Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
Kashmir — Osiyodagi, Hind daryosining yuqori havzasidagi tarixiy viloyat. Hududining bir qismini [[Jammu va Kashmir shtati tashkil qiladi, bir qismi Pokiston nazoratida (1949-yil dan). K. qadimda va oʻrta asrlarda Hindiston yarim orolda mavjud boʻlgan turli davlatlar (mas, mil.av. 3-asrda Mauriyalar imperiyasi, keyinchalik, mil.1—2-asrlarda Kushon podsholigi) tarkibiga kirgan. 8—12-asrlarda K. Hindistonning eng muhim davlatlaridan biri edi. 1586-yil K. Boburiylar davlati qoʻl ostiga oʻtgan, 1756-yiluni afgʻonlar, 1819-yil sikxlar bosib olgan. 1845—46 y. lardagi 1-inglizsikh urushida ingliz mustamlakachilari tomonidan zabt etilgan K. 7,5 mln. rupiya tovon badaliga Jammu rojasi Gulob Singx tasarrufiga topshirilgan (1846) va inglizlar uni [[Jammu va Kashmir knyazligi maharojasi deb tan olgan. Ayovsiz ekspluatatsiya, milliy va diniy kamsitishlar natijasida kashmirliklar bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtargan (ulardan eng yiriklari 1931—33 va 1946-yil larda roʻy bergan).
1947-yil avgustda 2 suveren davlat — Hindiston va Pokiston tashkil etilgach, har ikkalasi ham K.ni oʻz hududiga qoʻshib olish harakatiga tushdi. 1947-yil 22 oktabrda Pokiston hududidan K.ga qurollangan patan qabilalari bostirib kira boshladi. Shunda maharoja Hindistonga murojaat qilib, undan yordam soʻradi, shuningdek, u K. ni Hindiston ittifoqi tarkibiga kiritishni ham iltimos qildi. Maharojaning yordam xususidagi iltimosi qondirildi, 1947-yil 27 oktabrda esa K.ning Hindiston ittifoqiga kiritilgani toʻgʻrisidagi Yorliq imzolandi. 1948-yil 1-yanvar da Hishshston BMT Xavfsizlik Kengashiga arz qilib, Pokistonni K.ga nisbatan tajovuz qilganlikda aybladi. 1984-yil 15-yanvarda Pokiston ham Hindiston ustidan BMT Xavfsizlik Kengashiga arz qildi. Pirovardida Xavfsizlik Kengashi 5 mamlakatdan iborat yarashtiruv komissiyasi tuzdi. 1949-yil 1-yanvarga kelib K.dagi harbiy harakatlar toʻxtatildi, 1949-yil 27-iyulda esa oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi belgilandi. Shunday qilib, K.ning gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismlari Pokiston nazoratida, uning qolgan (katta) qismi esa Hindiston tasarrufida qoldi.
1952-yil iyulida K. maharojasi va Hindiston oʻrtasida „Dexli bitimi“ deb ataluvchi bitim imzolanib, unga koʻra, K. shtat huquqi bilan Hindiston tarkibiga kirdi (yana q. [[Jammu va Kashmir). 1956-yil 17-noyabrda K. Taʼsis majlisi tomonidan K. konstitutsiyasi qabul qilinib, uning 3-moddasida K. „Hindiston ittifoqining ajralmas qismi boʻlib qoladi“ deb eʼlon qilindi. Shunga koʻra, Hindiston hukumati K.ning Hindiston tarkibiga kirishi xususidagi masala uzil-kesil hal etilgan, deb hisoblaydi. Pokiston hukumati esa oʻshanda Jammu va K. shtatida bu hududning Hindiston yoxud Pokistonga qoʻshilishi masalasi xususida referendum oʻtkazishni qattiq turib talab qilgandi.
K. masalasining bir necha marta BMTda muhokama etilishi va Xindiston bilan Pokiston oʻrtasida olib borilgan ikkiyoqlama muzokaralar (1955,1960,1962,1963) hech qanday natija bermadi. 1965-yil sentabrda Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida yuzaga kelgan qurolli nizo tinchliksevar mamlakatlarning faol saʼyi harakatlari tufayli barham topdi. Hindiston va Pokiston rahbarlarining 1966-yil 4— 10-yanvar
da Toshkentda uyushtirilgan uchrashuvida Hindiston-Pokiston munosabatlarini moʻtadillashtirish istiqbollariga yoʻl ochib bergan Deklaratsiya imzolandi (qarang Toshkent Deklaratsiyasi).
1971-yil dekabrda Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida yana qurolli nizo sodir boʻlib, uning jarayonida K.dagi oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi bir necha yerida buzildi. 1972-yil 30-iyun — 3-iyulda Hindiston va Pokiston rahbarlarining Simlada oʻtkazilgan kengashida bitim imzolanib, unga koʻra, har 2 tomon oʻrtada mavjud tortishuvli masalalarni tinch yoʻl bilan hal etishni oʻz zimmasiga oldi. 1972-yil avgustda Dehlida oʻtkazilgan muzokaralarda esa tomonlar K.dagi ilgarigi oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi oʻrniga yangi nazorat chizigʻi belgilab oldi. Nazorat chizigʻi demarkatsiyasi 1972-yil dekabrda har 2 tomon harbiy qoʻmondonligi vakillari tomonidan tugatilgan. Shunday boʻlsada, Pokiston K.ni oʻz hududiga qoʻshib olish daʼvosidan hanuz voz kechgan emas.