Cybersecurity and privacy risk assessment of point-of-care systems in healthcare: A use case approach

Echkichilik —chorvachilikning echkilarni boqish va koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi. Jahon boʻyicha 709,9 mln. bosh echki boqiladi. Uning asosiy qismi Osiyo (443,7 mln. bosh), Afrika (205,6 mln. bosh), Janubiy Amerika (25,9 mln. bosh) mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Echki xoʻjaliklari togʻ, baland togʻ oʻtloqlari, choʻl yaylovlari va dashtlarda joylashgan. Iqlim sharoitiga moslashgan serjun echki zoti Oʻzbekistonning janubiy mintaqalarida, angor echkisi Turkiya, AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstriya va qisman Madagaskar orolida, kashmir echkisi Tibetda, orenburg, oltoy echkilari Rossiya da yetishtiriladi va ulardan foydalaniladi. Echkining sut, jun, tivit yoʻnalishlari mavjud. Sut echkichiligi Yevropa mamlakatlari (Angliyada 1984-yilda Britaniya echkichilik assotsiatsiyasi tashkil etildi, 150—200 ona echkidan iborat sutchilik fermalari yuzaga keldi), Rossiyaning markaziy hududlari, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Zakavkazye, Oʻrta Osiyoda, jun echkichiligi Turkiya, AQSH, Afrika, Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Qozogʻistonda; tivit echkichiligi Tibet, Rossiyada keng rivojlangan. Koʻp mamlakatlarda echki suti uchun boqiladi. Echki suti yengil hazm boʻladi, ayniqsa, bolalar va oshqozoni kasal odamlar uchun nihoyatda foydalidir. Echki sutidan pishloq va boshqalar turli parhez mahsulotlar ham tayyorlanadi. Echki goʻshti toʻyimliligi va taʼmi jahatidan qoʻy goʻshtidan qolishmaydi. Maxsus serjun zot echkilardan kokili uzun, ipaksimon tovlanadigan jun olinadi. Juni bir xil, chidamli, pishiq, elastikligi tufayli ulardan kostyumbop gazlamalar, gilam, trikotaj buyumlar ishlab chiqariladi. Terisidan shavro, xrom va boshqalar olinadi, poʻstak qilinadi, qalin junli terilardan moʻyna tayyorlanadi. Echki tivitidan jahonga maʼlum va mashhur (orenburg) roʻmollar va sharflar toʻqiladi. Echki Oʻzbekistonda qadimdan rivojlangan. Namangan viloyatining Chust, Pop, Kosonsoy, Toshkent viloyatining togʻ oldi tumanlarida, Samarqand viloyatining ayrim xoʻjaliklarida, Navoiy viloyatining Nurota va Surxondaryo viloyatining Boysun tumanlarida boqib koʻpaytiriladi. Hozirgida E. sohasida naslchilik ishlarini tashkil qilish, ularni asrash, parvarish qilish, ulardan sifatli mahsulotlar olish boʻyicha ilmiyamaliy ishlar Oʻzbekiston chorvachilik instituti, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlari kafedralarida olib boriladi.

Yana qarang

Adabiyot

  • Vorobyev P.A. i dr., Ovsevodstvo, kozovodstvo i texnologiya proizvodstva shersti i myasa, M., 1988; Am irov A., Echkichilik fanini oʻrganish boʻyicha qoʻllanma, T., 1993. Abdusattor Amirov.