Effects of the storage conditions on the stability of natural and synthetic cannabis in biological matrices for forensic toxicology analysis: An update from the literature
Mundarija
Amerie | |
---|---|
Amerie 2005-yil | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Amerie Mi Marie Rogers 1980-yil 1-dekabr AQSHning Massachusets shtati Fitchburg shahri |
Kelib chiqishi | Washington, D.C. |
Fuqaroligi | Amerika |
Kasbi | aktrisa, yozuvchi, qoʼshiqchi ip |
Leybl |
|
Janr | R&B, pop musiqa, hip-hop musiqa, |
Veb-sayt | amerie.co |
Amerie Mi Marie Nicholson Rogers;1980-yil 12-yanvarda tugʼilgan)[1] Amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va yozuvchi. U hozirgi kunga qadar toʻrtta studiya albomini chiqardi: All I Have (2002), Touch (2005), Because I Love It (2007), In Love & War (2009). U 2005-yilda „First Thing“ qoʼshigʼi bilan mashhur.
Yoshligi
Rojers Massachusets shtatining Fitchburg shahrida tugʼilgan boʼlib, uning onasi Mi Suk koreyalik va otasi Charlz Rojers afro-amerikalik boʼlgan . U tugʻilgandan bir necha oy oʻtgach, Rojers oilasi Janubiy Koreyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Ameri uch yil yashadi. Uning otasi AQSh armiyasida bosh qoʼmondon boʻlgan[2], shuning uchun oila turli joylarda, jumladan Alyaska, Texas, Virjiniya va Germaniyada yashagan. Uning singlisi Anjela Rojers esa[3] hozirda advokatlik bilan shugʼullanadi.
Ameri ota-onasini anʼanaviy nasroniylar deb taʼriflagan. Katta boʻlganidan keyin u va singlisiga maktab kunlarida uydan chiqish yoki telefondan foydalanish taqiqlangan. Qoʻshiqchi Jorjtaun universitetiga adabiyot oʻrganish uchun oʻqishga kiradi va Dengiz zahiralaridagi ofitserlarni tayyorlash korpusi Dengiz kuchlari ROTCda ekanligida: „Otam meni bu universitetni tanlashimga majburlamagan, yaʼni bu taʼlim sohasini oʻz xohishim bilan tanlaganman“deydi. Ammo u ikkinchi kursdan keyin ROTCni tark etadi va ingliz tilida olib boriladigan Tasviriy sanʼat dizayni sohasiga bakalavr oʼqishini koʻchiradi
Jorjtaunda oʻqiyotganda Ameri Vashingtondagi klub promouteri bilan doʻstlashdi va oxir-oqibat uni prodyuser Rich Xarrison bilan bogʻladi. Maxim jurnaliga bergan intervyusida Ameri Rich bilan jamoat joyida uchrashishga rozi boʻlganini aytdi, chunki u Richni tanimaydi. Tanlangan joy McDonald's avtoturargohi boʻlib, u yerda Rich uning treklarini ijro etgan va Ameri qoʻshiq kuylagan. Bir zumda ular bu alohida narsa ekanligini bilishdi.
Meri J. Blayjning ʼʼMary (Mary J. Blige albomi)|Maryʼʼ va ʼʼNo More Dramaʼʼ albomlarida endigina ishlagan Xarrison Ameri bilan birga demolarni yozib olish va ishlab chiqishni boshladi. . Bu uning Columbia Records bilan birinchi rekord kelishuviga olib keldi. Ameri 2002- yilda Hip Online bilan suhbatda shunday dedi: "Negadir bizda juda oʻziga xos munosabat bor edi. Biz birga ishlaganimizda ajoyib yangi gʻoyalar paydo boʻlardi[4].
Faoliyati
Amerining debyut albomi, ʼʼAll I Have (albom)|All I Haveʼʼ (toʻliqligi Rich Xarrison tomonidan ishlab chiqarilgan va ham u muallif) 2002-yilda chiqarilgan va umumiy ijobiy sharhlarga ega boʻlgan. Chiqarilgan birinchi haftada 89 000 nusxada sotilgan va „Billboard“ 200 reytingida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi; ʼʼNielsen SoundScanʼʼ maʼlumotlariga koʻra, albom Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi RIAA tomonidan oltin sertifikatga ega boʻlgan va 2009-yilga kelib 657 000 nusxada sotilgan[5][6]. Albomni targʻib qilish uchun Ameri Usher (entertainer)|Usher va Nas &mdash bilan birga gastrol safariga chiqdi. Evolution 8701 Tour–va reper Nelly bilan[7][8]. „All I Have“ qoʻshigʻining ikkinchi va oxirgi yakka musiqasi "Talking to Meʼʼ boʻladi. Garchi bu qoʻshiqlar „Top 40“talikka kirmasada, Hot R&B/Hip-Hop janridagi qoʻshiqlar ichida eng yaxshi 20 ta qoʻshiq boʻladi.
Havolalar
- ↑ Chick, Stevie. „Dancefloor dynamite“ (2007-yil 11-may). Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Blender – Hamma narsa blender, hammasi bir joyda“.
- ↑ Amerie/Anjela Rojers Sprite Street Couture Showcase koʻrgazmasida 1 Lua xatosi in Modul:Webarchive at line 395: attempt to concatenate field 'host' (a nil value)., /images/sprite16.jpg 2 (Wayback Machine saytida 2014-05-17 sanasida arxivlangan)
- ↑ com/109/amerie-interview html „Amerie Hip Online intervyu“. Hip Online (2002 yil 18-noyabr).
- ↑ Andoza:Cite jurnali
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedriaa
- ↑ „Articles“. Alwaysamerie.tripod.com.
- ↑ „Ameri Nellyville Tour-Mates-ni ko'p ko'rmaydi“. rapdirt.com (2002-yil 9-noyabr). 2021-yil, 22-aprelda asl nusxadan [https: //web.archive.org/web/20210422210758/http://rapdirt.com/amerie-doesnt-see-much-of-nellyville-tour-mates/2994/ arxivlangan]. Qaraldi: 3-mart, 2012-yil.