Effects of the storage conditions on the stability of natural and synthetic cannabis in biological matrices for forensic toxicology analysis: An update from the literature

Turkum (genus):

  • 1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Masalan, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T. iga birlashtiriladi. T.ning ilmiy nomi bitta lotincha soʻz bilan yuritiladi. T.lar bitta, bir nechta, oʻnlab, hatto yuzlab turlardan tashkil topadi. Har bir T. (urugʻ) biror oila tarkibiga kiradi.
  • 2) zoologiyada hayvonlar sistematikasidagi taksonomik kategoriya, bir necha oilani birlashtiradi. Sistematikada koʻpincha T. sinflarga bevosita emas, balki oraliq kategoriyalar (ustturkum, infra sinf, kenja sinf) orqali birlashtiriladi.

Yana qarang