Effects of the storage conditions on the stability of natural and synthetic cannabis in biological matrices for forensic toxicology analysis: An update from the literature
Mundarija
shahar | |
40°7′0″N 70°38′0″E / 40.11667°N 70.63333°E | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Sugʻd viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Isfara tumani |
Ilk eslatilishi | IX-X |
Avvalgi nomlari | Isfarang |
Qachondan beri shahar | 1952 |
Markazi balandligi | 1000 m |
Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
45 000[1]. |
Milliy tarkib | tojiklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992 3462 |
Pochta indeks(lar)i | 735920 |
Avtomobil kodi | 02РТ |
|
Isfara (tojikcha: Исфара, forscha: اسفره) — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi shahar (1952-yildan). Isfara tumanining maʼmuriy markazi. Isfara daryosi boʻyida, Turkiston tizmasi yon bagʻrida. Konibodom — Shoʻrob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 45 ming kishidan ziyod (2013-yil oʻrtalari).
Sanoati
Shaharda gidrometallurgiya, yorugʻlik texnikasi jihozlari, mineral boʻyoqlar zavodlari, meva, goʻsht konservasi, qurilish materiallari kombinatlari, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Tarixiy obidalari
Isfara 16-asrdan maʼlum. Isfara yaqinida Abdullaxon masjid namozgohi (16-asr), Qalʼai-Bolo oʻrta asr qalʼasining qoldiqlari, Chorsu qishlogʻida Hazrati Bobo maqbarasi (10—12-asrlar) saqlangan. 10-asr manbalarida faqat Isfara viloyati haqida maʼlumotlar uchraydi. 9—10-asrlarda Istaxrip shu viloyatdagi konlardan koʻmir qazib olinganligi va taxminan 180 kg koʻmir bir dirhamligini yozgan. Bobur davrida esa (16-asr) Isfara Fargʻona vodiysidagi 8 ta yirik shaharning biri sifatida qayd etilgan.[2]
Manbalar
- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
- Исфара - Проект по подключению школ Таджикистана к Интернету (Wayback Machine saytida 2008-09-17 sanasida arxivlangan)
- Исфаринский Портал
- Исфара - город цветущих садов
- Исфара
- На таджикском языке, более подробная информация