
Benindagi turar joylar toʻgʻri burchakli yoki doira shaklida guvaladan qurilgan, tomi poxol yoki xashak bilan boʻgʻotli qilib yopilgan. Saroy va ibodatxonalar ham shu tarzda[4], ammo kattaroq qilib qurilgan. Qishloq va shaharchalardagi imoratlar tartibsiz joylashgan. Keyingi oʻn yilliklarda Benin poytaxti — Porto-Novoda yangi koʻkalamzor shoh koʻchalar barpo etildi, ayrim jamoat binolari, 1 va 2 qavatli turar joylar qurildi. Ularni qurishda anʼanaviy meʼmoriy shakllardan, naqshlar va yogʻoch haykallardan foydalanilgan. Boy va oʻziga xos badiiy hunarmandchilik qadimdan yuksak darajada boʻlgan: kulolchilik, quyuvchilik, yogʻoch oʻymakorligi, fil suyagidan turli buyumlar yasash, kashtachilik, matoga naqsh va gul solish sanʼati azaldan rivojlangan. Mum modellarga bronza va kumushdan odamlar hamda jonivorlarning tasvirlari, ov manzaralarioʻi tushirish rasm boʻlgan. Benin teatr sanʼatiga liniy urfodatlar va rasmrusumlar, imoishoralar (paitomimalar) va shahri k. asos boʻlgan. 20-asrda sshlarning toʻgaraklari pyesalarni saqnalashtira boshladi. Drama va opera teatrlari tashkil etildi.[5]
Hududiy bo'linishi
Manbalar
- ↑ Benin ranks 15th out of 53 African countries in latest assessment of African Governance(Wayback Machine saytida 2012-05-11 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2012-05-11 sanasida arxivlangan) Media release at Mo Ibrahim Foundation
- ↑ Bamako Initiative revitalizes primary health care in Benin
- ↑ Implementation of the Bamako Initiative: strategies in Benin and Guinea
- ↑ Литература Бенина, 2011-08-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-12
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil