Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
ispancha: Copa Mundial de Fútbol de 1930 | |
---|---|
Chempionatning Guillermo Laborde tomonidan tayyorlangan rasmiy posteri | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Urugvay |
Shahar(lar) | 1 |
Sana | 13–30-iyul, 1930-yil |
Jamoalar | 13 |
Bellashuv joylari | 3 (1 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Urugvay (1-marta) |
2-oʻrin | Argentina |
3-oʻrin | AQSh |
4-oʻrin | Yugoslaviya |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 18 |
Gollar soni | 70 (har oʻyinda oʻrtacha 3.89 ta) |
Muxlislar soni | 549 090 (har oʻyinda oʻrtacha 30 505 ta) |
Toʻpurar(lar) | Guillermo Stábile(en) (8 ta gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Jose Nasazzi |
Eng yaxshi darvozabon | Enrique Ballesteros |
1934 → |
Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati (inglizcha: 1930 FIFA World Cup, ispancha: Copa Mundial de Fútbol de 1930) — FIFA tomonidan ilk bor tashkil etilgan jahon chempionati. Chempionat 1930-yil 13–30-iyul kunlari Urugvayda boʻlib oʻtgan. Birinchi jahon chempionatini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1928-yil 26-mayda FIFA tomonidan qabul qilingan va 1929-yil 18-mayda Urugvay davlati ovoz berish yoʻli bilan mezbon sifatida tanlab olingan. Birinchi jahon chempionatining barcha oʻyinlari Urugvay poytaxti — Montevideoda boʻlib oʻtgan. Montevideoda jahon chempionati uchun 90 000 tomoshabinga moʻljallangan Centenario stadioni qurilgan.
Musobaqaga FIFAga aʼzo barcha davlatlar taklif qilingan. Biroq, bor-yoʻgʻi 13 ta jamoa musobaqada ishtirok etish uchun Urugvayga borgan: Janubiy Amerikadan yettita, Yevropadan toʻrtta va Shimoliy Amerikadan ikkita jamoa. Yevropa jamoalarining soni kamligi XX asrning birinchi yarmida Janubiy Amerikaga borish qiyin boʻlgani bilan izohlangan. Qurʼa natijalariga koʻra jamoalar toʻrt guruhga boʻlingan. Har bir guruh gʻoliblari pley-off bosqichiga yoʻl olishdi . Jahon chempionatlari tarixidagi dastlabki ikki uchrashuv bir vaqtda boshlandi. Ularda Fransiya va AQSH mos ravishda Meksikani 4:1, Belgiyani 3:0 hisobida magʻlub etgan. Fransiyalik Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifi hisoblanadi .
Musobaqa oldidan mezbon mamlakat jamoasi eng kuchli terma jamoa sifatida baholanar edi. Chunki Urugvay milliy futbol terma jamoasi 1924 va 1928-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan futbol musobaqasida gʻolib chiqqan. Urugvay jahon kubogini ham qoʻlga kiritdi: yarim finalda Urugvay Yugoslaviya terma jamoasini, Argentina esa AQSh terma jamoasini magʻlub etdi . 68 ming tomoshabin koʻz oʻngida boʻlib oʻtgan final bahsida urugvayliklar 4:2 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi va jahon kubogining ilk sohibiga aylanishdi .
Futbol boʻyicha milliy terma jamoalar oʻrtasidagi birinchi uchrashuv 1872-yilda Glazgoda Shotlandiya va Angliya oʻrtasida boʻlib oʻtgan va golsiz durang bilan yakunlangan[1]. XIX–XX asrlarda futbol dunyo boʻylab tez surʼatda ommalashib borgan. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) ushbu sport turini 1900 va 1904-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari tarkibiga koʻrgazmali sport turi (gʻoliblarga medal berilmaydi) sifatida kiritishga qaror qildi. Shuningdek, 1906-yilgi olimpiya oʻyinlarida ham futbol sport turi boʻyicha gʻoliblarga medal berilmagan[2].
1904-yilda FIFA tashkil etilgan. Shundan soʻng FIFA Olimpiya oʻyinlari doirasidan tashqarida jahon miqyosidagi futbol turnirini oʻtkazishga harakat qila boshlagan. Musobaqa 1906-yilda Shveysariyada boʻlib oʻtishi kerak edi. Biroq, musobaqa bekor qilingan[3]. 1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida futbol rasmiy sport turlari roʻyxatiga kiritilgan. Turnirning oltin medallarini Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan Angliya havaskorlar terma jamoasi qoʻlga kiritdi. Inglizlar bu natijani Stokgolmda oʻtkazilgan keyingi olimpiya oʻyinlarda ham takrorlashgan[4].
Olimpiya oʻyinlarida faqat havaskorlar ishtirok etganligi sababli Shotlandiyalik savdogar — Thomas Lipton 1909-yilda Turinda „Sir Thomas Lipton Trophy“ nomli turnir oʻtkazgan. Ushbu turnirda turli mamlakatlarning professional klublari ishtirok etishgan (har bir mamlakatdan bittadan klub). Turnir shuningdek „Birinchi jahon chempionati“ deb ham atalgan[5]. Chunki Italiya, Shveysariya va Germaniya klublari ham turnirda ishtirok etishgan. Biroq, Angliya Futbol Assotsiatsiyasiyasi turnirni eʼtiborsiz qoldirib, oʻzining professional jamoasini ishtirok uchun Turin shahriga yubormadi. Bunga javoban Lipton Angliya sharafini himoya qilish uchun tarkibi Durham grafligida yashovchi havaskorlardan iborat boʻlgan „West Auckland“ klubini taklif qildi[6][7]. „West Auckland“ klubi ushbu turnirda gʻolib chiqdi va 1911-yilda oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi[7].
1910-yilda Buenos Ayresda Yevropadan tashqaridagi birinchi xalqaro turnir — „May inqilobining yuz yilligi kubogi“ boʻlib oʻtgan. Unda Argentina, Urugvay va Chili terma jamoalari ishtirok etgan. Gʻalabani tarkibining asosiy qismi Britaniya orollari aholisidan iborat boʻlgan Argentina terma jamoasi qoʻlga kiritgan. Ushbu musobaqa ilk marotaba 1916-yilda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika chempionati (hozirgi Amerika kubogi)ning tashkil etilishiga turtki boʻlgan[8].
1914-yilda FIFA olimpiya oʻyinlari tarkibidagi futbol musobaqalarini „Havaskorlar futboli boʻyicha jahon chempionati“ deb tan olishga rozi boʻldi va musobaqani oʻtkazish masʼuliyatini oʻz zimmasiga oldi[9]. 1920-yilgi olimpiada oʻyinlarida Yevropaning 13 jamoasi bilan bir qatorda Misr jamoasi ham ishtirok etdi. Belgiya terma jamoasi turnir g‘olibi boʻldi[10]. Biroq, faqat Urugvay terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlangan 1924-yilgi olimpiya oʻyinlari doirasidagi musobaqa FIFA tomonidan birinchi jahon chempionati sifatida eʼtirof etilgan[9]. 1928-yilda urugvayliklar chempionlik unvonini himoya qilishgan.
1921-yildan beri prezident Jules Rimet rahbarlik qilib kelayotgan FIFA tashkiloti futbolga boʻlgan qiziqish yanada ortganligi sababli futbol boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazishga qaror qildi. 1928-yil 26-mayda, olimpiya oʻyinlarida futbol musobaqasi boshlangan kuni Amsterdamda FIFA kongressi boʻlib oʻtdi. Kongressda oʻtkazilgan soʻrovnoma natijasi (25 ta „rozi“; 5 ta „qarshi“ — barchasi Skandinaviya davlatlari; 1 ta betaraf — Germaniya[11])ga koʻra 1930-yilgi musobaqa FIFA tasarrufi ostida oʻtishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi[12]. Ushbu qarorga XOQ va FIFA oʻrtasidagi turnirda ishtirok etuvchi futbolchilarning darajasi (havaskor yoki professional) borasidagi ziddiyat sabab boʻldi[13]. Rimet professional sportchilar ishtirok etishi tarafdori edi. Lekin bu oʻsha paytdagi olimpiya oʻyinlarida professional sportchilarning ishtirok etishini taqiqlovchi qoidaga zid boʻlgan[14].
Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Niderlandiya va Urugvay davlatlari birinchi jahon chempionati mezbonligiga daʼvogarlik qilgan[15][16]. Ovoz berish jarayonida oʻsha paytgacha milliy terma jamoasi ikki marta olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlishga ulgurgan va oʻz arizasida jahon chempionati uchun katta stadion qura olish imkoniyati borligini maʻlum qilgan Urugvay davlati ustunlik qildi[17]. Mezbonlar ishtirokchilarning turnir davomidagi xarajatlarini qoplash majburiyatini ham oʻz zimmasiga olishdi[18]. Boshqa raqobatchi davlatlar taslim boʻldi[19] va 1929-yil 18-mayda Barselonada boʻlib oʻtgan FIFA kongressida Urugvay bir ovozdan birinchi jahon chempionati mezboni sifatida eʼlon qilindi[20].
Jahon chempionati kubogi dizayni fransiyalik haykaltarosh Abel Lafleur tomonidan ishlab chiqilgan[20]. Balandligi 35 sm, ogʻirligi 3.8 kg boʻlgan kumush kubokning yuzasi 925 probali oltin bilan qoplangan. Asosi lojuvard toshlar bilan bezatilgan[21].
Birinchi jahon chempionati futbol tarixida saralash bosqichisiz oʻtkazilgan yagona musobaqa hisoblanadi. FIFAga aʼzo boʻlgan har bir davlat turnirga taklif qilingan. Jamoalar 1930-yilning 28-fevral kuniga qadar FIFAga chempionatda ishtirok etish yoki etmaslik haqidagi qarorlarini maʼlum qilishi kerak edi. Ishtirok etishga rozilik bildirgan jamoalarning aksariyati Amerika qitʼasi mamlakatlari edi: Argentina, Braziliya, Boliviya, Chili, Meksika, Paragvay, Peru va AQSh. Mezbon Urugvay terma jamoasi bilan qoʻshib hisoblanganda turnirda yettita Janubiy Amerika va ikkita Shimoliy Amerika terma jamoasi ishtirok etgan.
Urugvayga Atlantika okeani orqali faqat kemada borish mumkin edi[15]. Bu esa koʻp vaqt va katta xarajat talab qiladi. Shuning uchun Yevropa qitʼasidan jahon chempionatiga atigi toʻrtta jamoa roʻyxatga olindi[22]. Ammo Yevropa jamoalarining hech biri yakuniy qarorini 28-fevralgacha FIFAga maʼlum qilmagan. Buning sababi sifatida jahon iqtisodiy inqirozi koʻrsatilgan. Jahon iqtisodiy inqirozining choʻqqisi 1929–1930-yillar qishiga toʻgʻri keldi. Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya jamoalari oʻsha paytda FIFA aʼzosi hisoblanmasa ham Urugvay Futbol Assotsiatsiyasi Yevropadagi jamoalarni jalb qilish uchun Angliya Futbol Assotsiatsiyasiga xat yuborgan. Bu taklif 1929-yil 18-noyabrda Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan rad etilgan[23]. Turnir boshlanishiga ikki oy vaqt qolgan paytda ham Yevropa jamoalaridan hech biri turnirda ishtirok etishga rasman rozilik bermagan edi[24].
Faqat FIFA prezidenti Jules Rimetning aralashuvidan soʻng Belgiya, Fransiya, Ruminiya va Yugoslaviya terma jamoalari kemada Urugvayga borishga kelishib olishdi. Ruminiya terma jamoasiga Constantin Rădulescu murabbiylik qilgan. Rudolf Wetzer esa Ruminiya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan. Jamoa Ruminiyaning yangi saylangan qiroli — Carol IIning shoshilinch buyrugʻiga binoan musobaqaga joʻnatilgan. Jamoa tarkibini qirolning shaxsan oʻzi tanlagan. Shuningdek, Carol II Ruminiya futbol federatsiyasi rahbarlariga futbolchilar musobaqadan qaytganlaridan soʻng ish bilan taʼminlanishi toʻgʻrisida maʼlum qilgan[25]. Fransuzlar turnirga Jules Rimetning talabidan soʻng yoʻl olishgan. Ammo „uchranglilar“ning asosiy himoyachisi — Manuel Anatol va bosh murabbiy Gaston Barreau Urugvayga borishga rozi boʻlmadi[20]. Belgiyaliklar turnirga murabbiy Rodolphe Seeldrayers qoʻl ostida yoʻl olishdi[26].
Biz „Conte Verde“ kemasida 15 kun suzib yurdik. Villefranche-sur-Mer portidan joʻnadik. Yoʻlda belgiyaliklar va ruminiyaliklar bizga qoʻshilishdi. Paluba ostida mashgʻulot oʻtkazdik. Murabbiy umuman taktika haqida gapirmadi… —Lucien Laurent, Fransiya terma jamoasi futbolchisi[27]
|
Ruminiyaliklar Genuya shahridan „Conte Verde“ nomli kemada Urugvay tomon yoʻl oldi. Fransuzlar 1930-yilning 21-iyun kunida Villefranche-sur-Mer portidan ruminiyaliklarga qoʻshilishdi[28]. Belgiyaliklar esa Barselonadan xuddi shu kemaga chiqishdi[29]. Kemada futbolchilardan tashqari FIFA prezidenti — Jules Rimet, 3 nafar hakam: John Langenus, Henri Christophe, Thomas Balvay va jahon chempioniga topshiriladigan maxsus kubok ham bor edi. 1930-yilning 29-iyun kuni Braziliya terma jamoasi aʼzolari ham Rio-de-Janeyrodagi portdan „Conte Verde“ga chiqishdi. Bu jamoalarning barchasi 4-iyulda Urugvayga yetib kelishdi[24]. Yugoslaviya terma jamoasi Marsel shahridan yoʻlga chiqqan „Florida“ nomli kemada Urugvayga yetib bordi[29].
Dastlab Yugoslaviyada terma jamoasining ushbu turnirda ishtirok etishi shubha ostiga olingan. Xorvatiyalik futbolchilar 16-mart kuni Yugoslaviya futbol federatsiyasining shtab-kvartirasi Zagrebdan Belgradga ko‘chirilishi munosabati bilan milliy terma jamoaga boykot eʼlon qilganidan so‘ng, qirol Aleksandr I terma jamoani moliyalashtirishdan bosh tortdi[30]. Belgradlik mutasaddilar bu muammoga yechim topishdi. Ular birinchi navbatda „Beograd“ va „Jugoslavija“ klublaridan faqat mahalliy (serbiyalik) futbolchilardan iborat boʻlgan jamoa tuzishga qaror qilishdi. Shuningdek, Fransiyada faoliyat yuritayotgan uchta serbiyalik futbolchi (jumladan, Ivan Bek) terma jamoa safiga chaqirildi. Shunday qilib, Yugoslaviya terma jamoasi sharafini faqat serbiyalik futbolchilar himoya qilishdi. Beograd klubi futbolchilari — Blagoje Marjanović va Aleksandar Tirnanić milliy terma jamoada yetakchilik qilishdi. Yugoslaviya turnirdagi eng yosh tarkibga ega terma jamoa edi. Tarkibning oʻrtacha yoshi — 21 yosh-u 258 kun boʻlgan. Ushbu tarkib Yugoslaviya va Serbiya futboli tarixida jahon chempionatlaridagi ishtiroki davomida eng yaxshi natija (4-oʻrin)ni qayd etgan[31][32].
Shu kabi muammolar Braziliya terma jamoasida ham yuzaga kelgan. Hali mamlakatda yagona chempionat tashkil etilmagan edi. Eng yaxshi klublar shtat chempionatlari orqali aniqlab olindi. Rio-de-Janeyro va San-Paulu shtatlarining futbol federatsiyalari oʻrtasidagi ziddiyat Braziliya terma jamoasi tarkibining asosiy qismi Rio shtati mahalliy chempionati — Karioka ligasida ishtirok etuvchi klublar futbolchilaridan tuzilishiga sabab boʻldi. San-Paulu shtatining sport assotsiatsiyasi — APEA Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (BFK)dan oʻz vakilini milliy terma jamoaning texnik shtabiga kiritishni talab qildi. Lekin BFK bunga rozi boʻlmadi. APEA oʻz futbolchilarini jahon chempionatiga yuborishdan bosh tortdi. San-Paulu shtatidagi klublarning yagona vakili — Araken Patusca esa „klubsiz futbolchi“ maqomida jahon chempionatida ishtirok etgan[33][34][35][36].
Futbolchilar
soni |
Klub |
---|---|
9 | Club Alianza Lima(en) |
Universitario(en) | |
8 | Colo-Colo |
Nacional | |
Beograd(en) | |
7 | Atlante(en) |
5 | Oruro Royal[en] |
Fluminense(en) | |
Racing(en) | |
América(en) | |
Libertad(en) | |
Olimpia(en) | |
Peñarol(en) |
Tarkiblarni shakllantirish jarayonida hali futbolchilar soniga nisbatan maʼlum cheklov oʻrnatilmagan edi. Natijada har bir jamoa turnirga turli yoshdagi 15–25 nafar futbolchini olib bordi. Turnirning eng yosh futbolchisi braziliyalik Carvalho Leite (18 yosh-u 1 oylik) edi[41][42]. U Boliviyaga qarshi oʻyinda markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qilgan. Turnirdagi eng keksa futbolchi esa belgiyalik Jean de Bie (38 yosh-u 1 oylik) edi[43]. Biroq, u birorta ham oʻyin oʻtkazmagani uchun kamida bir oʻyin oʻtkazgan chililik himoyachi — Ulises Poirier FIFA tomonidan jahon chempionatining eng keksa futbolchisi sifatida rasman eʼlon qilindi. Poirier Meksikaga qarshi oʻtkazilgan oʻyin kunida 33 yosh-u 5 oylik edi[44]. Taxminlarga koʻra, eng keksa futbolchi Rafael Garza Gutiérrez boʻlib, u turnir boshlanganda 33 yosh-u 7 oylik boʻlgan[42]. Lekin FIFA Gutiérrezning yoshini 26 yosh-u 4 oy deb koʻrsatgan. FIFA Rafaelni uning ukasi Francisco Garza Gutiérrez bilan adashtirib yuborgan boʻlishi ehtimoli ham mavjud[45].
Deyarli barcha futbolchilar oʻz milliy chempionatlarida oʻynashgan. Fransiya chempionatidagi uchta yugoslaviyalik futbolchilar bundan mustasno. Bular: hujumchi Branislav Sekulić („Montpellier“), Ljubiša Stevanović va Ivan Bek (ikkalasi ham „Sète“ klubi futbolchisi). Turnirdan soʻng Bek Fransiya fuqaroligini oldi va Fransiya terma jamoasi safida beshta oʻyinda maydonga tushdi[46].
Aksariyat terma jamoalar tarkibining katta qismi bir klubda faoliyat yurituvchi futbolchilardan iborat boʻlgan. Peru tarkibidagi futbolchilarining koʻpchiligi poytaxt klublari — „Alianza Lima“ va „Universitario“ aʻzosi edi (har bir klubdan to‘qqiz nafardan); Chili terma jamoasi tarkibidagi 8 nafar futbolchi mamlakatning eng mashhur jamoasi — Colo-Colo futbolchilari edi[47]; Yugoslaviya terma jamoasining asosiy qismi 1930-yillarda besh karra chempion boʻlgan „Beograd“ klubi futbolchilaridan iborat boʻlgan. Urugvay terma jamoasining tarkibi asosan Montevideoning ikkita klubi — „Nacional“ va „Peñarol“ futbolchilaridan iborat boʻlgan; Meksika terma jamoasining katta qismi „Atlanta“ va „Amerika“ klublari safida harakat qiluvchi futbolchilaridan iborat edi. Paragvay terma jamoasi murabbiylar shtabi chempionat yetakchilari — „Olimpia“ va „Libertad“ futbolchilariga ishonch bildirdi. Yana uchta klub kamida besh nafarardan futbolchisini terma jamoa safiga yubordi. Bular: Boliviyaning „Oruro Royal“, Braziliyaning „Fluminense“ va Fransiyaning „Racing“ klublari.
Turnirning soʻzsiz favoriti hisoblangan Urugvay terma jamoasi tarkibida olti nafar ikki karra olimpiada chempionlari (Jose Nasazzi, Jose Andrade, Pedro Cea, Pedro Petrone, Hector Scarone va Santos Urdinaran) bor edi. AQSh terma jamoasining bir qismi Amerika fuqaroligini qabul qilgan britaniyalik muhojir futbolchilardan iborat boʻlgan[48]. Shotlandiyalik Jimmy Gallagher, Alexander Wood, Andy Auld, Jim Brown, Bart McGhee hamda ingliz George Moorhouse shular jumlasidan.
Barcha oʻyinlar Urugvay poytaxti Montevideodagi Centenario, Pocitos va Grand Parc Central stadionlarida boʻlib oʻtgan. Centenario stadioni jahon chempionatini oʻtkazish uchun qurilgan va Urugvay konstitutsiyasi qabul qilinganligining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay xalqiga sovgʻa qilingan. Juan Antonio Scasso loyihasi asosida qurilgan mazkur stadionni Jules Rimet „kelajakdagi futbol ibodatxonasi“ deb atagan[20][49]. 90 000 muxlisga moʻljallangan Centenario stadioni ayni paytda Britaniya orollaridan tashqarida joylashgan eng katta stadionga aylangan[26]. Stadionda 18 ta o‘yindan 10 tasi, jumladan, yarim final va final o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Biroq, kuchli yomgʻir tufayli stadionning qurilishi turnir boshlanganidan 5 kun oʻtgach yakunlangan[17]. Qurilish ishlari yakunlangunga qadar oʻyinlarga Gran Parque Central va Pocitos (mos ravishda „Nacional“ va „Peñarol“ klublariga tegishli) stadionlari mezbonlik qilgan.
Montevideo | ||
---|---|---|
Centenario | Gran Parque Central | Pocitos |
34°53′40″S 56°9′10″W / 34.89444°S 56.15278°W | 34°54′4″S 56°9′32″W / 34.90111°S 56.15889°W | 34°54′18″S 56°9′22″W / 34.90500°S 56.15611°W |
Sigʻimi: 90,000 | Sigʻimi: 20,000 | Sigʻimi: 10,000 |
Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati (Montevideo) |
1930-yilgi jahon chempionatida toʻqqiz mamlakatdan 15 nafar hakam ishlagan. Ulardan 11 nafari kamida bitta oʻyinda bosh hakam sifatida ishlagan. Chempionat bahslarini Yevropa qitʼasidan to‘rt nafar (fransuz Thomas Balvay, ruminiyalik Constantin Rădulescu (u Ruminiya terma jamoasi murabbiyi ham edi)[50] va ikki belgiyalik — Henri Christophe va John Langenus) hamda Amerika qitʼasidan 11 nafar (olti nafari Urugvaylik) hakam boshqarib borgan. Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiysi Rădulescudan tashqari Boliviya terma jamoasi bosh murabbiyi Ulises Saucedo ham bahslarda hakamlik qilgan[51].
Hakamlikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatoliklarni kamaytirish maqsadida turnir boshlanishidan oldin barcha hakamlar ishtirokida oʻyindagi ehtimoliy bahsli vaziyatlarni muhokama qilish uchun qisqa yigʻilish oʻtkazilgan[52]. Biroq, turnir hakamlar bilan bo‘lgan ikkita voqea sabab yodda qoldi: braziliyalik hakam Gilberto de Almeida Rêgo Argentina va Fransiya o‘rtasidagi bahsni asosiy vaqt tugashiga olti daqiqa qolganida yakunladi. Boliviyalik Ulises Saucedo esa Argentina – Meksika (6:3) uchrashuvida 3 ta penalti belgiladi. Qizigʻi shundaki, ushbu uchta penaltidan faqat bittasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi[50][53].
Hakam | Oʻyinlar | Bosh hakam sifatida | Yordamchi hakam sifatida |
---|---|---|---|
Thomas Balvay | 4 | 1 | 3[Hakam 1] |
Henri Christophe | 5 | 1 | 4[Hakam 2] |
John Langenus | 6 | 4[Hakam 1][Hakam 2] | 2 |
Domingo Lombardi | 4 | 1 | 3 |
José Macías | 3 | 2 | 1 |
Francisco Mateucci | 4 | 1 | 3 |
Almeida Rêgo | 5 | 3[Hakam 1] | 2 |
Ulises Saucedo | 6 | 1 | 5[Hakam 1][Hakam 2] |
Anibal Tejada | 3 | 2 | 1 |
Ricardó Vallarino | 2 | 1 | 1 |
Álberto Warnken | 5 | 1 | 4[Hakam 1] |
Constantin Rădulescu | 2 | 0 | 2 |
Martin Aphesteguy | 2 | 0 | 2 |
Gualberto Alonso | 1 | 0 | 1 |
Gaspar Vallejo | 2 | 0 | 2 |
Izohlar:
Dastlab turnir tashkilotchilari turnirni pley-off (har bir oʻyindan soʻng magʻlub boʻlgan jamoa musobaqani tark etadi) formatida oʻtkazish haqida oʻylashgan. Biroq, jamoalar soni 13 ta ekanligi musobaqaning bu formatda oʻtkazilishiga toʻsiq boʻlgan va tashkilotchilar guruh bosqichini ham oʻtkazishga qaror qilishgan[54]. A guruhida 4 ta, B, C va D guruhlarida esa 3 tadan jamoa oʻrin oldi. Bir guruhdagi jamoalar bir martadan oʻzaro bahs yuritishdi. Har bir guruh g‘oliblari pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Guruh bosqichida g‘alaba uchun 2 ochko, durang uchun 1 ochko, mag‘lubiyat uchun esa 0 ochko berildi. Ochkolari teng boʻlib qolgan jamoalar oʻrtasida gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha oʻyin oʻtkazildi. Pley-off oʻyinlarida durang qayd etilgan taqdirda gʻolib aniqlanmaguncha takroriy oʻyin oʻtkazilgan. Turnirdagi birorta oʻyinda oʻzgarish qilishga ruxsat berilmagan[55].
Qurʼa tashlash marosimi 1930-yil 7-iyulda, musobaqa boshlanishiga bir haftadan kamroq vaqt qolganda boʻlib oʻtdi. Jamoalarni guruhlarga taqsimlashda tashkiliy qoʻmita quyidagi jihatni hisobga oldi: har bir jamoa kamida bitta turnir favoriti bilan oʻynashi kerak. Shunda barcha favoritlar pley-offga chiqish uchun nazariy imkoniyatga ega boʻladi. Oʻsha paytda jamoalar reytingga ega boʻlmaganligi uchun tashkiliy qoʻmita aʼzolarining oʻzlari yuqorida taʼkidlangan jihatga asosan jamoalarni savatchalarga joylashtirib chiqishgan. FIFA tomonidan Urugvay, Braziliya va Argentina jamoalarining finalga chiqish imkoniyati yuqori baholandi. Toʻrtinchi oʻringa esa AQSh joylashtirildi[53]. Oldin Yevropa, keyin Amerika jamoalari guruhlarga tasodifiy ravishda taqsimlandi[56].
Saralangan jamoalar | Yevropa jamoalari | Boshqa jamoalar |
---|---|---|
Qurʼa tashlash marosimidan soʻng chempionatning oʻtkazilish vaqti ham aniqlab olindi. Chempionat 13-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da bir vaqtning o‘zida ikkita o‘yin bilan boshlandi: „A“ guruhida Fransiya – Meksika va „D“ guruhida AQSH – Belgiya. Guruh bosqichi 22-iyul kuni „A“ guruhidan o‘rin olgan Argentina va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan yakunlanadigan boʻldi. Yarim final bahslari 26 va 27-iyul kunlariga, final esa 30-iyulga belgilandi.
Meksika bilan bahs paytida qor yogʻdi. Oʻshanda janubiy yarimsharda qish edi. Jamoadoshlarimdan biri toʻpni menga uzatib berdi va men havodagi toʻpga oʻng oyogʻim bilan zarba berdim. Hamma meni tabrikladi. Ularning koʻz oʻngida tarix yaratilganga oʻxshardi. Qisqa qoʻl siqishishlardan soʻng biz yana oʻyinga qaytdik. —Lucien Laurent, Fransiya terma jamoasi futbolchisi[27]
|
Ushbu guruhdan Argentina, Chili, Fransiya va Meksika terma jamoalari oʻrin oldi. Jahon chempionatining dastlabki ikki o‘yinidan biri — Fransiya va Meksika jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 13-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da „Pocitos“ stadionida boshlangan. Ushbu uchrashuvni urugvaylik hakam Domingo Lombardi boshqarib borgan. 19-daqiqada Ernest Libératining uzatmasidan soʻng Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifiga aylandi[57][58]. Taxminan oʻn daqiqa oʻtgach, Fransiya terma jamoasi darvozaboni Alex Thépot jarohati tufayli maydonni tark etishga majbur boʻldi. Yarim himoyachi Augustin Chantrel esa oʻyinning qolgan qismini darvozabon sifatida davom ettirdi. Fransuzlar Marcel Langiller va André Maschinotning saʼy-harakatlari bilan yana ikki bor gol urishga muvaffaq boʻlishdi. 70-daqiqada Juan Carreño hisobdagi farqni qisqartirdi. 17 daqiqadan soʻng André Maschinot jahon chempionatlari tarixidagi ilk dubl muallifiga aylandi va oradagi ikki golli farq tiklandi[58].
Meksika ustidan qozonilgan g‘alabadan ikki kun o‘tib fransuzlar guruh favoriti – Argentina bilan to‘qnash kelishdi. Darvozabon Thépot Argentinaga qarshi bahsga qadar jarohatdan tiklanishga ulgurdi. Biroq, 83-daqiqada Luis Monti tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan gol oʻtkazib yubordi va ushbu gol oʻyinda yagona boʻlib qoldi[59]. Uchrashuv bosh hakami Gilberto de Almeida Rêgo oʻyinning asosiy vaqti yakunlanishiga 6 daqiqa qolganda bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Bu qaror muxlislarga yoqmadi va ular maydonga yugurib chiqishdi. Maydonda yuzaga kelgan tartibsizlikni bartaraf etish uchun otliq politsiya yordamidan foydalanishga toʻgʻri keldi. Kiyinish xonasiga kirayotgan paytda fransuzlar ham hakamning qaroriga eʼtiroz bildirishdi va uni qolgan 6 daqiqani yakunlab qoʻyishga koʻndirishdi[60]. O‘yin qolgan joyidan davom etdi va oxirigacha hisob oʻzgarmadi. Urugvayliklar raqiblarini olqishlar bilan kuzatib qoʻyishdi. Argentina final hushtagi yangraganidan keyin ancha vaqt oʻtib oʻyinni davom ettirish qaroriga qarshi FIFAga norozilik bildirgan va hattoki turnirdan chiqishi mumkinligini ham istisno qilmagan[53]. Ertasi kuni Chili va Meksika terma jamoalari oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtdi va chililiklarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[61].
Fransiya terma jamoasining ushbu turnirdagi so‘nggi o‘yini (Chiliga qarshi) jahon chempionati tarixidagi ilk penalti belgilanganligi bilan yodda qoldi. Belgilangan penaltini chililik Carlos Vidal oʻyinning 30-daqiqasida amalga oshirdi. Biroq, darvozabon Thépot zarbani qaytardi[62]. Argentina va Meksika terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda uchta penalti belgilandi va ulardan birida meksikalik darvozabon Óscar Bonfiglio argentinalik Fernando Paternosterning zarbasini qaytardi[62]. „Albiseleste“ futbolchisi Guillermo Stábile xalqaro maydondagi debyut uchrashuvida xet-trikka erishdi[63]. Argentinaliklar jamoa sardori Manuel Ferreira ishtirok etmagan bahsda Meksika terma jamoasini 6:3 hisobida magʻlub etdi. Manuel Ferreira haydovchilik guvohnomasi imtihoni uchun Buenos-Ayres shahriga ketganligi sababli Argentina – Meksika oʻyinida ishtirok eta olmagan[64]. 3-turdagi Argentina – Chili uchrashuvi guruh gʻolibini aniqlab bergan. Oʻyin nafaqat Argentinaning 3:1 hisobidagi gʻalabasi va yarim finalga yoʻl olishi, balki Montining meksikalik Arturo Torresga nisbatan oʻyin davomidagi qoʻpol harakatlari bilan ham yodda qoldi[60].
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Argentina | 3 | 3 | 0 | 0 | 10 | 4 | +6 | 6 |
2 | Chili | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 3 | +2 | 4 |
3 | Fransiya | 3 | 1 | 0 | 2 | 4 | 3 | +1 | 2 |
4 | Meksika | 3 | 0 | 0 | 3 | 4 | 13 | −9 | 0 |
13-iyul 1930 15:00 |
Fransiya | 4:1 | Meksika | „Pocitos“, Montevideo Tomoshabin: 4444 Hakam: Domingo Lombardi |
---|---|---|---|---|
Lucien Laurent 19' Marcel Langiller 40' André Maschinot 43' 87' |
Bayonnoma | Juan Carreño 70' |
15-iyul 1930 16:00 |
Argentina | 1:0 | Fransiya | „Gran Parque Central“, Montevideo Tomoshabin: 23 409 Hakam: Gilberto Rêgo |
---|---|---|---|---|
Luis Monti 81' | Bayonnoma |
16-iyul 1930 14:45 |
Chili | 3:0 | Meksika | „Gran Parque Central“, Montevideo Tomoshabin: 9249 Hakam: Henri Christophe |
---|---|---|---|---|
Carlos Vidal 3' 65' Manuel Rosas 51' (ag) |
Bayonnoma |
19-iyul 1930 12:50 |
Fransiya | 0:1[lower-alpha 1] | Chili | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 2000 Hakam: Anibal Tejada |
---|---|---|---|---|
Bayonnoma | Guillermo Subiabre 65' |
19-iyul 1930 15:00 |
Meksika | 3:6[lower-alpha 2] | Argentina | „Pocitos“, Montevideo Tomoshabin: 42 100 Hakam: Ulises Saucedo |
---|---|---|---|---|
Manuel Rosas 42' (pen) 65' Roberto Gayón 75' |
Bayonnoma | Guillermo Stábile 8' 17' 80' Adolfo Zumelzú 12' 55' Francisco Varallo 53' |
22-iyul 1930 14:45 |
Argentina | 3:1 | Chili | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 41 459 Hakam: John Langenus |
---|---|---|---|---|
Guillermo Stábile 12' 13' Mario Evaristo 51' |
Bayonnoma | Guillermo Subiabre 15' |
Ikkinchi guruhdan Yugoslaviya, Braziliya va Boliviya terma jamoalari oʻrin oldi. Qurʼa vaqtida saralangan va jahon chempionati favoriti hisoblangan Braziliya turnirning birinchi oʻyinida Yugoslaviya terma jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi[65]. Guruh bahslarining birortasida ham gʻalaba qozona olmagan Boliviya terma jamoasi „Olgʻa Urugvay“ (ispancha: Viva Uruguay) shiori tushirilgan futbolkalarda harakat qilish uchun chempionat boshlanishidan oldin tashkilotchilarga maʼlum miqdorda toʻlov qilgan[66]. Birinchi uchrashuvda boliviyaliklar Yugoslaviyaga yutqazdi. Boliviyaliklar so‘nggi yarim soat ichida to‘rt marta gol o‘tkazib yuborishdi va shu tariqa Yugoslaviya yarim finalga yo‘llanma oldi[61]. Bundan tashqari ushbu turnirda Boliviyaliklarning bir nechta goli hisobga olinmadi[66]. Yarim finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan Braziliya va Boliviya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan guruhning uchinchi o‘yinida Braziliya birinchi bo‘limda bitta, ikkinchi bo‘limda esa yana uchta gol urdi. Preguinho dubl qayd etdi[67]. Uchrashuvga kelgan muxlislar uchun oʻyinni kuzatish juda qiyin boʻldi. Chunki 45 daqiqa davomida jamoalar bir xil rangli formalarda harakat qilishdi. Tanaffusda Ulises Saucedo boshchiligidagi Boliviya terma jamoasi aʼzolari oʻz formalarini oʻzgartirishdi[68].
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Yugoslaviya | 2 | 2 | 0 | 0 | 6 | 1 | +5 | 4 |
2 | Braziliya | 2 | 1 | 0 | 1 | 5 | 2 | +3 | 2 |
3 | Boliviya | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 8 | −8 | 0 |
16-iyul 1930 12:45 |
Braziliya | 1:2 | Yugoslaviya | „Gran Parque Central“, Montevideo Tomoshabin: 24 059 Hakam: Anibal Tejada |
---|---|---|---|---|
Preguinho 65' | Bayonnoma | Aleksandar Tirnanić 21' Ivan Bek 30' |
14-iyul 1930 12:45 |
Yugoslaviya | 4:0 | Boliviya | „Gran Parque Central“, Montevideo Tomoshabin: 18 306 Hakam: Francisco Matteucci |
---|---|---|---|---|
Ivan Bek 60' 67' Blagoje Marjanović 65' Đorđe Vujadinović 85' |
Bayonnoma |
20-iyul 1930 13:00 |
Braziliya | 4:0 | Boliviya | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 25 466 Hakam: Thomas Balvay |
---|---|---|---|---|
Moderato 37' 73' Preguinho 67' 83' |
Bayonnoma |
Ushbu guruhdan turnir mezbonlari — Urugvay, Peru va Ruminiya terma jamoalari oʻrin olishdi. Guruhdagi Peru va Ruminiya terma jamoalari oʻrtasidagi birinchi oʻyinda turnirdagi eng tezkor gol urildi: 50-soniyadayoq Adalbert Deșu raqib darvozasiga toʻp kiritdi[69]. Peru – Ruminiya bahsida jahon chempionatlari tarixidagi ilk chetlatilish qayd etildi: uchrashuvning 56-daqiqasida Plácido Galindo chililik hakam Alberto Warnken tomonidan László Raffinskyga nisbatan qoʻpollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi. Peruliklar 75-daqiqada Luis de Souzaning saʼy-harakatlari evaziga hisobni tenglashtirishdi. Lekin oradan toʻrt daqiqa oʻtib Constantin Stanciu Ruminiya terma jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Darhol peruliklar qoidaga zid holatda oʻzgarish amalga oshirib, Souzaning oʻrniga Nue Rodrigesni maydonga tushirdi. Mutasaddilarning hech biri buni payqamadi. Chunki bu paytda futbolchilarning formalariga raqamlar yozish yoʻlga qoʻyilmagan edi. Shuning uchun koʻpchilik muxlislar va uchrashuv rasmiylari futbolchilarni yaxshi tanimagan. Peruliklar esa bundan unumli foydalanishdi[70]. Ammo bu oʻzgarish Ruminiya terma jamoasining uchinchi golini kiritishiga va yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozonishiga to‘sqinlik qila olmadi. Mazkur uchrashuv eng kam muxlis tashrif buyurgan oʻyin sifatida jahon chempionati tarixida qoldi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, oʻyinga atigi 2549 tomoshabin tashrif buyurgan[71].
„Centenario“ stadioni qurilishi yakunlanmaganligi uchun Urugvay terma jamoasining birinchi o‘yini 5 kunga kechiktirildi. Chunki tashkilotchilar stadionni urugvayliklar ishtirokidagi o‘yin bilan ochmoqchi edi. Birinchi o‘yin oldidan „Centenario“da Urugvay Konstitutsiyasi qabul qilinganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Turnirdan toʻrt hafta oldin urugvayliklar qattiq nazorat ostida yigʻin oʻtkazishdi. Rafiqasi bilan uchrashish uchun murabbiyning ruxsatisiz mashgʻulot maydonini tark etgan urugvaylik darvozabon Andrés Mazali jamoadan chetlatildi[72]. Urugvayning birinchi konstitutsiyasi qabul qilinganidan roppa-rosa 100 yil o‘tib, Urugvay terma jamoasi ishtirokida jahon chempionatining ilk o‘yini bo‘lib o‘tdi: turnir mezbonlari peruliklarga qarshi kechgan shiddatli bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi[73]. Uchrashuvga tashrif buyurgan tomoshabinlar Peruning himoya chizigʻini alohida taʼkidlab oʻtishdi. Peru bu turnirda urugvayliklardan atigi 1 ta toʻp oʻtkazib yuborgan yagona jamoa boʻldi[74]. Urugvay matbuotida terma jamoa yaxshi oʻyin koʻrsatmaganligi uchun tanqid qilindi. Peruda esa terma jamoa turnirni tark etganiga qaramay ular koʻrsatgan oʻyin shov-shuvga sabab boʻldi[73]. Keyingi o‘yinda Urugvay birinchi bo‘limning oʻzida ruminiyaliklar darvozasiga 4 ta gol urdi va Ruminiyani 4:0 hisobida hech qanday qiyinchiliksiz magʻlub etdi.
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Urugvay | 2 | 2 | 0 | 0 | 5 | 0 | +5 | 4 |
2 | Ruminiya | 2 | 1 | 0 | 1 | 3 | 5 | −2 | 2 |
3 | Peru | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 4 | −3 | 0 |
14-iyul 1930 14:50 |
Ruminiya | 3:1 | Peru | „Pocitos“, Montevideo Tomoshabin: 2549 Hakam: Alberto Warnken |
---|---|---|---|---|
Adalbert Deșu 1' Constantin Stanciu 79' Nicolae Kovács 89' |
Bayonnoma | Luis de Souza 75' |
18-iyul 1930 14:30 |
Urugvay | 1:0 | Peru | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 57 736 Hakam: John Langenus |
---|---|---|---|---|
Héctor Castro 60' | Bayonnoma |
21-iyul 1930 14:50 |
Urugvay | 4:0 | Ruminiya | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 70 022 Hakam: Gilberto Rêgo |
---|---|---|---|---|
Pablo Dorado 7' Héctor Scarone 24' Peregrino Anselmo 30' Pedro Cea 35' |
Bayonnoma |
Bu guruhda birinchi oʻyinda belgiyaliklarni 3:0 hisobida magʻlub etgan AQSh terma jamoasi yetakchilik qildi. Bu holat koʻpchilik uchun kutilmagan boʻldi va Urugvayning „Imparcial“ nashri holatga nisbatan shunday munosabat bildirdi: „Amerikaliklarning faolligi koʻpchilik mutaxassislarni hayratda qoldirdi“[75]. Belgiya terma jamoasi vakillari o‘z mag‘lubiyatiga sifatsiz futbol maydoni va noxolis hakamlikni sabab qilib koʻrsatishgan. Belgiya darvozasiga ikkinchi gol urilganda hakamlar ofsaydni payqamaganligini iddao qilishgan[75]. Kuchli shamol ostida kechgan guruhning ikkinchi oʻyini amerikalik futbolchi Bert Patenaud tomonidan amalga oshirilgan jahon chempionati tarixidagi ilk xet-trik bilan yodda qoldi[76]. 2006-yil 10-noyabrga qadar turnir tarixidagi birinchi xet-trik argentinalik Guillermo Stábilega emas, undan 2 kun keyin bu ishni amalga oshirgan Bert Patenaudga tegishli deb hisoblangan. Keyinchalik maʻlum boʻlishicha, gollardan biri Bert emas balki uning jamoadoshi Tom Florie tomonidan kiritilgan[77][78]. AQSh terma jamoasi guruhdagi ikkala oʻyinda ham gʻalaba qozonib, birinchi oʻrinni egalladi va pley-offda oʻynash huquqini muddatidan oldin qoʻlga kiritdi. Shu sababli Paragvay va Belgiya oʻrtasidagi soʻnggi oʻyin (Paragvay 1:0 hisobida gʻalaba qozondi) oʻz ahamiyatini yoʻqotdi[61].
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | AQSh | 2 | 2 | 0 | 0 | 6 | 0 | +6 | 4 |
2 | Paragvay | 2 | 1 | 0 | 1 | 1 | 3 | −2 | 2 |
3 | Belgiya | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 4 | −4 | 0 |
13-iyul 1930 15:00 |
AQSh | 3:0 | Belgiya | „Gran Parque Central“, Montevideo Tomoshabin: 18 306 Hakam: Jose Maciaas |
---|---|---|---|---|
Bart McGhee 23' Tom Florie 45' Bert Patenaude 69' |
Bayonnoma |
17-iyul 1930 14:45 |
AQSh | 4:0 | Paragvay | „Gran Parque Central“, Montevideo Tomoshabin: 18 346 Hakam: Jose Maciaas |
---|---|---|---|---|
Bert Patenaude 10' 15' 50' | Bayonnoma |
20-iyul 1930 15:00 |
Paragvay | 1:0 | Belgiya | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 12 000 Hakam: Ricardo Vallarino |
---|---|---|---|---|
Luis Vargas Peña 40' | Bayonnoma |
Yarim final | Final | |||||
27-iyul — Montevideo (Centenario) | ||||||
Urugvay | 6 | |||||
30-iyul — Montevideo (Centenario) | ||||||
Yugoslaviya | 1 | |||||
Urugvay | 4 | |||||
26-iyul — Montevideo (Centenario) | ||||||
Argentina | 2 | |||||
Argentina | 6 | |||||
AQSh | 1 | |||||
Guruh g‘oliblari Argentina, Yugoslaviya, Urugvay va AQSh yarim finalga yo‘l oldi. Yarim finalning ikkala uchrashuvi ham bir xil — 6:1 hisobida yakunlandi. AQSh va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi birinchi oʻyin kuchli yomgʻir ostida oʻtdi. Tarkibida 6 nafar Britaniya fuqarosi boʻlgan AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi Raphael Tracey birinchi boʻlimda jiddiy jarohat oldi. Futbolchi tanaffusga qadar oʻynadi. Kiyim almashtirish xonasidan toʻgʻri kasalxonaga joʻnatildi. Futbolchi birinchi boʻlimning soʻnggi 15 daqiqasida oyogʻi singan holda maydonda harakat qilganligi aniqlandi[79].
Shu vaziyatdan soʻng oʻyinning qolgan qismi ham toʻqnashuvlarga boy tarzda oʻtishi aniq boʻldi[80]. 20-daqiqada Luis Monti hisobni ochdi va shu tariqa Argentinani oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda amerikaliklar umuman qarshilik qila olishmadi va argentinaliklar yana 5 ta gol urib, finalga yo‘l olishdi[81].
Ikkinchi oʻyinda 1924-yilgi olimpiadadagi Yugoslaviya – Urugvay uchrashuvi deyarli takrorlandi (olimpiadada janubiy amerikaliklar 7:0 hisobida gʻalaba qozonishgan). Jahon chempionatining yarim finalida yugoslavlar Đorđe Vujadinovićning goli bilan hisobni ochishdi. Biroq, urugvayliklar tezda hisobni tenglashtirishdi va 2:1 hisobida oldinga chiqib olishdi. Keyin esa hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirishdi. Mezbonlarning ustunligiga qaramay bahs eʼtirozlardan xoli boʻlmadi. Hisob 2:1 boʻlib turgan paytda Urugvay terma jamoasining hujumi vaqtida toʻp maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Darvoza ortida turgan politsiyachi toʻpni Anselmoga uzatib berdi. Shundan soʻng futbolchi xotirjamlik bilan toʻpni darvozaga kiritdi[82]. Tanaffusga biroz vaqt qolganda Yugoslaviyaning goli bahsli ofsayd sabab hisobga olinmadi[65]. Mezbonlar ikkinchi bo‘limda yana 3 ta gol urib, finalga yo‘l olishdi. Urugvaylik Pedro Cea xet-trik qayd etdi[81].
26-iyul 1930 14:45 |
Argentina | 6:1 | AQSh | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 72 886 Hakam: John Langenus |
---|---|---|---|---|
Luis Monti 20' Alejandro Scopelli 56' Guillermo Stábile 69' 87' Carlos Peucelle 80' 85' |
Bayonnoma | Jim Brown 89' |
27-iyul 1930 14:45 |
Urugvay | 6:1 | Yugoslaviya | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 79 867 Hakam: Gilberto Rêgo |
---|---|---|---|---|
Pedro Cea 18' 67' 72' Peregrino Anselmo 20' 31' Santos Iriarte 61' |
Bayonnoma | Đorđe Vujadinović 4' |
Uchinchi oʻrin uchun bahs 1934-yilgi jahon chempionatidan boshlab oʻtkazilgan. Baʼzi manbalarda birinchi jahon chempionatining 3-oʻrin uchun boʻlib oʻtgan oʻyinida Yugoslaviya AQShni 3:1 hisobida magʻlub etganligi haqida notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud[83]. Boshqa manbalar esa o‘yin bekor qilinganligini taʼkidlashgan: Haydar Javad nashr etgan kitobdagi maʼlumotlarga ko‘ra, Yugoslaviya terma jamoasi futbolchilari Urugvayga qarshi yarim final bahsidagi hakamlik darajasidan qoniqmaganligi sababli AQShga qarshi oʻyinda ishtirok etishdan bosh tortishgan[84].
Chempionat yakunida AQSh (Tom Florie)[85] va Yugoslaviya (Milutin Ivković)[86] jamoalarining sardorlari bronza medallarini qabul qilib olishgan. FIFA texnik qoʻmitasi 1986-yilgi jahon chempionati haqidagi bayonnomaga qoʻshimcha tarzda reytinglarni ham eʼlon qildi va avvalgi barcha chempionatlar uchun ham shunday maʼlumotlar eʼlon qilinishi haqida qaror chiqardi[87]. FIFA tomonidan eʼlon qilingan hisobotda AQSh jamoasi 3-oʻrinni, Yugoslaviya esa 4-oʻrinni egallaganligi qayd etilgan[88]. Boshqa manbalarda esa Yugoslaviyaliklar yarim finalda turnir chempioni – Urugvayga magʻlub boʻlgani uchun 3-oʻrinni egallaganligi qayd etilgan[89][90].
Final 30-iyul kuni Centenario stadionida boʻlib oʻtdi. Oʻsha kuni hamma hayajonda edi. Ayniqsa, 10–15 ming argentinalik muxlis „gʻalaba yoki oʻlim“ (ispancha: Victoria o muerte ) shiori bilan Urugvayga yetib borishdi. Ulardan baʼzilari toʻgʻridan-toʻgʻri Buenos-Ayresdan Montevideoga suzib borgan. Bu holat Montevideo portida faoliyat yuritayotgan xizmatchilarni hayratda qoldirdi. Lekin hech kim argentinaliklarning stadionga yetib borishiga toʻsqinlik qila olmadi[65][91]. Oʻyindan 6 soat oldin, soat 8:00 da stadionning kirish eshiklari ochildi va tushlik paytigacha stadionga 93 mingga yaqin odam yigʻilib boʻldi[65][92]. Argentina chegarasida muxlislardan qurollar yigʻib olinganligi haqida xabar berilgan. Lekin stadionga kiraverishdagi xavfsizlik xodimlari muxlislardan 1600 ta toʻpponcha topilgani va olib qoʻyilganini maʼlum qilgan. Biroq, kiritilgan birinchi goldan soʻng tribunalar tarafdan oʻq ovozlari eshitilgan[93].
Shahardagi notinch vaziyatga qaramay finalni boshqarib borishga rozi boʻlgan yagona hakam belgiyalik John Langenus edi va u finalga bosh hakam etib tayinlandi[94]. Uchrashuvga bir necha daqiqa qolganda finalda foydalaniladigan toʻp borasida bahs boshlandi. Ikkala jamoa ham toʻp taqdim etganligi uchun final bahsi qaysi toʻpda oʻynalishi aniq emas edi. Langenus tanga tashlab, qurʼa boʻyicha birinchi boʻlimni Argentina jamoasi xohlagan toʻp bilan, ikkinchi boʻlimni esa urugvayliklar xohlagan toʻp bilan oʻtkazishga qaror qildi[16]. Urugvayliklar boshlangʻich tarkibda bitta oʻzgarishni amalga oshirishdi: yarim finalda oʻynagan Anselmo oʻrnida Hector Castro finalni asosiy tarkibda boshladi[81].
Urugvayliklar Pablo Doradoning pastki oʻng burchakka yoʻllagan zarbasidan soʻng hisobni ochishdi[95]. Oʻtkazib yuborilgan goldan 8 daqiqa oʻtib Argentina hisobni tenglashtirdi: gol muallifi — Carlos Peucelle[95]. Tanaffusga oz vaqt qolganda turnirning eng yaxshi toʻpurari Guillermo Stábile turnirdagi 8-golini urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Urugvayliklar sardori Jose Nasazzi esa John Langenusga Stábilening ofsaydda ekanligini isbotlashga harakat qildi. Lekin uning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi[94]. Ikkinchi boʻlimda urugvayliklar bor eʼtiborini hujumga qaratishdi. Argentinalik futbolchi Luis Monti gollar farqini ikkitaga yetkazish imkoniyatidan foydalana olmaganidan soʻng Urugvay pozitsion hujum amalga oshirdi va bu hujumni Pedro Cea muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni tenglashtirdi[95]. Oradan 10 daqiqa o‘tib Santos Iriartening goli Urugvayni hisobda oldinga olib chiqdi va o‘yin tugashiga biroz vaqt qolganida Hector Castro ilk jahon chempionati finalidagi soʻnggi gol muallifiga aylandi [94]. Hakam John Langenus uchrashuvni kutilganidan bir daqiqa kechroq yakunladi. Urugvay terma jamoasi esa ikkita olimpiada chempionligi yoniga jahon chempionligini ham qoʻshib qoʻydi.
FIFA prezidenti Jules Rimet jahon chempionati kubogini Urugvay futbol assotsiatsiyasi rahbari Raúl Judega topshirdi[96]. Ertasi kuni Urugvayda milliy terma jamoa gʻalabasi munosabati bilan bayram eʼlon qilindi[92]. Argentina poytaxti Buenos-Ayresda esa gʻazablangan muxlislar Urugvay elchixonasiga tosh otishdi[97].
30-iyul 1930 15:30 |
Urugvay | 4:2 | Argentina | „Centenario“, Montevideo Tomoshabin: 68 346 {Rasmiy versiya)[98]. ~93 000 (Maksimal.)[92] Hakam: John Langenus |
---|---|---|---|---|
Pablo Dorado 12' Pedro Cea 57' Santos Iriarte 68' Héctor Castro 89' |
Bayonnoma | Carlos Peucelle 20' Guillermo Stábile 37' |
Turnirning 18 o‘yinida jami 70 ta gol kiritildi (har bir o‘yinga o‘rtacha 3,9 tadan). Argentina 18 ta gol bilan butun turnirda eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi. Braziliya terma jamoasi eng kam gol oʻtkazib yubordi (2 ta). Belgiya va Boliviya esa turnirda birorta ham gol ura olmadi. Urugvayda toʻplar nisbati +12 (har bir oʻyin uchun oʻrtacha +3)ni tashkil etgan.
Argentinalik Guillermo Stábile 8 ta gol bilan ushbu jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Chempionatda 37 nafar futbolchi tomonidan jami boʻlib 70 ta toʻp kiritildi. Shuningdek, ushbu mundialda bitta avtogol kiritildi.
8 gol 5 gol 4 gol 3 gol 2 gol |
1 gol
Avtogol
|
Manba: RSSSF
Turnirning 18 ta o‘yiniga jami 549 090 nafar tomoshabin tashrif buyurdi (har bir o‘yinga o‘rtacha 30 505 tomoshabin)[lower-alpha 3]. FIFA maʼlumotlariga koʻra, chempionatning eng koʻp muxlis tashrif buyurgan oʻyini — Urugvay va Yugoslaviya terma jamoalari oʻrtasidagi yarim final. Oʻyinga 79 867 tomoshabin tashrif buyurgan. Urugvay terma jamoasi ishtirokidagi barcha oʻyinlar muxlislarning tashrifi boʻyicha reytingda kuchli beshlikdan joy oldi. Eng kam tomoshabin Yevropa jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarga tashrif buyurgan: Fransiya – Meksika bahsiga 4444 tomoshabin; Chili – Fransiya qarama-qarshiligi jahon chempionati tarixidagi eng kam tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuv hisoblanadi (2000 nafar tomoshabin)[69].
Biroq, yuqorida keltirilgan raqamlar kamaytirib koʻrsatilgan. Masalan: final oʻyiniga taxminan 90 000 tomoshabin tashrif buyurgan[99]. Lekin rasmiy maʼlumotlarda 68 346 nafar deya qayd etilgan. Baʼzi oʻyinlarda tomoshabinlar sonini koʻpaytirib koʻrsatish holatlari ham boʻlgan: FIFA tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Ruminiya va Peru oʻrtasidagi oʻyinga 2549 tomoshabin tashrif buyurgan. Lekin guvohlar (stadionga borgan muxlislar)ning aytishicha, stadion tribunalaridan koʻpi bilan 300 nafar atrofida muxlis oʻyinni kuzatib borgan[71].
Oʻrin | Oʻyin | Bosqich | Tomoshabin (nafar) |
---|---|---|---|
1 | Urugvay — Yugoslaviya | 1/2 final | 79 867 |
2 | Argentina — AQSh | 1/2 final | 72 886 |
3 | Urugvay — ROU | Guruh bosqichi | 70 022 |
4 | Urugvay — Argentina | Final | 68 346 |
5 | Urugvay — Peru | Guruh bosqichi | 57 735 |
6 | Argentina — Meksika | Guruh bosqichi | 42 100 |
7 | Argentina — Chili | Guruh bosqichi | 41 459 |
8 | Braziliya — Boliviya | Guruh bosqichi | 25 466 |
9 | Yugoslaviya — Braziliya | Guruh bosqichi | 24 059 |
10 | Argentina — Fransiya | Guruh bosqichi | 23 409 |
11 | AQSh — Belgiya | Guruh bosqichi | 18 346 |
12 | Yugoslaviya — Boliviya | Guruh bosqichi | 18 306 |
13 | AQSh — Paragvay | Guruh bosqichi | 18 306 |
14 | Paragvay — Belgiya | Guruh bosqichi | 12 000 |
15 | Chili — Meksika | Guruh bosqichi | 9249 |
16 | Fransiya — Meksika | Guruh bosqichi | 4444 |
17 | Ruminiya — Peru | Guruh bosqichi | 2549 |
18 | Chili — Fransiya | Guruh bosqichi | 2000 |
Jahon chempionati tarixidagi birinchi golni 13-iyul kuni fransiyalik Lucien Laurent Meksika bilan bahsning 19-daqiqasida Óscar Bonfiglio darvozasiga kiritdi. Shu tariqa Óscar Bonfiglio jahon chempionatida gol o‘tkazib yuborgan birinchi darvozabonga aylandi. Oʻsha oʻyinda yana bir fransuz André Maschinot jahon chempionati tarixidagi ilk dublga erishdi. Amerikalik darvozabon Jimmy Douglas Belgiyaga qarshi oʻyindan soʻng jahon chempionati doirasidagi uchrashuvda birorta ham gol oʻtkazib yubormagan birinchi darvozabonga aylandi[100].
Guillermo Stábile 19-iyul kuni Meksikaga qarshi o‘yinda jahon chempionatlari tarixida ilk xet-trik qayd etdi. Biroq, 2006-yil 10-noyabrdan boshlab, 17-iyul kuni Paragvayga qarshi oʻyinda uchta gol urgan amerikalik Bert Patenaude birinchi xet-trik muallifi hisoblanadi. Bungacha uchinchi golni Patenaude emas Tom Florie kiritgan deb hisoblangan[77][78]. „Football History Symposium“ gazetasining Patenaude bilan bir jamoada harakat qilgan Billy Gonsalves va Jim Brownlardan olgan intervyulari hamda Argentinaning La Prensa gazetasi va Braziliyaning O Estadio do San Paulo nashri bergan maʼlumotlar asosida FIFA uchinchi golni Patenaude hisobiga rasmiylashtirdi. Shunday qilib Bert Patenaude jahon chempionatlari tarixidagi ilk xet-trik muallifi hisoblanadi[101].
Plácido Galindo — jahon chempionati doirasidagi bahsda maydondan chetlatilgan ilk futbolchi. Peru terma jamoasi sardori Ruminiyaga qarshi oʻyinda maydondan chetlatilgan[102]. Biroq, unga qizil kartochka koʻrsatilmagan. Chunki oʻsha paytda futbolda kartochkalar hali joriy etilmagan edi. Shuning uchun ushbu turnirda futbolchilar sariq kartochka ham olishmagan. Futbolchilarga jazo tariqasida kartochka koʻrsatish 1970-yilgi jahon chempionatidan boshlab amalga kiritilgan[103].
Ishtirokchi jamoalar sonining kamligi va bir qator tashkiliy muammolarga qaramay birinchi jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tdi. Uchta asosiy favoritdan faqat Braziliya terma jamoasi guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Qolgan ikki favorit — Urugvay va Argentina kutilganidek finalga chiqdi. Yevropa jamoalari ham hayratlanarli darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yugoslaviya yarim finalgacha yetib bordi. Fransiya ham Argentina bilan tengma-teng oʻynadi[104].
Iqtisodiy nuqtayi nazardan ham turnir muvaffaqiyatli oʻtdi: Jahon chempionati oʻyinlariga tashrif buyurgan 500 000 dan ortiq tomoshabinlar tufayli FIFA taxminan 233 000 Urugvay pesosi miqdorida daromadga ega boʻldi. Bu oʻsha paytda 255 107 AQSh dollariga teng edi[48].
1986-yilda FIFA shu yilgacha boʻlgan barcha turnirlardagi jamoalarning oʻrinlarini oʻzida aks ettirgan hisobotini eʼlon qildi[105][106]. Hisobotga koʻra, 1930-yilgi jahon chempionatida yakuniy jadval quyidagi koʻrinishda boʻlgan:
Oʻrin | Jamoa | Guruh | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | TN | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Urugvay | C | 4 | 4 | 0 | 0 | 15 | 3 | +12 | 8 |
2 | Argentina | A | 5 | 4 | 0 | 1 | 18 | 9 | +9 | 8 |
3 | AQSh[lower-alpha 5] | D | 3 | 2 | 0 | 1 | 7 | 6 | +1 | 4 |
4 | Yugoslaviya | B | 3 | 2 | 0 | 1 | 7 | 7 | 0 | 4 |
Guruh bosqichidan soʻng musobaqani tark etgan jamoalar | ||||||||||
5 | Chili | A | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 3 | +2 | 4 |
6 | Braziliya | B | 2 | 1 | 0 | 1 | 5 | 2 | +3 | 2 |
7 | Fransiya | A | 3 | 1 | 0 | 2 | 4 | 3 | +1 | 2 |
8 | Ruminiya | C | 2 | 1 | 0 | 1 | 3 | 5 | −2 | 2 |
9 | Paragvay | D | 2 | 1 | 0 | 1 | 1 | 3 | −2 | 2 |
10 | Peru | C | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 4 | −3 | 0 |
11 | Belgiya | D | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 4 | −4 | 0 |
12 | Boliviya | B | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 8 | −8 | 0 |
13 | Meksika | A | 3 | 0 | 0 | 3 | 4 | 13 | −9 | 0 |
Janubiy Amerikadagi turnirdan keyingi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Fransiya, Yugoslaviya va AQSH terma jamoalari ishtirok etishdi. Braziliya 1-avgustda Fransiya, 10-avgustda Yugoslaviya va 17-avgustda AQSH terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan[109]. Argentina 3-avgustda Yugoslaviyani oʻz uyida qabul qilgan[110].
Toʻrt yil oʻtib Italiyada boʻlib oʻtgan ikkinchi jahon chempionati oldidan turnir tarixida birinchi marta saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Chunki turnirda qatnashish istagini bildirgan jamoalar soni FIFA rejalashtirganidan (16 nafar) ikki baravar koʻp edi. Biroq, 1930-yilgi turnirda ishtirok etgan oʻn uchta jamoadan faqat sakkiztasi Italiyadagi jahon chempionatiga qatnashish istagini bildirdi. Urugvay terma jamoasi Yevropa jamoalari (jumladan, italiyaliklar) 1930-yilgi jahon chempionining turnirda ishtirok etishini xohlamaganligidan gʻazablandi va boykot eʼlon qildi. Boliviya va Paragvay terma jamoalari ham Urugvay tarafida boʻlishdi. Keyin Chili va Peru terma jamoalari saralash turniridan chiqib ketishdi. Bu esa Argentina va Braziliya jamoalarining togʻridan toʻgʻri guruh bosqichiga yoʻllanma olishiga sabab boʻldi. Meksika va Yugoslaviya jamoalari saralashdan oʻta olmadilar. Shuning uchun 1930-yilgi jahon chempionatida qatnashgan atigi oltita jamoa 1934-yilgi turnirning guruh bosqichiga yoʻllanma oldi. Bular: Argentina, Belgiya, Braziliya, Ruminiya, AQSh va Fransiya. Ushbu jamoalarning barchasi birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etishdi. Lekin bu holat Argentinalik Luis Montiga jahon chempionatlari tarixida ikkita finalda ishtirok etgan birinchi futbolchi boʻlishiga toʻsqinlik qila olmadi. Monti Italiya fuqaroligini oldi va 1934-yilda Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni boʻldi[93].
1984-yilning 3-iyul kuni 76 yoshida vafot etgan Ernesto Mascheroni 1930-yilgi Urugvay terma jamoasining asosiy tarkibida harakat qilgan soʻnggi futbolchi edi. Urugvay terma jamoasining birorta oʻyinda maydonga tushmagan himoyachisi — Emilio Rekoba 1992-yil 12-sentyabrda (87 yoshida) vafot etgan. 1930-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan soʻnggi futbolchi — Francisco Varallo 2010-yilning 30-avgust kuni (100 yoshida) vafot etdi[111].