Type a search term to find related articles by LIMS subject matter experts gathered from the most trusted and dynamic collaboration tools in the laboratory informatics industry.
EL GREKO (asli Teotokopuli, TpeoYusoriN) Domeniko (1541, Krit o. 1614.7.4, Toledo) - ispan rassomi; kelib chiqishi fek. Dastlab Krit o.da mahalliy ustalardan ikona sanʼatini oʻrgangan, 1560—70" yillarda Venetsiya, Rimda ishlagan, Titsian, Mikelanjelo, Tintoretto va boshqalardan taʼsirlangan, realistik asarlar yaratgan ("Koʻrning shifo topishi", taxminan 1565, Drezden kartinalar galereyasida va boshqalar). 1577-yildan Ispaniya (Toledo)da yashagan. El greko Domeniko asarlarida illyuziyali cheksiz tasviriy kenglikda yer va osmon chegarasi yoʻqoladi, keskin rakurslar va notabiiy uzaytirilgan proporsiyalar goh paydo boʻluvchi, goh teranlikda gʻoyib boʻluvchi oʻzgaruvchan shakllarni yaratadi ("Avliyo Mavrikiyning iztiroblari", 1580—82; "Graf Orgasni dafn etish", 1586—88, Toledodagi SantoTome cherkovida; "Muqaddas oila", taxminan 1590—95, Klivlenddagi Sanʼat muzeyida va boshqalar); reflekslarning koʻpligi, keskin ranglarning notekis oʻyiniga asoslangan kolorit muhim oʻrin tutadi. Portretlariga ehtirosli obraz qurilishi xos ("Bosh inkvizitor Nino de Gevara", 1600— 01, Metropolitenmuzeyda; "Nomaʼlum ritsar portreti", 1578—80, Pradoda va boshqalar).