Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Storm | |
---|---|
Rassom: Jenny Frison. | |
Nashr haqida maʼlumot | |
Nashriyot | Marvel Comics |
Debyut | Giant-Size X-Men #1 (may, 1975-yil) |
Muallif(lar) | |
Qahramon haqida maʼlumot | |
Toʻliq ismi | Ororo Munroe |
Turi | Mutant odam |
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot | |
Ittifoqchilari |
X-Men Avengers Fantastic Four Lady Liberators Morlocks X-Treme X-Men Xavier Institute Hellfire Club X-Force Seven Brides of Set X-Treme Sanctions Executive Hounds Horsemen of Salvation Extinction Team Twelve Tokyo Arena Murder Circus |
Storm — Len Wein va Dave Cockrum tomonidan yaratilgan Marvel Comics xayoliy qahramoni. Ushbu personaj ilk bor Giant-Size X-Men #1 (may, 1975-yil) komiksida paydo boʻlgan.
Storm gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. Asl ismi — Ororo Munroe. Uning bolalik yillari AQShning Nyu York va Misrning Qohira shaharlarida oʻtgan. Onasi NʼDare Keniyadagi bir qəabilaning malikasi boʻlgan. Otasi David Munroe AQSHda fotograf boʻlgan. Ular Arab-Isroil mojarosi paytida halok boʻlishgan. Buning ortidan Ororo yetim qolgan. Ororo ob-havoni boshqarish qobiliyatiga ega. Uning qobiliyatlariga shamol oqimlarini boshqarish, boʻronlarni yaratish, chaqmoqlarini boshqarish, tuman va bulutlarni tarqatish, haroratni boshqarish kiradi. Shuningdek, u mutantlar va odamlar tinch-totuvlikda yashashlari uchun kurashadigan jamoa — Gʻaroyib odamlar aʼzosi hisoblanadi.
Storm personajini X-Men, X2, X-Men: The Last Stand va X-Men: Days of Future Past filmlarida Halle Berry, X-Men: Apocalypse, Deadpool 2 va X-Men: Dark Phoenix filmlarida esa Alexandra Shipp gavdalantirgan.