Effects of the storage conditions on the stability of natural and synthetic cannabis in biological matrices for forensic toxicology analysis: An update from the literature
Mundarija
Albedo (lotincha: „albedo“ – oqlik) – 1) jism sirtidan qaytgan nur energiyasi miqdorining shu sirtga tushayotgan nur energiyasi miqdoriga nisbati. Albedo jismning nur qaytarish qobiliyatini ifodalaydi. Tushayotgan energiyani batamom qaytaruvchi sirt va mutlaq (absolyut) oq jismning albedosi birga, mutlaq qora jismning albedosi nolga teng. Real jismlarning albedosi nol bilan bir orasida yotadi. Atmosferasi bor kosmik jismlarning albedosi ancha katta boʻladi. Oy va Merkuriyning albedosi 0,07; Veneraniki 0,59; Yerniki 0,45; Marsniki 0,15; Yupiterniki 0,56; Saturnniki 0,63; Uranniki 0,63; Neptunniki 0,73 va hokazo. 2) qishloq xoʻjaligida albedo haqidagi maʼlumotlar ekinzorlarning radiatsion rejimini oʻrganish uchun zarur. Xususan, oʻsimlikka yutiladigan qisqa toʻlqinli radiatsiya miqdori va fotosintez jarayonlari albedo qiymatiga bogʻliq. Albedo qiymati kattalashgan sari yutilayotgan radiatsiyaning miqdori kamaya boradi. Albedoning yillik oʻzgarishi yer toʻshama sirtining oʻzgarishiga bogʻliq. Albedoning oʻrtacha qiymatlari: Boʻz tuproq, lyoss – 30-33%, gil (soz)li choʻl – 30%, oʻt qoplami – 20-25%, bedazor – 19-22%, qovun polizi – 23-25% va hokazo albedo ekinlari (gʻalla, gʻoʻza) va yaylovlar holatini ularning nur qaytarish qobiliyati kattaligi va qaytgan (akslangan) radiatsiyaning yorqinlik koeffitsiyentiga qarab miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan. Bu usul hosil toʻplanishining agrometeorologik sharoitlarni baholash uchun ekinzorlar holatini aviakuzatish ishlarida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil